Toshkent davlat pedagogika universiteti 208-bt yo’nalishi talabasi Toshpo’latova Bibizikriyoning



Download 47,1 Kb.
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi47,1 Kb.
#274819
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
23- variant

Bitim — 1) huquqda shartnoma, kontrakt, xalkaro shartnoma, konvensiya tushunchalarining sinonimi. 2) Oʻzbekiston Respublikasining FK boʻyicha fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakati. Bitim bir taraflama, ikki taraflama yoki koʻp taraflama boʻlishi mumkin Bitim tuzish uchun qonun hujjatlariga yoki taraflarning kelishuviga muvofiq bir tarafning xohishi zarur va yetarli bulsa, bunday Bitim bir taraflama Bitim hisoblanadi. Bitimlar ogʻzaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi. Yer uchastkalari va boshqa koʻchmas molmulk bilan bogʻliq Bitim.lar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzok, muddatli ijara, merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak. Qonun talablariga muvofiq kelmaydigan, shuningdek huquqtartibot yoki axloq asoslariga atayin qarshi maqsadda tuzilgan Bitim 14 yoshga toʻlmagan shaxslar; ruhiy kasalligi va aqli zaifligi sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan Bitim qalbaki va koʻzboʻyamachilik uchun tuzilgan Bitim oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. 14 yoshdan 18 yoshgachaboʻlgan voyaga yetmagan shaxslar; muomala layoqati cheklangan fuqarolar; harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki boshqara olmaydigan fuqarolar tomonidan; shuningdek yanglishish taʼsirida tuzilgan Bitim aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish, bir taraf vakilining 2taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki ogir holatlar yuz berishi taʼsirida tuzilgan Bitim yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan Bitim sud tomonidan haqiqiy emas, deb topilishi mumkin (OʻzR FK, 101 — 128moddalar).

2. Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash, ularning faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, respublikada investitsiya iqlimini va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek prokuratura organlariga xos bo‘lmagan vazifa va funksiyalarni chiqarib tashlash yo‘li bilan ularning faoliyatini optimallashtirish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-apreldan:tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil) tomonidan amalga oshiriladi;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarga oid qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi;

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish sohasidagi faoliyatini ta’minlashda ishtirok etadi.

2. Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tasarrufidan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tasarrufiga o‘tkazilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda bir oy muddatda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimining ishlash imkoniyatini ta’minlovchi axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning beg‘araz o‘tkazilishini;

Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlasin.

3. Belgilansinki, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini amalga oshirish doirasida:

nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;

nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish to‘g‘risidagi buyurtmalarini ko‘rib chiqadi va ularning asosliligini o‘rganadi;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishga rozilik berish yoki rad etish, shuningdek, ularning muddatlarini uzaytirish yoki ko‘chirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun nazorat qiluvchi organlarning aybdor mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘radi;

tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida yagona hisob va hisobot yuritilishini, shuningdek ushbu sohada nazorat qiluvchi organlarning yagona huquqni qo‘llash amaliyoti yuritilishini ta’minlaydi;

nazorat qiluvchi organlar va tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish sohasidagi qonunchilik normalari qo‘llanilishi yuzasidan maslahat yordamini ko‘rsatadi;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish sohasidagi normativ bazani ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi.

4. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida:

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimlarining ikkita shtat birligi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari;

soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga mas’ul Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosarlari, tumanlar (shaharlar) prokurorlarining o‘rinbosarlari va yordamchilari lavozimlari;

tumanlar (shaharlar) prokurorlarining tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas’ul o‘rinbosarlari hamda katta yordamchilari lavozimlari;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tadbirkorlikni himoya qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi tugatilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etilsin va uni moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazilsin.

5. Belgilansinki, mazkur Farmonga muvofiq prokuratura organlarining qisqartirilayotgan 1 198 ta shtat birliklaridan:

87 tasi — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonini;

470 tasi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bo‘linmalarini to‘ldirish uchun yo‘naltiriladi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda:

zimmalariga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini yuqori professional darajada bajarishga qodir yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga ega, yuqori intellektual qobiliyat va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega xodimlarni tanlab olishda raqobat muhitini ta’minlovchi kadrlarni shaffof tanlov asosida tanlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi Prokuratura organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida yangilangan nizomni tasdiqlash uchun kiritsin;

huquqbuzarliklarning profilaktikasi va prokuratura organlari xodimi degan yuksak nomga noloyiq shaxslarni aniqlash, ularni zudlik bilan prokuratura organlari tizimidan bo‘shatish mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratgan holda prokuratura organlarining ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqsin;

prokuratura organlariga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish imkonini beruvchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ular faoliyatiga har tomonlama va to‘liq joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.

7. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni shtatlar jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga, zaruratga ko‘ra, o‘z devonining tashkiliy-shtat tuzilmasiga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur moliyaviy, moddiy-texnik va transport masalalari hal etilishini ta’minlasin;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan holda Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda mazkur Farmon qoidalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati qonuniyligi kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin.

Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi tomonidan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilingunga qadar mazkur Farmon qoidalarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom amal qiladi.

9. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi Xalq qabulxonalari binolariga beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga mas’ul Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining o‘rinbosarlariga biriktirilgan transport vositalarining, shuningdek, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kompyuter texnikalarini belgilangan tartibda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga o‘tkazilishini ta’minlasin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining qo‘shimcha joriy etilayotgan shtat birliklarini hisobga olgan holda joylashtirilishini ta’minlasin.

12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.

15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

3. Nizolarni xo‘jalik sudi tomonidan hal etish tartibi to‘g‘risidagi qonunlar

Xo‘jalik sudi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuniga, ushbu Kodeksga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi bilan boshqa davlatlar o‘rtasidagi ko‘p tomonlama va ikki tomonlama shartnoma hamda bitimlarga amal qiladi.

Xo‘jalik sudi xorijiy huquq normalarini Qonunga binoan qo‘llaydi.

Nizoli munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari bo‘lmagan taqdirda xo‘jalik sudi shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlarini qo‘llaydi.

Xo‘jalik sudi o‘z vakolati doirasida fuqarolik huquqiy munosabatlari (iqtisodiy nizolar) dan yoki boshqaruv sohasidagi huquqiy munosabatlarda kelib chiquvchi nizolarni hal etadi.




Download 47,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish