TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
59
chiqqan holda maxsus ta‘lim mazmunining yangilanuvi bilan belgilanadi. Bu borada
qator ishlar o‗z yеchimini kutmoqdaki, bular pirovardida alohida yordamga muhtoj
bolalarni ijtimoiy hayotga erta uyg‗unlashuvlari muammosini hal qilishi lozim.
Hozirgi kunda O‗zbekistonda korreksion-pedagogik yordamni rivojlantirish tizimi
mavjud bo‗lib xalq ta‘limi tizimida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni
bo‗lgan bolalar uchun 86 ta ixtisoslashtirilgan maktab va 21 ta maktab-internat
mavjud bo‗lib, ularda 20610 nafar bola ta‘lim olmoqda. Shuningdek, jismoniy yoki
psixik rivojlanishida nuqsoni bo‗lgan va uzoq muddatli davolanishga muhtoj 13 437
nafar bolalar uyda ta‘lim olmoqda. Alohida sharoitlarda tarbiyalash va ta‘lim
berishga muhtoj bolalarning ta‘limi 2 ta ixtisoslashtirilgan o‗quv-tarbiya
muassasasida amalga oshirilmoqda[2]. Ma‘lumki, u yoki bu yo‗nalishdagi faoliyatni
amalga oshirish uning qonuniy negiziga tayanishni talab etadi.
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41 – moddasida, ―Har kim
bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta‘lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi.
Maktab ishlari davlat nazoratidadir‖ deb belgilab qo‗yilgan. Bu ham bo‗lsa yosh
avlodga berilayotgan katta imkoniyatlardan biri desak bo‗ladi. Hozirgi kunda 11
yillik umumiy ta‘lim bepul amalga oshirilmoqda.
Nogironlar huquqlari to‗g‗risidagi konvensiya BMT Bosh Assambleyasi
tomonidan 2006-yil 13-dekabrdagi 61/106-sonli Rezolyutsiya bilan qabul qilingan va
2008-yil 3-may kuni kuchga kirgan. Konvensiya O‗zbekiston Respublikasi
tomonidan 2009-yil 27-fevral kuni imzolangan va 2021-yil 7-iyunda O‗RQ-695-sonli
Qonun bilan ratifikatsiya qilingan edi. Ushbu xalqaro shartnomada bugungi kunda
184 ta davlat ishtirok etadi. Konvensiya 50 moddadan iborat bo‗lib, unda nogironligi
bo‗lgan shaxslarning huquqlari va asosiy erkinliklari, jumladan ularning yashash,
fuqarolik, huquqiy himoyalanish, ta‘lim olish, salomatliklarini saqlash, boshqalar
bilan teng ravishda mehnat qilish, bo‗sh vaqtni o‗tkazish, dam olish va sport bilan
shug‗ullanish, yetarlicha turmush sharoitiga ega bo‗lish va ijtimoiy yordam huquqlari
e‘tirof etilgan va ularni amalga oshirishning huquqiy kafolatlari belgilangan.
―Bola huquqlari to‗g‗risda Konvensiya‖ - bolalar huquqi to‗grisidagi xalqaro
huquq normalari kuchiga ega bo‗lgan hamda kelajakka qaratilgan eng to‗la va
birinchi hujjat. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1989-yil 20-noyabrda bir
ovozdan qabul qilingan. Konvensiya 1959-yilda qabul qilingan Bola huquqlari
deklaratsiyasi qoidalarini rivojlantiradi.
Deklaratsiya ―Insoniyat o‗zida mavjud bo‗lgan eng yaxshi narsalarning
hammasini bolalarga berishga majbur‖ deb eʼlon qilgan edi. Konvensiya esa ushbu
Deklaratsiya va boshqa xalqaro hujjatlardagi bolalar huquqlari to‗g‗risidagi
qonunlarni o‗zida mujassamlashtirgan. Bola huquqlari to‗g‗risida konvensiya
dunyoning barcha mintaqalaridagi xalqlar uchun teng ahamiyatga ega, asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: |