Toshkent davlat moliya instituti bank ishi fakulteti bank ishi yo



Download 97,5 Kb.
bet1/6
Sana18.07.2022
Hajmi97,5 Kb.
#823886
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
xalqaro oltin savdosi va uni xozirgi kundagi rivojlanish muammolari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA-MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT MOLIYA INSTITUTI
BANK ISHI FAKULTETI


BANK ISHI YO’NALISHI
57-2-guruh talabasi
To’rayev Sherzodning
XALQARO VALYUTA KREDIT MUNOSABATLARI
“Xalqaro oltin savdosi va uni hozirgi kundagi rivojlanishidagi muammolar”
mavzusida
REFERAT
Tekshirdi: _______________
Toshkent – 2022
MUNDARIJA:

1. Xalqaro oltin bozori 3
2. Oltin Savdosi Asoslari 4
3. Xalqaro oltin bozori qachon ochiladi? 5
4. Oltin Savdo: Imkoniyatlar 6
5. Dunyoda oltin qazib olish 8
6. Dunyoda oltin iste'moli 11
XULOSA 12
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI. 13


1. Xalqaro oltin bozori


Oltin bozori — oltin bilan oldisotdi operatsiyalarini doimiy ravishda amalga oshiruvchi markaz. Jahon Oltin bozori mintakaviy bozorlardan tarkib topadi. Ularning eng yiriklari London, Syurix, Nyu-York, Jeneva, Melburn shaharlarida joylashgan. 1919-yildan buyen faoliyat koʻrsatib kelayotgan London Oltin bozorida kun davomida 2 marotaba oltinning maxsus narxi (fiksing)nm belgilash tartibi joriy etilgan. London bozoridagi narxlar eng qulay hisoblanib, turli hisob-kitoblar uchun baza vazifasini bajaradi va uzok, muddatli shartnomalarda narxlarni belgilash uchun qoʻllanadi. Syurix Oltin bozori 1970-yildan faoliyatni boshlagan boʻlib, 1980-yillarga kelib eng yirik markazlardan biriga aylandi, jahonda oltinga boʻlgan talabning asosiy qismi ushbu bozor orqali qondiriladigan boʻddi. Hozirgi paytda dunyo oltin savdosining 40% Shveysariyada oʻtkaziladi. Shveysariya banklarining afzallik tomonlari shundan iboratki, ular jahonning barcha hududlaridagi Oltin bozorilarida joylashgan.
1970-yilda AQShda oltin demonetizatsiyasi, yaʼni 40 yil davomida mavjud boʻlgan rezidentlar tomonidan oltinni sotish va sotib olishni taqiqlovchi shartnoma bekor qilinishi bilan Oltin bozori rivojlandi. Chunki bu shartnoma AQSH rezedentlariga xususiy ravishda oltin quymalarini saqlash imkonini bermas edi. Oltin savdosining erkinlashtirilishi Nyu-York va Chikago tovar birjalaridagi xalqaro pul bo-zorini oltin fyuchers shartnomalari asosida amaliyotlar olib boruvchi yirik markazga aylantirdi. U markazlarda oltin yetkazib berish boʻyicha dunyoning 90% fyuchers shartnomalari imzolanadi.Xalqaro telekomunikatsiyaning yuksak daraja rivojlanishi ham maxsus kompyuter tarmoklari orqali oldi-sotdi shartnomalarni tuzishga zamin yaratdi. Bunday savdoda fakatgina ol-tinni yetkazib berish sharti koʻrsatiladi, haridor va sotuvchining kayerda joylashgani ahamiyatli emas. Oltin ishlab chiqaruvchi mamlakatlar va xususiy zaxira egalari oltin sotuvchilar hisoblansa, xususiy firmalar, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, investorlar, tezavra-torlar, Markaziy banklar va maxsus fondlar uning isteʼmolchilaridir. Deyarli barcha mamlakatlarning Markaziy banklari oltinni xalqaro zaxira tarkibida saqlaydilar. Jahonda turli davlatlarning oltin zaxiralari hajmi turlicha. Mas, bu koʻrsatkich AQShda 8,1 ming t, Germaniyada 3,5 ming t, Fransiyada 3 ming t, Italiyada 2,5 ming t va Xalqaro valyuta fondida 3,2 ming t ga teng. Bir yil davomida eng koʻp oltin ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga JAR (394 t), AQSH (335 t), Avstraliya (285 t), Xitoy (183 t), Rossiya (165 t), Kanada (157 t), Peru (134 t) va Oʻzbekiston (84 t) kabi davlatlar kiradi (2002).

Download 97,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish