Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI



Download 3,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/269
Sana14.07.2022
Hajmi3,45 Mb.
#793604
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   269
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
 
o‘zbek adabiyotshunosligining yirik namoyondalari ilmiy faoliyatiga nazar tashlasak, o‘ziga xos 
mushtarak jihat ko‘zga tashlanadi.
Har bir yetuk adabiyotshunoslar o‘zlarining tadqiq obyekti qilib birinchi galda atoqli so‘z 
san’atkorlarini, yozuvchi va shoirlar ijodini tanlaganligini ko‘ramiz. Ular ilmiy ijodining bitta qirrasi 
(asosiy ilmiy faoliyati) shu ijodkorlarning poetik olamini ochishga qaratilganligiga guvohi bo‘lamiz. 
Chunonchi, adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov adabiy jarayonda qahhorshunos va 
cho‘lponshunos sifatida tanilgan bo‘lsa, Naim Karim faoliyati Cho‘lpon, H.Olimjon, Zulfiya, Oybek, 
U.Nosir, Mirtemir, Shayxzoda kabi o‘z davrining yetuk ijodkorlari hayoti va ijodini o‘rganishga 
bag‘ishlangan. Umarali Normatov esa qodiriyshunos va qahhorshunos sifatida tanilganligini 
kuzatishimiz mumkin.
Albatta, ushbu olimlarning ilmiy ijodi shu keltirilgan ijodkorlar ijodi bilangina cheklanib 
qolmagan, balki adabiy jarayonda faol ishtirok etib, uning yetakchi tendensiyalarini ochuvchi, 
boshqa zamondosh shoir va adiblarning poetik mahoratini tadqiq etuvchi ko‘plab ilmiy kuzatishlarni 
ham amalga oshirganlar.
Chunonchi, O.Sharafiddinov va N.Karimovlar she’riyat, U.Normatov esa nasr bilimdoni 
sifatida e’tirof etilgan. Ayni paytda, ta’kidlash joizki, ular ilmiy faoliyatining asosiy yadrosini yuqorida 
tilga olingan atoqli so‘z zargarlari ijodi tashkil etishi, shubhasiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki katta 
ilmiy salohiyat yuksak badiiyat namunalarini taqozo etadi. Shuning uchun ham bu olimlar o‘zlarining 
ilmiy ob’ektlari qilib birinchi navbatda iste’dodli ijodkorlarning badiiy yetuk asarlarini tanlashlari 
tabiiy holdir.
Shu jihatdan Matyoqub Qo‘shjonovning ilmiy-ijodiy faoliyati ham o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega. Uning ilmiy faoliyati markazida XX asr o‘zbek adabiyotining uch yirik namoyondasi – Abdulla 
Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor ijodi turadi. Olim bu atoqli so‘z san’atkorlari ijodining dastlabki 
tadqiqotchilaridan biri sifatida ularning poetik olamini chuqur ilmiy tahlillar bilan asoslab 
beruvchilardan biri bo‘ldi.
Uning 50-yillarda yozgan “Abdulla Qodiriyning tasvirlash san’ati”, mustaqillik davrida chop 
etilgan “O‘zbekning o‘zligi” kabi ilmiy risolalari qodiriyshunoslikdagi o‘ziga xos yo‘nalish bo‘lsa, 
“Oybek mahorati” va adib haqidagi turkum kitob-u maqolalari oybekshunoslikdagi alohida sahifani 
tashkil etadi. Uning 60-yillarda Umarali Normatov bilan hamkorlikda yozgan “Mahorat sirlari”, 
keyinchalik “A.Qahhor ijodida satira va yumor”, 80-yillarda yaratilgan “Qahhor mahorati” kabi 
tadqiqotlarida Abdulla Qahhor asarlari teran tahlillar orqali ochilgan va olimga qodiriyshunos
oybekshunos va qahhorshunos degan ilmiy e’tirofni taqdim etdi.
Albatta, Matyoqub Qo‘shjonov ilmiy merosi bu bilangina cheklanib qolmaydi. Uning o‘z 
davrining atoqli ijodkorlari bo‘lgan Shukur Xolmirzayev, Abdulla Oripov, Muhammad Ali kabi ko‘plab 
shoir va yozuvchilar haqidagi adabiy portretlari, maqolalari, adabiy jarayonning yetakchi 
tendensiyalarini belgilab bergan obzorlari, rus va jahon adabiyoti namoyondalari ijodiga 
bag‘ishlangan ilmiy kuzatishlari, adabiyot nazariyasiga oid tadqiqotlari ko‘lami shu darajada kengki, 
o‘zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligining yarim asrdan ziyodroq tarixini Matyoqub 
Qo‘shjonovsiz tasavvur qilish qiyin. Uning ilmiy ijodida XX asr o‘zbek adabiyotining yirik 
namoyandalari ijodidan tortib endi adabiyotga kirib kelayotgan yosh iste’dodgacha, bolalar 
adabiyotining Quddus Muhammadiy va Qudrat Hikmat kabi vakillari ijodigacha qamrab olinganligini 
ko‘ramiz. Olim ilmiy salohiyatining o‘ziga xosligi shundaki, u turlanib-tuslanmadi. Davr shamoli 
qayerga qarab essa, o‘sha tomonga qarab og‘avermadi. 
Adabiyotshunoslik ilmining asosini ilmiy-estetik mezonlar belgilashini asosiy qoida sifatida 
bilgan olim, eng avvalo, badiiy asardan go‘zallik, nafosat olamiga munosabatni izladi, tahlilda asosiy 
e’tiborni shunga qaratib ijod qildi. 


218 

Download 3,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish