Toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti fizika va astranomiya bakalavriat ta



Download 21,04 Kb.
bet2/6
Sana25.07.2021
Hajmi21,04 Kb.
#128417
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-modul

Xossalari

Azot – rangsiz, hidsiz gaz; qaynash temperaturasi – 195,8°, suyuqlanish temperaturasi – 209,86°, 1 l azot 1,2506 g; 1 l suvda (0° da) 23,3 ml eriydi. Odatdagi sharoitda azot nihoyatda passiv, faqat litiy bilan birikishi mumkin; boshqa elementlar bilan qizdirilganda, bosim taʼsirida va katalizatorlar ishtirokidagina birika oladi. Vodorod bilan birikib, ammiakgidrazin va boshqa birikmalar, kislorod bilan oksidlar, metallar bilan nitridlar hosil qiladi.



Fosfor (yun. phosphoros — yoruglik tashuvchi, phos — yoruglik va phoro — tashiyman, lot. Phosphorus), P — Mendeleyev davriy sistemasining V guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 15, atom massasi 30,97376. Fosforning 1 ta izotopi — 31R bor. 6 ta sunʼiy radioaktiv izotopi: 2SP, 29R. 30R, 32R, 33R, 34R olingan. Uning 32R (T1/2= 14,22 kun) izotopi nishonli atom sifatida keng qoʻllanadi.

Fosforni 12-asrda arab alkimyogari Fosfor Bexil (Bashir) siydikdan ajratib olgan. Gamburglik alkimyogar X;Brand siydikni bugʻlatishdan hosil boʻlgan qoldiqni koʻmir ishtirokida quruq xaydash bilan oq Fosfor olgan (1669). Fosforni ilk bor Lavuazye kimyoviy element deb atagan. Fosfor Sheyele 1771 yilda Fosforni suyak kulidan olgan.

Fosfor Yer poʻstining massa jihatdan 8102% ini tashkil qiladi. Fosfor faol element, tabiatda fosforitlar va apatitlar tarkibida uchraydi. Fosforning 3 ta allotropik shakl oʻzgarishi: oq, qizil va qora Fosfor maʼlum. O q Fosfor R4 tarkibli tetraedr shakldagi molekulalar hosil qiladi. Uning suyuqlanish temperaturasi 44°, zichligi 1,83 g/sm3, qaynash temperaturasi 281°; u suvda, spirtda oz, uglerod (1U)sulfid, benzol, efir, skipidar va suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Oq Fosfor kimyoviy reaksiyalarga yaxshi kirishadi. 50° da havoda oʻzoʻzidan alangalanadi. Qizdirilganda hatto platina bilan ham birikadi. Juda zaharli, 0,1 grami odamni oʻldiradi. Oq Fosfor suvda saklanadi. U berk idishda 260° gacha qizdirilganda qizil Fosforga aylanadi. Qizil Fosfor (qora Fosfor ham) yuqori polimer modda. Suyuqlanish temperaturasi 590°, zichligi 2,3 g/sm3, Qizil Fosfor qizdirilganda suyuqlanmasdan bugʻlanib ketadi, uglerod (1U)sulfidda erimaydi: havoda 260° da alangalanadi, zaharli emas. Qora Fosforning tuzilishi va koʻrinishi grafitga oʻxshaydi (qarang Uglerod). FosforFosforning eng barqaror shaklidir. Zichligi 2,7 g/sm3, 490° da alangalanadi. Uglerod (1U)sulfidda erimaydi; elektr tokini oʻtkazadi (oq Fosfor va qizil Fosfor elektr tokini oʻtkazmaydi). Qora Fosfor oq Fosforga yuqori bosim taʼsir ettirish yoki uni 270° da uzok, qizdirish natijasida hosil boʻladi.

Fosfor faol metallmaslar jumlasiga kiradi. Uning oksidlanish darajalari +5, +3, +1,0 va —3 ga teng . Yuqori temperaturada (1000° dan yuqorida) Fosfor bugʻlari, asosan, R2 molekulalaridan iborat. Quyi temperaturada Fosfor bugʻlari tetraedr shaklidagi R4 molekulalaridan tuzilgan. Fosforning —3 oksidlanish darajadagi birikmasi RN3 — juda zaxarli gaz. Fosforning +3 ga muvofiq oksidi R4O6 tarkibli dimer molekulalardan, +5 ga muvofiq oksidi R4O|0 molekulalardan tuzilgan. Fosforning bu oksidlariga muvofiq keladigan kislotalari N,RO3 — ortofosfit kislota, NRO2 — metafosfit kislota, N3RO4 — ortofosfat kislota, NRO3 — metafosfat kislota, N4R2O7 — pirofosfat kislota. Ortofosfat kislota kuchi oʻrtacha kislotalar jumlasiga kiradi, u 3 asosli.

Apatitlar ortofosfat kislotaning kaltsiyli tuzidir.

Apatit va fosforitlar Fosfor olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Ularni elektr pechda 1400—1600° da koks bilan qaytarib erkii Fosfor hosil qilinadi. Kaltsiy oksidni shlakka oʻtkazish uchun SiO2 koʻshiladi. Hosil boʻlgan Fosfor bugʻlari suvda oq Fosfor shaklida kondensatlanadi.

Fosfor harbiy maqsadlarda, gugurt sanoatida, metallurgiyada, fosforli bronzalar hosil qilishda qoʻllanadi. Ishlab chiqariladigan Fosforning asosiy qismi termik fosfat kislota va fosforli oʻgʻitlar tayyorlash uchun ketadi. Texnik Fosforning deyarli yarmi sintetik yuvuvchi vositalar tayyorlash uchun sarflanadi. Fosfor (U)oksid R4O|0 qurituvchi vosita sifatida, metilmetakrilat smolalar olishda kullanadi. Fosfor sulfidlari flotatsion vositalar, antikorrozion qoʻshimchalar, fosfororganik birikmalar sintezida ishlatiladi.

Fosfor tirik organizm hujayralari hayotida muhim rol oʻynaydi. Fosfor mono, diva trifosfat guruhlar —N2RO3 ,N3R2 O7 va N4R3 Oyu tarzida fermentlarning faol guruhlari tarkibiga kiradi. Biologik sistemalarda (xujayralar mitoxondriyalarida) adenozintrifosfat kislota (ATF) mavjud boʻlib, u organizmga energiya zaxirasini berib turadi, chunki ATF gidrolizga uchraganda adenozindifosfat kislota (ADF) va fosfatlar qosil boʻlib, bu jarayon energiya ajralib chiqishi bilan sodir boʻladi. Organizm hujayralarida elektronlar ozuqa moddalardan havo kmslorodiga koʻchadi. Bu jarayon vaqtida ADF va fosfatlardan ATF hosil boʻladi. Suyakda Fosfor gidroksid apatit ZSa(RO4)2Sa(ON), va karbonat apatit ZSa(RO4)2SaSO3N2O shaklida mavjud. Oʻsimliklar Fosforni tuprokdan fosfatlar holida oʻzlashtiradi. Oʻsimlik va hayvon organizmlarida Fosfor turli organik modsalar hosil qiladi.




Download 21,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish