2-TOPSHIRIQ.
Sinkveyn metodi:
“Tadbirkor “
Ishbilarmon; zehnli
Ukam tadbirkor bo’lmoqchi;
Hozirgi kunda tadbirkorlarga katta imkoniyatlar eshigi ochilgan;
Sotuvchi
“Aksiya”
Qimmatli qog’oz;
Bugun aksiyalar sotildi;
Aksiyaning fond bozorida sotiladigan narxi aksiya kursi deb atalib, u olinadigan dividend miqdoriga toʻgʻri mutanosib, foiz miqdoriga esa teskari mutanosiblikda boʻladi.;
Ruhsatnoma, faoliyat.
“Korxona”
Ishxona;
Korxona chiroyli bezatilgan;
Korxona Mahsulotlar, tovarlar ishlab chiqarish, xizmatlar koʻrsatish, ishlarni bajarish uchun tashkil etiladi;
Ofis, ishxona.
3-TOPSHIRIQ
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 465-modda; 2011-yil, № 4, 104-modda, № 9, 248-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi.)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va undan manfaatdor bo‘lishi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining o‘z xususiyatiga ko‘ra tadbirkorlikdan iborat bo‘lgan qismiga tatbiq etiladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari bilan bog‘liq munosabatlar chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ushbu huquqlarni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |