NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI
FIZIKA VA ASTRANOMIYA BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHI 103-GURUH TALABASI
SHAROPOVA SABINANING
“KIMYO ”FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Metalmaslar.Tаbiаtdа аzоt, fоsfоr, kimyoviy xossalari Kislоrоd va oltingugurt elеmеntlаrining tаrqаlishi, kimyoviy xossalari
Rejasi:
1.Metalmaslar.
2.Tаbiаtdа аzоt, fоsfоr, kimyoviy xossalari
3.Kislоrоd va oltingugurt elеmеntlаrining tаrqаlishi
4. Kislоrоd va oltingugurt elеmеntlаrining kimyoviy xossalari
Metallmaslar — metallarning xossalariga ega boʻlmagan kimyoviy elementlar. M. metallar kabi yaltiroqlikka, choʻziluvchanlikka va yassillanuvchanlikka ega emas, issiklik va elektr tokini yomon oʻtkazadi, aksariyat hollarda kimyoviy reaksiyalar jarayonida elektronlarni qabul qilib oladi. M.ga 22 element kiradi: bor B, uglerod C, kremniy Si, azot N, fosfor P, mishyak As, kislorod O, oltingugurt S, selen Se, tellur Te, ftor F, xlor S1, yod I, brom Vg , astat At, vodorod H, inert gazlar — argon Ag , geliy Ne, kripton Kg , ksenon Xe, neon Ne, radon Rn. M. davriy sistemada elementlar guruhlarining oʻng tomonida joylashgan. Elementlarning metallar va M.ga boʻlinishi maʼlum darajada shartlidir. Metallar guruhi bilan M. guruhi orasiga keskin chegara qoʻyib boʻlmaydi. Yarim metallik va yarim metallmaslik xossalarini namoyon qiladigan elementlar (germaniy, qalay, koʻrgʻoshin, vismut, poloniy) ham bor. M. atomlarining sirtqi elektron qavatidagi elektronlar soni oʻsha element joylashgan guruh raqamiga teng boʻladi. M. atomlari elektronlarni biriktirib olishga moyil, shuning uchun ularning ionlanish potensiali yuqori. M.dan vodorod, azot, kislorod, ftor, xlor va inert gazlar xona haroratida gaz holatida boʻladi; brom suyuq, bor, uglerod, kremniy, fosfor, oltingugurt, margimush, selen, tellur, yod va as-ma/iqattiq moddalardir. Metallardan farqli ravishda M. kislorod bilan kislotali oksidlar — kislota angidridlari hosil qiladi (mas, fosfat angidrid R2O5, sulfat angidrid SO3, peroxlorat angidrid S12O7 va boshqalar) M.ning baʼzi oksidlari (mas, SO, N0) betaraf oksidlar deyiladi. M.ning kislorod bilan birikishida oksidlanish darajasi qancha yuqori boʻlsa, hosil boʻlgan oksidning kislotaligi ham shuncha yuqori, shunga koʻra, unga toʻgʻri keladigan kislota ham kuchli boʻladi (mas, H2SO3 ga qaraganda H2SO4, HNO2 ga qaraganda HN03 kuchli). M. vodorod bilan uchuvchan birikmalar hosil qiladi. Koʻpchilik M. vodorodli birikmalarning suvdagi eritmasi kislotalardir. Inert gazlardan boshqa M. yuqori elektr manfiylikka ega. M.ning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta (M. haqida toʻliq maʼlumot olish uchun ularga tegishli har bir element toʻgʻrisidagi maqolalarga q.).
Azot (lot. Nitrogenium), N – Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 7, atom massasi 14,0067. Yer po‘stining og‘irlik jihatidan 0,01 % ini tashkil etadi. Havoda erkin holda bo‘ladi (havoning og‘irlik jihatidan 75,6 %; hajm jihatidan 78,9 % azotdan iborat). Tuproqda turli minerallar va organik birikmalar tarkibiga kirgan holda uchraydi; masalan, u natriyli selitra (NaNO3) va kaliyli selitra (KNO3) tarkibida bo‘ladi, toshko‘mirda 1 – 1,25 %, neftda 1,5 %, oqsil moddalarda 17 %, odam tanasida 3 % gacha bo‘lishi mumkin. Azotni birinchi marta 1772-yilda Rezerford ajratib olgan. Ikkita barqaror izotopi bor: 14N (99,635 %) va 15N (0,365 %); radioaktiv sunʼiy izotoplari ham bor, bulardan eng uzoq, mavjud bo‘ladigani 13N dir (yarim yemirilish davri 10,08 daqiqa). Sanoatda suyultirilgan havoni parchalab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |