Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
“Ota-ona nazorati” dasturi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, bolalarga dastlabki matematik 
bilimlar berishga mo‘ljallangan 20 ta intellektual komyuter o‘yinlari ishlab chiqilib, “Ota-ona 
nazorati” dasturiga biriktirilib, yaxlit majmua holatiga keltirildi. Bu intellektual o‘yinlar maktabgacha 
taʼlim yoshidagi bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash bo‘yicha davlat dasturlari va amaldagi 
metodika asosida ishlab chiqilgan. U o‘z ichiga predmetlarni rangiga ko‘ra taqqoslash, guruhlarga 
ajratish, guruhdan ajratib olishdan tortib, toki ko‘paytirish jadvalini yodlash ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishga oid intellektual o‘yinlarni o‘z ichiga oladi. O‘yinlarning intellektualligi o‘yinlar va 
o‘yinlar bosqichlarining qatʼiy ketma-ketlikda ochilishi, o‘yinchining o‘yinlar orqali o‘zlashtirish 
ko‘rsatkichining muntazam nazorat qilib borilishi va natijalarga mos munosabat bildirilishi 
(o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 70 %dan tushgan holda o‘yin bosqichi takroran tavsiya etilishi, bu hol bir 
necha bor ketma-ket takrorlansa, avvalgi bosqichga qaytarilishi, o‘zlashtirish koʼrsatkichi 70 % dan 
ortgandagina navbatdagi bosqich yoki o‘yin ochilishi), o‘yinlar va bosqichlarda mantiqiy 
nomutanosibliklarga yo‘l qo‘yilmasligi (masalan, yoki ko‘rinishidagi misollarning berilmasligi) 
kabilarda namoyon bo‘ladi
1
.
O‘yinlarning va o‘yin bosqichlarining har biri shu o‘yinlardan ko‘zda tutilgan muayyan bilim, 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirishning mavjud metodikalarga hamda didaktika tamoyillarga 
to‘la asoslangan holda ishlab chiqilgan boʼlib, bola dastlabki matematik bilimlarni ketma-ket, 
ortiqcha qiyinchiliklarsiz, o‘qituvchi yoki o‘rgatuvchining ko‘magisiz egallashiga erishilgan. 
Majmuaning eng ahamiyatli tomoni shundaki, bu intellektual o‘yinlarning barchasi 
foydalanuvchining komyuter bilan muloqotini to‘la nazorat qiluvchi va boshqaruvchi “Ota-ona 
dasturi”ga biriktirilganidir.
Bu orqali bolaning komyuter va komyuter o‘yinlariga bo‘lgan qiziqishlaridan pedagogik 
maqsad – fundamental fan (xususan, matematika fani) asoslarini egallash yo‘lida foydalanishga 
erishishdir. Mazkur “Ota-ona dasturi”ning mavjud shunday nazorat dasturlaridan asosiy farqi 
shundaki, bu dastur ekranni yuqorida tavsiflangan 15 ta o‘yinlar bilan qulflash orqali foydalanuvchini 
muayyan matematik bilimlarni egallashga “majbur qiladi”. Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: 
-
foydalanuvchi komyuterni ishga tushirishi bilan unga 15 ta komyuter o‘yinlaridan o‘zining 
mavjud matematik bilimlari darajasidagi (yoki navbatdagi) o‘yinning muayyan bosqichi tavsiya 
etiladi. Bola bu o‘yin bosqichini maʼlum darajadagi muvaffaqiyat bilan o‘ynamagunicha, ekran qulfi 
ochilmaydi. Bola o‘yin bosqichida muvaffaqiyatga erishsa, ekran qulfi ochiladi; 
-
ekran qulfi ochilgach, foydalanuvchi dastur taklif etgan qulay, milliy interfeysga ega bo‘lgan 
maxsus ish stoli orqali komyuter bilan muloqot qilishi mumkin. Komyuter bilan muloqot qiluvchi 
foydalanuvchi maktabgacha taʼlim yoshidagi bola yoki uning ota-onasi bo‘lishi mumkin. Buning 
uchun ikki xil rejim o‘rnatilgan: bola rejimi hamda ota-ona rejimi. Ekran qulfi ochilgach, komyuter 
avtomatik tarzda bola rejimida ishlaydi va bunda ish stolida joriy etilgan “Matematik o‘yinlar”, 
“Boshqa o‘yinlar”, “Multfilmlar”, “Klip va kinolar”, “Rasmlar”, “Hujjatlar” menyulari orqali muloqot 
qilish mumkin. Komyuter sozlamalarining bola tomonidan buzilishining oldini olish maqsadida 
birdaniga 5 tadan ortiq fayllar bilan ishlash hamda joylashtirilgan fayllarni o‘chirishga ruxsat 
berilmaydi; 
-
“Boshlash” (pusk) menyusida “O‘chirish”, “Qayta boshlash” hamda “Ota-ona rejimi” 
bo‘limlari mavjud. Ota-ona “Ota-ona rejimi” bo‘limidan oʼzining shaxsiy paroli bilan ota-ona rejimiga 
o‘tishi va u orqali Windows dasturining standart ish stoli bilan aloqa o‘rnatishi mumkin. Bunda 
Windows prinsiplarining saqlanganligi ota-ona uchun farzandining yoshi, qiziqishlari, iqtidori va 
intilishlaridan kelib chiqib, yuqoridagi menyularga mos fayllarni qulay tarzda joylashtirish, 
mavjudlarini o‘chirish (boshqasiga almashtirish) imkonini beradi; 
1
M.Badalov, H. Najmiddinova, O. Jamolov. “Аvtoolam” dasturi uchun Oz.R. Intellektual mulk agentligi guvoxnomasi DGU № 04289, T. 
10.03.2017. 


40 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish