Tayanch so’zlar:
Qonun, davlat, nazorat, inspeksiya, tovar, mahsulot, sifat, standart, sertifikat, metrologiya, hududiy, texnik shartlar, jarayonlar, resurs, fan va texnika, rag’bat, ishlab chiqarish sotish saqlash.
Takrorlash uchun savollar:
Davlat standartlari tovarlar ishlab chiqarishdagi vazifalarini tushintirib bering?
Standartlarni kategoriyalarini va ularga qo’yiladigan talablarni aytib bering?
Tovarlarni standartlashtirishdan asosiy maqsad nima?
Standartlarni qaysi tashkilot tomonidan qanday talablarda rasmiylashtiriladi?
Standartlarni qo’llanilishi qanday rag’batlantiriladi?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari / I.A.Karimov. - T: O’zbekiston, 2009. - 56 b.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish
davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga baqishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi // Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevral.
Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot haqiqatini aks ettirish. T.: O’zbekiston, 2009. - 24 b.
O’zbekiston Respublikasi standartlashtirish sertifikatlash va metrologiya to’g’risidagi qonuni 22 dekabr 1992 yil.
Tovar va xizmatlarni xalqaro sertifikatsiyalash
Tovarlarni sertifikatsiyalash sifat ko’rsatkichlarini aniqlash usullari.
Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashda normativ-texnik hujjatlarni roli.
Tovarlarni sertifikatsiyalash sifat ko’rsatkichlarini aniqlash usullari Tovarlarning sifat ko’rsatkichini aniqlash tovarlarning sifati turli yo’llar
bilan tekshiriladi. Milliy mahsulotlarga ta’luqli standartlar va ularni ko’rsatmalariga ko’ra ular organaleptiq kimyoviy, fiziq biologik va mikrobiologik tekshirishlar natijasida belgilanadi. Mahsulotlarga organaleptik jihatdan baho berish agar shub (burgi) va ba’zi mayda asboblarni e’tiborga olmaganda maxsus bir asbob-uskuna talab qiladi. Boshqa tekshirishlarini esa laboratoriyalarda maxsus asbob uskunalar yordamida, tekshirilayotgan metodik usullarga xos bo’lgan ishlar, tadbirlar va ximikatlar yordamida mutaxassislar tomonidan tekshirib boriladi.
Mahsulotlarni sifatini organaleptik jihatdan tekshirish ustudan tovarga sezgi organlari yordamida baho berishdan iboratdir. Mahsulotni ko’rish hidlash ushlab ko’rish mazasini tatib ko’rish va boshqalar. Organaleptik usullar ma’lum darajada subyektiv usuldir, organaleptik usulda tekshiruvchilardagi sezgi organlari ayrim shaxslarda bir darajada bo’lmaydi, shunday qilib, bir mahsulot sifatiga turli kishilar har xil baho berishlari mumkin. Biroq mahsulotlar organalep-tik jihatlar baho beruvchi ekspertlar o’zlarining tajribalari va mahoratlari tufayli mahsulot sifatiga baho berish yo’llariga iloji boricha to’g’ri yo’l bilan yondashadilar. Ammo ekspertizaning bu kamchiliklariga qaramasdan, shuni nazarda to’tish kerakki insonni sezgi organlari mahsulotni boshqa tekshirish usullari bilan aniqlab bo’lmagan holda ham, o’ziga xos xushbo’y va ta’m xususiyatlarini seza oladi. Odatda organaleptik jihatdan baho berishda ba’zi formula fizik-kimyoviy tekshirishlar ham o’tkaziladi. Mahsulotlar organaleptik jihatdan baho berishga bir necha usullari bo’lib, ular taqqoslab baho bersa, ball bilan baholash usuli, izchillik usuli va boshqa bir mayda kichik usullardan iborat. Mahsulotlarga taqqoslab baho berish ustidan tekshirilayotgan mahsulotni shu mahsulot etalonlariga (standart namunalariga) taqqoslashga asoslangan, bu usulning kamchiliklaridan biri shuki, bunda mahsulotlarni biologik jihatdan standart namunalarini ko’p saqlab bo’lmaydi va almashtirnb turishga to’g’ri keladi. Bu esa baho berishdagi aniqlikni pasaytiradi. Mahsulotga absolyut ravishda baho berilganda etalon tanlab olish ham ta’sir qiladi, chunki unga o’rtacha namuna sifatida turli vaqtda olingan mahsulot bir-biridan farq qilishi mumkin. Ball ko’rsatkichi bilan baho berish bu ball belgilari bilan ifodalandi. Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini muntazam ravishda tekshirib borish va baho berish uchun juda ko’p ball ko’rsatkichlari bor. Mahsulotlarga ball bilan baho berishda ballarning umumiy soni ko’rsatkichlari bo’yicha bo’linadi. Masalan: sariyog’’ga beriladigan baho beshta ko’rsatkich bo’yicha o’tkaziladi: ta’mi va hidi bo’yicha, konsistensiyasi bo’yicha, qayta ishlangani va tashqi
ko’rinishi bo’yicha, rangi bo’yicha, tuzilishi va urab joylanishi bo’yicha. Bu ko’rsatkichlar ishida eng muhim ahamiyatga ega bo’lganlari- yog’’ning ta’mi va hididir. Bu ko’rsatkichlarga odatda 50 ball ajratiladi. So’ngra yog’ konsistensiyasi, qayta ishlanishi va urab-joylanichiga 25 ball, rangiga 5 ball, tuzlanish sifatiga 10 ball va urab-joylanichiga 10 ball beriladi. Mahsulotda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan har bir illat va kamchilik tegishli ball bilan baholanadi va shu ko’rsatkich uchun belgilangan umumiy ball sonidan olib tashlanadi. Shunday qilib mahsulotga baho berayotgan ekspert aslida faqat shu tovarda qandaydir nuqson va kamchilik borligini aniqlaydi. So’ngra u standartdagi maxsus jadvaldan qancha ballni olib tashlashi keraqligini topadi. Bu usul ekspertlar ishini osonlashtiradi va ma’lum darajada baho berishdagi sub’ektivlikka yo’l qo’ymaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |