6-mavzu. Romanik dostonlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari
“Ravshan”, “Qunduz va Yulduz”, “Kuntug‘mish”, “Malika Ayyor”, “Orzugul” kabi dostonlar
poetikasi tahlili orqali romanik dostonlarga xos xususiyat va belgilari ochiladi. Romanik
dostonlarning еtakchi motivlari, ularning qahramonlari, syujet tiplari, badiiy tasviriy vositalari,
g‘oyaviy qatlamlari tahlil qilinadi.
7-mavzu. Kitobiy dostonlar
“Layli va Majnun”, “Farhod va Shirin”, “Bahrom va Gulandon”, “Ibrohim Adham qissasi” kabi
dostonlar asosida folklor – adabiyot, adabiyot – folklor tadrijiy o‘tish bosqichlarini, bu dostonlarning
xalq badiiy estetik tafakkuri rivojidagi o‘rni va xizmatlari ko‘rsatiladi, folkloriy tafakkurning
qonuniyatlari borasida so‘z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |