Kuzatish ob’ekti - bu teksirish o’tkaziladigan hodisa va jarayonlar yig’indisi yoki statistik ma’lumotlar qayd qilinadigan aniq chegara miqdori (oralig’i)dir. Masalan, aholi ro’yxati o’tkazilayotgan bo’lsa, biz aniq belgilab olishimiz kerak, qaysi aholini ro’yxatga olmoqchimiz: mavjud aholinimi? Yoki doimiy aholinimi? Tijorat korxonalarini ro’yxatga olish uchun, oldin aniq bilishimiz kerak, qaysi korxonalar tijorat korxonalari bo’lib hisoblanadi?
Kuzatish birligi – bu hisob asosi yoki kuzatishda qayd qilish belgisiga ega bo’lgan birlikdir. Kuzatish birligi bo’lib, aholi ro’yxatida har bir shaxs, korxonalar ro’yxatida har bir korxona hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |