Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
pedagogik-psixologik mexanizmlaridan mohirona foydalanadi. Shuningdek, ofitser rahbar-tarbiyachi 
sifatida qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarning individual-psixologik xususiyatlarini ham inobatga olsa, 
faoliyati samarali bo‘ladi. Darhaqiqat, harbiy jamoani boshqarish madaniyati har bir harbiy 
xizmatchining xulqini tashqi muhit talablariga mos ravishda tartibga solishdir. Ofitser-rahbar 
bo‘lganligi uchun xizmat faoliyatida qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar ular uchun asosiy obyekt bo‘lib 
hisoblanadi. Ofitser jamoani boshqarishda harbiy xizmatchilarning individual xususiyatlarini, 
temperamenti, xarakteri, kasbga oid qobiliyati, shuningdek, ko‘nikma va malakalarini hisobga olib 
boradi. Shu bois, harbiy jamoalarda ofitserlarning boshqaruv muomalasi va ularning psixologik-
pedagogik mexanizmlari rahbarning quyidagi xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladi: 
a) harbiy xizmatchilar bilan bo‘ladigan kasbiy muomalasida; b) xizmat faoliyati jarayonida turli 
toifadagi fuqarolar bilan bo‘ladigan munosabatida; v) rahbarning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida. 
A.N.Leontevning quyidagi fikrlari harbiy xizmatchilarni boshqarayotgan ofitserlar va harbiy 
xizmatchilar uchun juda ham qadrli deb hisoblaymiz.
“Rahbar emotsiyasi, motivatsiyasi, ehtiyoji uning shaxsiy xislatlarini belgilovchi asosiy omillar 
hisoblanadi. Ichki qo‘zg‘atuvchilarning qat’iyatliligi, barqarorligi shaxsning mukammalligini bildiradi 
va hamkorlik faoliyati uchun puxta zamin hozirlaydi. Subyektda boshqaruv faoliyatini amalga 
oshirish davomida rahbarlikning muayyan sifatlari shakllanib boradi va u asta-sekin ish uslublari, 
shaxslararo munosabatlar shakllarini egallaydi. Rahbar uchun ma’no kasb etuvchi motivatsiya uning 
faoliyatini boshqarishga zarur shart-sharoitlar yaratadi, buning natijasida nizoli vaziyatlarni bartaraf 
etish imkoniyati tug‘iladi”
1
. B.G.Ananev o‘zining ijtimoiy psixologiyaga bag‘ishlangan asarlarida 
asosan 3 ta omilga, ya’ni shaxslararo munosabatdagi ijtimoiy-psixologik holatga, mazkur 
munosabatdagi liderlik xususiyatlariga hamda hamkorlikdagi tashkilotchilik qobiliyatiga e’tibor 
qaratadi.
2
Ofitserning tarbiyachi, rahbar sifatida faoliyati serqirra, mazmunli shu bilan birga, qiyin 
jarayon hisoblanadi. Ushbu o‘rinda A.S.Makarenkoning quyidagi fikrlarini eslashni joiz deb 
hisoblaymiz: “Tarbiyachi o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati tarbiyalashi kerak”
3
.
Kasbiy muomala rahbar ofitser uchun juda murakkab jarayon hisoblanadi. U harbiy xizmatchilar, 
ofitserlar o‘rtasidagi harbiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-madaniy, ma’naviy munosabatlar 
yig‘indisidan tashkil topadi; muomala jarayoni ofitserlarning va qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar 
faoliyatida muhim tarbiyaviy vosita hisoblanadi.
Shu bois ham harbiy muomalaning har bir turi ularning kasbiy faoliyati jarayonida namoyon 
bo‘lib boradi; muomalada ofitserlarning rahbar sifatida umumharbiy nizomlar talablariga 
asoslangan holda, qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar bilan muomala qilishga majbur etadi; unda har 
bir harbiy xizmatchi o‘z intilishi va maqsadlariga egaligi bilan ajralib turadi. Har bir rahbar, komandir 
va boshliqlar xizmat faoliyatida boshqaruv muomalasini va uning pedagogik-psixologik 
mexanizmlarini mukammal darajada o‘rganishi talab etiladi. 
Bir so‘z bilan aytganda, har bir ofitserning kasbiy faoliyatida jamoa a’zolarining axloqiy 
dunyoqarashi o‘ta muhim rol o‘ynashini barcha biladi. Shu bilan birga, jamoadagi ruhiy muhitning 
sog‘lomlashuvida jamoadagi harbiy xizmatchilarning nizom talablari asosidagi o‘zaro munosabatlari 
ham katta rol o‘ynaydi. Harbiy xizmatchilar jamoasini boshqarishda tarbiyachi ofitserning 
omilkorligi, rahbar tomonidan jamoadagi turli-tuman voqealarni oldindan ko‘ra bilishi, noqonuniy 
ishlar bilan shug‘ullanuvchi harbiy xizmatchilarning paydo bo‘lishi harbiy xizmatchilar uchun 
qimmatga tushadi. Shuning uchun harbiy xizmatchilar jamoasidagi sog‘lom muhit, ularning sog‘lom 
muhitda xizmat qilishining garovi hisoblanadi. 
1
Леонтев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность. -М., 1985, с.304. 
2
Ананьев Б.Г. О проблемах современного человек со знания. -М., 1988, с.380. 
3
“Макаренко А.С. Танланган асарлар. Т.1., -М., 656-бет. 


77 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish