Aytish mumkinki, nutqning mantiqiyligi struktura nuqtai nazaridan ko‘proq tilning semantik sathi bilan bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, nutq tuzuvchi nutqning mantiqiyligiga erishish uchun til birliklarining sintagmatik imkoniyatlarini yaxshi bilishi lozim. Lekin buning o‘zigina yetarli emas. So‘zlovchi, eng avvalo, bayon etmoqchi bo‘lgan fikrini, bildirmoqchi bo‘lgan xabarini va u bilan bog’liq tafsilotlarni, ayni paytda mantiq qonuniyatlarini yetarli darajada tasavvur etmas ekan, u mantiqli nutq tuza olmaydi. Bu o‘rinda nutq tuzuvchining tafakkur qobiliyati juda muhimdir. Ko‘rinadiki, nutqning mantiqiy bo‘lishi uchun ham lisoniy, ham g’ayrilisoniy omil ishtirok etadi. - Aytish mumkinki, nutqning mantiqiyligi struktura nuqtai nazaridan ko‘proq tilning semantik sathi bilan bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, nutq tuzuvchi nutqning mantiqiyligiga erishish uchun til birliklarining sintagmatik imkoniyatlarini yaxshi bilishi lozim. Lekin buning o‘zigina yetarli emas. So‘zlovchi, eng avvalo, bayon etmoqchi bo‘lgan fikrini, bildirmoqchi bo‘lgan xabarini va u bilan bog’liq tafsilotlarni, ayni paytda mantiq qonuniyatlarini yetarli darajada tasavvur etmas ekan, u mantiqli nutq tuza olmaydi. Bu o‘rinda nutq tuzuvchining tafakkur qobiliyati juda muhimdir. Ko‘rinadiki, nutqning mantiqiy bo‘lishi uchun ham lisoniy, ham g’ayrilisoniy omil ishtirok etadi.
Mantiqiy nutq tuzish uchun so‘zlovchi fikr predmetini atroflicha bilishi, mantiqiy tafakkur qoidalaridan boxabar bo‘lish kabi g’ayrilisoniy talablar bilan bir qatorda til birliklarining leksik-semantik mohiyati, ularning sintagmatik xususiyati kabi lisoniy bilimlarni ham nazardan qochirmasligi kerak.
Umuman, nutqning mantiqiyligi fikr rivojining izchilligi, tushunchalar va fikrlar o‘rtasidagi munosabatlarning mantiqiyligi, nutq predmetining aniqligi, fikr libosining fikricha majburiyatsiz loyiqligi asosida yuzaga keladi. Mantiqiylikdan mahrum bo‘lgan matn nutqiy muloqot uchun yarashiqsiz va yaroqsizdir.
Nutqning sofligi. Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo, uning asligi, boshqa keraksiz unsurlardan xoliligi, o‘z mohiyatiga muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me’yorlardan kelib chiqadi. Soflik sifati nutqni shunday baholash me’yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki, nutqning bu kommunikativ sifati adabiy til va nutq bilan jamiyat munosabatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra nutqning sofligi nutqning adabiy til me’yorlariga va jamiyatdagi ma’naviy – axloq qoidalariga yot bo‘lgan unsurlardan xolililigi bilan belgilanuvchi kommunikativ sifat tarzida baholash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning ma’naviy-ma’rifiy, lisoniy-madaniy saviyasini namoyon etadigan ko‘rsatkichlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |