Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/180
Sana08.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#758766
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   180
Bog'liq
7909 1076 TDPU IA 6-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 
125 
ko‗ra cheklangan edi. Shu boisdan aksariyat shoirlar Vatan va millatini baxt
baxtiyorlik, ulkan zafarlar og‗ushida tasavvur etar, yozgan she‘rlari ham soxta 
ko‗tarinkilikka asoslanar edi. Abdulla Oripov she‘rlarida esa ―Vatan‖ so‗zi-asosiy 
so‗z va bosh tushuncha bo‗lib qolmasdan, milliy his-tuyg‗u va haqiqatlarni ochib 
ko‗rsatadigan kalit hamdir.[1, 15-b.] Bu gaplarning ayni haqiqat ekanligini Abdulla 
Oripovning o‗zi ham e‘tirof etadi. U o‗z xotiralarida, suhbatlarda bu haqda to‗xtalib 
o‗tgan. ―Xalqimizning, Vatanimizning bardavom kelajagini, nurli istiqlolini 
menimcha mantiq belgilaydi. Aslida adolatning oyoq osti bo‗lishi mantiqning 
buzilishidir. Mantiqan O‗zbekiston o‗z hurriyatiga ega bo‗lishga haqli edi. Insoniyat 
genetikasida shunday g‗alati tuyg‗ular mavjudki, bu tuyg‗ular yaxlit armon va umid 
ustiga qo‗yilishi ham mumkin. Sho‗ro tuzumida bizning qalbimizdagi armon yaxlit 
shunday edi. Vatanni ozod ko‗rish edi bizdagi istak. O‗sha davrda bu haqida o‗ylash 
uchun o‗tkir optimist bo‗lish kerak bo‗lgandir, lekin har holda yuragimizda umid, 
harakatimizda shasht bor edi. Siz yuqorida ta‘kidlagan ―Men nechun sevaman 
O‗zbekistonni‖ she‘ri bundan 35 yil ilgari yozilgan. U davrda O‗zbekistonning 
paxtasi uchun, oltini uchungina ―hurmat‖ qilishgan. Holbuki, o‗sha paxta ham 
meniki, oltin ham. Ammo men nima uchun sevaman O‗zbekistonni! Agar 
muzliklarda yashagan bo‗lsang ham, xalqim, men chukcha yo yoqutga o‗xshagan 
bo‗lganimda ham sen uchun jonimni berar edim-ku, degan muxolif kayfiyat bilan 
yozilgan edi-da. 
Xalqimizning buyuk o‗g‗lonlarini, necha-necha allomalarini qurbon qilgan u 
tuzum haqida gapirish ayanchli‖,- degan edi A.Oripov Adiba Umirova bilan bo‗lgan 
suhbatida [3, 4-b.]. 
Abdulla Oripovning Vatan, millat taqdiri mavzularida yozilgan she‘rlarini 
ifoda uslubiga ko‗ra ikki guruhga – mustaqillikka erishganimizgacha va undan 
keyingi yillarda yaratilgan she‘rlarga bo‗lish mumkin. Mustaqillikka erishgunga 
qadar yozilgan she‘rlarda ―kosa tagida nimkosa‖ usuli yetakchilik qilganligi seziladi. 
Bu davrda yozilgan she‘rlarning asosiy xususiyati shundaki, ularda ichki iztirob, 
ruhiyatda sodir bo‗layotgan isyon, yurtni ozod ko‗rish istagi bo‗rtib turadi. 
Ko‗ngildagi vulqon kabi portlashga tayyor bu fikrlarni shoir ehtiyotkorlik bilan turli 
ramzlar, ishoralar orqali o‗quvchi hukmiga havola etadi.
―Minorai Kalon tepasidagi laylak‖ she‘ri Buxoroni dushman egallab olgach, 
mahmadona mang‗it davlati, beklar, amirlar tashlab ketganligi, hatto bulbullar ham 
tark etganligi, ammo birgina shaharda qolganligi haqida. She‘rni ikki xil talqin qilish 
mumkin. Birinchidan, Buxoroning amirlar qo‗lidan xalos qilinishi va mehnatkash 
xalqning ozodlikka erishishi bevosita ruslarning xizmatlari sifatida talqin qilinishi 
sobiq sho‗rolar mafkurasiga to‗la mos kelar edi.
She‘rning o‗sha davrda qiyinchiliksiz nashr qilinishi so‗zsiz shu qarashlar 
tufayli bo‗ldi. Ikkinchidan, she‘rda hamma ham sezavermaydigan ikkinchi 
ma‘noning mavjudligidir. Shoir o‗z yurtini mustaqil va ozod ko‗rish istagini turli 
ramzlar orqali ifodalagan. Bu, ayniqsa, laylak haqida fikr yuritganda ―oyoqlari 
g‗o‗zaga o‗xshar, qanotlari esa paxtadek oppoq‖ degan fikrlarning berilishidir. Zukko 



Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish