18-jadval. Bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga talabni tartibga solish omillarining tartibga solish mexanizmi
turiga bog’liq holda tasnifi
Mehnat xizmatiga talabni tartibga
|
Mehnat xizmatiga talabni tartibga
|
soluvchi birlamchi omillar
|
soluvchi ikkilamchi omillar
|
Makroiqtisodiy vaziyat
|
omillari:
|
Makroiqtisodiyot vaziyati omillari:
|
mehnat
|
unumdorligi,
|
investistiya
|
kapitalning mavjudligi va uning texnik
|
muhiti,
|
iqtisodiy
|
stikl
|
fazalari
|
tuzilishi, ishlab chiqarishning o’sishi
|
o’zgarishi
|
|
|
yoki qisqarishi
|
|
|
|
|
Ish kuchiga ehtiyoj o’zgarishining
|
|
|
|
|
omillari: ro’yxatga olingan bo’sh ish
|
|
|
|
|
joylari sonining o’zgarishi
|
Ish
|
beruvchini
|
motivastiyalash
|
Ish beruvchini motivastiyalash
|
omillari: mehnatga haq to’lash
|
omillari: turli darajada daromad
|
darajasining o’zgarishi
|
|
|
olinadigan ish o’rnilarini taklif etish
|
Manba: muallif tomonidan tuzilgan.
|
|
Bu birlamchi omillar qatoridan o’rin olgan xususiyatlarni ko’rib chiqaylik.
1. Makroiqtisodiyot vaziyati omillari:
Арабов Н.У. Меҳнат бозорида ҳудудий ахборот тизимларини яратиш ва ривожлантириш // Ж. Иқтисодиѐт ва таълим. - Тошкент, № 4 -2004. – 22-24- бет.
80
- mehnat unumdorligining o’zgarishi. Bu mehnat xizmati talabiga teskari ta’sir ko’rsatuvchi omil hisoblanadi. Mehnat unumdorligi darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, ish beruvchi shunchalik kam xodimga ehtiyoj sezadi;
investistiya muhitining o’zgarishi. Agar bu muhit qulay bo’lsa, ishlab chiqarish rivojlanadi, yangi ish o’rinlari yaratiladi;
mamlakat iqtisodiyoti iqtisodiy stikli fazasining o’zgarishi. Bu faza yuqoriga ko’tarilganda mehnat xizmatiga talab ortadi, restessiya davrida esa kamayadi.
2. Ish beruvchini motivastiyalash omillari:
mehnatga haq to’lash darajasining o’zgarishi. Bu mehnat xizmatiga talabga teskari ta’sir ko’rsatuvchi omildir. Ish haqi o’sishi bilan ish beruvchi kamroq xodimlarni ishga yollaydi.
Tartibga solishning ijtimoiy yo’naltirilgan modeli sharoitlarida talabga ta’sir ko’rsatuvchi ikkilamchi omillar qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin.
1. Makroiqtisodiyot vaziyati omillari:
kapitalning mavjudligi va uning texnik tuzilishi. Bu mehnat xizmatiga talabga teskari ta’sir ko’rsatuvchi omildir (kapital qanchalik ko’p va uning texnik tuzilish qanchalik yuqori bo’lsa, mehnat xizmatiga talab shunchalik kam bo’ladi);
ishlab chiqarishning o’sishi yoki qisqarishi. Ishlab chiqarishning o’sishi
bilan ish o’rinlari soni ortadi va ishlab chiqarish qisqarish bilan buning teskarisi ro’y beradi.
Ish kuchiga ehtiyoj o’zgarishi omili. Bu ro’yxatga olingan bo’sh ish joylari sonidagi o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Mazkur omil mehnat xizmatiga talabning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ish beruvchini motivastiyalash omili. Bu daromad darajasi turlicha
bo’lgan ish o’rinlari taklifiga bog’liqdir. Daromadlardagi tafovut iqtisodiyotning bir tarmoqlarida talabni rag’batlantirsa, boshqalarida kamaytiradi.
Mehnat bozorini tartibga solish modelini ishlab chiqishda mazkur davr uchun tartibga solishning ustuvor yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish hamda mehnat
81
bozorida keskinlashgan muammolarni hisobga olish zarur bo’ladi. Bundan kelib chiqqan holda, tartibga solish ob’ektini tanlash va omillar tahlili usuli yordamida bu ob’ektlarni tartibga solish omillarini belgilab olish kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o’z mutaxassisliklariga mos ish o’rinlariga ega bo’lmayotganliklari hamda ayrim korxonalarda bo’sh ish o’rinlariga mutaxassislar etishmovchiligi muammolarini kamaytirish maqsadida, quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim deb hisoblaymiz:
yirik va o’rta korxonalarning vakillari o’zlariga tegishli o’quv yurtining fakulteti (bo’limi, guruhi) talabalari bilan ko’proq uchrashuvlar, seminarlar
o’tkazishlari kerak. Ayniqsa, amaliyot davrida talabalar bilan korxona mutaxassislari o’rtasidagi aloqani o’rnatish asosida, keyinchalik o’quv yurti bitiruvchilarini shu korxonalarga ishga joylashishini ta’minlash yuqori samara beradi;
har yili bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tashabbusi bilan o’quv yurtlarida o’tkaziladigan samarali mehnat yarmarkalarini muntazam o’tkazilishini ta’minlab borish maqsadga muvofiqdir;
o’quv yurtlari o’zlaridagi har bir bo’lim yoki fakultetlarda "Bitiruvchilarga yordam" burchagi tashkil qilib, ularni bo’sh ish o’rinlari va ularning tafsilotlari
to’g’risidagi ma’lumotlar batafsil yoritilgan manbalar bilan ta’minlab borishlari zarur;
- o’quv yurtlari ro’znomalarining ma’lum bir sahifalari o’quv yurtida
tayyorlanadigan mutaxassislarni ishga joylashtirishga bag’ishlanishi katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |