Toshkent Davlat Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti kurs ishi toshkent 2022 mundarija kirish



Download 0,56 Mb.
bet1/14
Sana26.06.2022
Hajmi0,56 Mb.
#707423
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
4-kurs 402-guruh talabasi xursandova nafisaning o’zbek xalq musi



Toshkent Davlat Nizomiy NOMIDAGI PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
KURS ISHI

Toshkent 2022


MUNDARIJA

Kirish….………………………………………………………………………….3
I Bob. Qo’shiq haqida ma’lumot……………………………………....................6
1.1 Tarixiy qo’shiqlar…………………………………………………………….10
1.2 Mehnat qo’shiqlari va ularning turlari………………………….……………15
II Bob. Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar…………………………………..18
2.1 Hunarmandchilik bilan bog’liq qo’shiqlar…………………………………..21
2.2 Dehqonchilik bilan bog’liq qo’shiqlar……………………………………….28
Xulosa……………………………………………………………………………32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………34
Ilovalar…………………………………………………………………………...36
KIRISH
Folklor haqidagi fan – folklorshunoslik bo’lib, xalq og’zaki ijodiyotining so’z san’ati sifatidagi xususiyatlarini, folklorning paydo bo’lishi, shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini, undagi ijodiy jarayon va yashash tarzi qonuniyatlarini, hayotiy mazmuni, ijtimoiy tabiati, g’oyaviy mohiyati, badiiy o’ziga xosligi, janrlarining bo’linishi, shuningdek, yozma adabiyot bilan munosabati – o’zaro ta’siri, aloqalari va tipologiyasi kabi masalalaridan bahs yuritadi. Folklorshunoslik ilmi bilan shug’ullanuvchi mutaxassis – folklorshunos deb yuritiladi. Folklorshunoslik sotsiologiya, etnografiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, san’atshunoslik, musiqashunoslik va boshqa fanlar bilan aloqadorlikda ish ko’radi.
Chunki, folklor sinkretik so’z san’ati sifatida san’atning barcha turlari bilan chambarchas bog’langan. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik fani bilan ham uzviy aloqadorlikda ish ko’rsa – da, ular o’rtasida bir – biridan farq qiluvchi xususiyatlar mavjud. Masalan, folklor asarlarining g’oyaviy – estetik tahlili folklorshunoslik qonuniyatlari talabi bilan amalga oshirilsa, badiiy adabiyot tahlili adabiyotshunoslik qonuniyatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bunda adabiyotshunos o’zi o’rganayotgan muammoga daxldor aniq va tayyor materialga ega bo’lsa, folklorshunos bunday imkoniyatga ega emas. U o’rganishga kirishgan muammosiga taalluqli materialni xalqdan yig’ishni boshlaydi. Bu jarayonning o’ziga xosligi va qiyinchiligi shundaki, u folklorshunosdan uzoq muddatli yig’uvchilik faoliyati bilan shug’ullanishni taqazo etadi. Yozib olingan u yoki bu folklor asarining qay marosimga daxldorligiga, kuyiga, tilining jonliligiga e’tibor berishni ham u diqqat markazida tutmog’i lozim. Buning uchun o’sha to’plovchining o’zi shu sohalardagi bilimlardan xabardor bo’lmog’i shart. Shu ehtiyojdan kelib chiqqan holda “O’zbek xalq og’zaki ijodi” kursini universitet va institutlarning O’zbek filologiyasi, Jurnalistika fakultetlarida o’qitish boshlab yuborildi .
Xalq og’zaki ijodining barcha turlari o’ziga xos ko’rinishga egadir. Ushbu o’ziga xoslikni biz xalq qo’shiqlari misolida ko’rib o’tamiz. Qo’shiqlar har bir xalqning eng betakror ijod mahsulidir. Chunki, unda xalq ma’naviyati, saviyasi, turmush darajasi yaqqol ifoda etiladi. Shu jihatdan bu janrni betakror deyish o’rinlidir. Shu jihatlarni inobatga olib ilmiy-tadqiqot uchun ushbu mavzu tanlandi. Xalq og’zaki badiiy ijodining bir turi bo’lib hisoblanmish qo’shiq ham turmushni, ham kishilarning turmushdan olgan taassurotlarini, orzu-umidi, his-tuyg’ularini o’zida aks ettiradi. Qo’shiq turmushda ro’y bergan ijtimoiy hodisalarga hozirjavoblikdir. Qo’shiq san’atning insoniyat tomonidan eng oldin O‘ylab topilgan turi deb taxmin qilinadi. Rivoyat qilishlaricha, yer yuzidagi birinchi qo’shiq Hobil ismli o’g’li o’lganda Odam Ato tomonidan aytilgan marsiya bo’lgan ekan. Darhaqiqat odamzod tug’ilgan kunidan boshlab alla eshitadi, o’lganda esa yig’i bilan kuzatiladi. Xalq qo’shiqlarni qayg’uli chog’da ham, shodu xurramlik paytida ham ijod etib, kuyga solib aytadi. O’zbek xalqi orasida “ Kuygan ham qo’shiqchi, suygan ham qo’shiqchi ” yoki “ Suygan qo’shiqchi bo’lar, kuygan o’lanchi bo’lar” degan ta’birlar maqol sifatida yuritiladi. Qo’shiq poeziyaning eng ko’p tarqalgan va eng qadimgi turlaridan biridir. O’zbek musiqa folklori xar qanday xalq ijodi kabi mehatkashlarning orzu-umidlari, ularning turmushi va axloqi, sotsial va milliy ozodlik uchun kurashning ifodasi sifatida gavdalanadi. O’zbek xalq musiqasining mavzu jihatdan serqirraligi, janrlarga boyligi va hayotda tutgan o’rnining xilma-xilligi ham ana shu bilan bog’liqdir.
Qo’shiq kishining ongi va hissiyotlariga ta’sir etish qudratiga ega. Aksariyat qo’shiqlarda xalqning urf –odati, milliy an’analari, axloq normalari o’z aksini topgan. Xalq qo’shiqlarida voqelik garchi yakka shaxsning kechinmalari aks ettirilsa-da , biroq bu kechinmalari orqali ommaning, ko’pchilikning his – tuyg’ulari bilan uyg’unlashgan holda namoyon bo’ladi. Qo’shiqlar xalq ma’naviyatining, ijodkorining buyuk qudratini, mehnatkash omma irodasining bukilmasligini ifodalaydi. Kishilarni ruhan tetiklikka, jasoratga, mehnatsevarlikka, insonparvarlikka, do’stlikka va vafodorlikka chorlaydi. Qo’shiq qaysi tarixiy sharoitda, qanaqa munosabat bilan yaratilgani – uning ruhiyatidan bilinib turadi. Ozbek xalq qo’shiqlari yaxlit tizim holida shakllangan bo’lib, shakliy xilma – xilligi bilan ajralib turadi.


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish