STATE OF DEVELOPMENT OF INNOVATIVE COMPETENCE OF
LIBRARIANS IN THE SPHERE OF INFORMATION TECHNOLOGIES:
PROBLEMS AND SOLUTIONS
Abdurahmanova M.S. - Сhief librarian of the Republican Scientific and
Pedagogical Library
Annotation.
The article presents the scientific basis for the innovative
competence of librarians in the field of information technology, analyzes the current
state and theoretical foundations, highlights the existing problems and contradictions.
There are also suggestions and recommendations for the development of innovative
competence.
Key words:
information environment, innovative competence, librarians,
professional development, information competence, media competence, tutorials,
competent approach, librarianship, classification of competencies.
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
162
Axborot-kutubxona faoliyatining zamonaviy rivojlanish bosqichi axborot
texnologiyalarni jadal joriy etishni taqozo qiladi. Bu jarayon insoniyatning fandagi
oxirgi yutuqlari, axborot texnologiyalari dunyo bozorining rivojlanishi bilan
shartlangan. Axborot-kutubxonaga uning asosiy vazifasi – barcha toifadagi
foydalanuvchilar uchun axborotdan erkin foydalanish huquqini ta‘minlashni samarali
amalga oshirish imkoni berildi. U kutubxonani yagona dunyo axborot borlig‗iga
integratsiyalashuvining kafolati bo‗ldi.
Faol axborotlashtirish kutubxonachi-mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga
ahamiyatli ta‘sir ko‗rsatadi. Kompyuter majmuining jadallik bilan kuchayishi va
elektron kutubxona manbalariga bo‗lgan ehtiyoj axborot texnologiyalarini erkin va
samarali egallagan, yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirish zaruriyatini yuzaga
keltirdi.
Axborot texnologiyalarini egallash kutubxonachi-mutaxassislarning yuqori
raqobatbardoshliligi kafolatiga aylanadi, kelajakda jamiyatda munosib o‗rin
egallashiga imkon berib, kutubxonachi kasbini yangi sifat darajasini ta‘minlaydi.
Kutubxonalarning global axborot makoniga kirishi istiqbollari kutubxonashunoslik
sohasidagi mutaxassislarning malakasini oshirish, kasbiy o‗sishi tizimining ishlash
muammolarini chuqurroq tushunishni talab qiladi. Shunday qilib, zamonaviy
sharoitda axborot kompetentliligini kutubxona xodimlarining harakatchanligini
ta‘minlovchi kasbiy o‗sishning muhim imkoniyati sifatida ko‗rib chiqish kerak.
Kasbiy o‗sish sharti sifatida axborot kompetentliligini rivojlantirish, turli
sabablarga ko‗ra, zaruriy darajada axborot kompetentliligiga ega bo‗lmagan
amaliyotchi-mutaxassislar uchun birmuncha dolzarb masala hisoblanadi. Zamonaviy
reallik va talablarga muvofiq kompetensiyalarni shakllantirish – kutubxonachi-
mutaxassislarning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish yo‗nalishlaridan biridir.
Kutubxonachi mutaxassislarning innovatsion kompetentligini rivojlantirish
olib borilayotgan ilmiy izlanishlar mazkur yo‗nalishda quyidagi muammo va
ziddiyatlar borligini ko‗rsatmoqda:
–
axborot
texnologiyalari
muhitida
kutubxonachi-mutaxassisga
qo‗yiladigan talablar bilan axborot kompetentliligini rivojlanganligining yetarli
bo‗lmagan darajasi o‗rtasidagi tafovutning mavjudligi;
–
kasbiy rivojlanishda axborot kompetentliligining asos soluvchi ahamiyati
va bu ko‗rinish mohiyatining yyetarli bo‗lmagan nazariy ishlanmalari o‗rtasidagi
farqning mavjudligi;
–
kutubxonachi-mutaxassisning axborot kompetentliligi darajasini oshirish
va o‗quv-uslubiy ta‘minotning yetarli emasligi o‗rtasidagi obyektiv ziddiyatlarning
borligi va h. Zamonaviy kutubxonachi-mutaxassisning axborot kompetentliligini
Do'stlaringiz bilan baham: |