Xulosa
“Patentshunoslik va litsenziyalash ixtiro, foydali model va sanoat namualarini himoya tartiblari va huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy nizomlari va asoslari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Qonunlar va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatini qarorlari hamda Patenshunoslik idorasini va axborotlarini normativ-hujjatlari, yo’riqnomalari orqali tartibga solinadi. Bu fan bo’yicha bu sohadagi asosiy tushunchalar va ta’riflarni O’zbekiston va boshqa davlatlarning patentshunoslik va listenzialash sohasidagi qonunlarni asosiy mohiyati, patent egalarining huquq va majburiyatlari, ixtiroga patent berish tartibi va ularni amal qilish davri keltirilgan. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasini Qonun hujjatlarida EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi, ixtiro, asosiy tushunchalar, ularni turlari, ixtiro tavsiyanomasi, tarkibi, seleksiya yutuqlari, sanoat mulklari, tovar va xizmat belgisi ob’ektlarining patent qobiliyati, shartlari va foydali foydali modellarning himoyanuvchanligi, xalqaro patent tasnifi, patent axboroti va ma’lumotlar ba’zasi, Yevropa, AQSh va MDH mamlakatlariningpatentlash bo’yicha qonunchiligi va ulardan foydalanish, tahlil o’tkazish va kerakli ma’lumotlar ba’o’asiga ega bo’lishlik masalalari yoritilgan O’zbekiston intellektual mulk ob’ektlarini huquqiy muxofazalash sohasidagi amaldagi qonunchilik. Intellektual mulk fuqarolik huquqining kichik sohasi ekanligi. Partent huquqi va fuqaro munosabatlari ishtirokchilarining individuallashtirish vositalarini muxofazalash hamda noan’anaviy ob’ektlarni muxofazalash bo’yicha mualliflik huquqi va sanoat mulki va patent huquqi hamda
iqtisodiy munosabatlarni huquqiy muhfazalash sohasidagi amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Jahon bozorida talabni va taklifni rag’btlashtirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash O’zbekistonni iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishda g’oyat muhim ahamiyatga ega. Tashqi iqtisodiy faoliyatda (TIF) tovarlarni nomenklatursini o’rganish, uyg’unlashgan Tn bojxona to’lovlari, intellektual mulk ob’ektlarini muxofazalash, ilmiy kashfiyotlar va ixtirolar, seleksiya yutuqlari va sanoat namunalari hamda belgilari, eksport va import tovarlar bo’yicha shartnomalar tuzish, patent axborotlari, xalqaro, Yevropa, AQSh, va MDH patentshunoslik va litsenziyalash to’g’risidagi axborotlar bilan tanishtirish va huquqiy normalarini bilish ma’lum ahamiyatiga ega. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risida”gi qonunlarda ta’kilanganidek yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining nusxalariga qonuniy egalik qilish. Huquq egasidan qo’shimcha ruxsatnoma olmasdan dasturning boshqa birovlvrga berish uni tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin emasligi qonun hujjatlarida ta’kidlanadi. Kashfiyotlar ularni yangiligi, sofligi va ustunligini aniqlash, ixtirolar, entellektual faoliyat, yangi g’oyalar va texnik echimlar, sanoat mulki ob’ektlariga beriladigan va muayyan hududda vaqt oralig’ida amal qiladigan muxofaza hujjati sifatida patent va litsenziyalarni mualliflarga beriladi va ularni O’zbekiston Respublikasini Qonun hujjatlari orqali himoyalanadi.
O’simliklarning yangi navlari hayvonlarni yangi zotlarini yaratilganligi uchun seleksiya yutuqlariga beriladigan huquqlar mualliflarga patent yoki guvohnoma beriladi. Patent axborotlari orqali seleksiya yutug’ining yangiligini aniqlash va uni davlat sinovlaridan o’tkazish. Davlat patent idorasiga yangi navni yoki zotni yangiligi to’g’risidagi tegishli ma’lumotlarni va xulosalar taqdim etiladi. O’zbekiston Respulikasi qonunchiligiga muvofiq sanoat namunasining yangiligi, o’zga xosligi va sanoatda qo’llanilishi uning patentga layoqatlik shartlarini belgilaydi. Sanoat namunasining estitik va ergonomik xususiyatlarini belgilovchi muhim belgilari hisoblandi. Tovar belgisining o’ziga xos xususiyati uning tovar va xizmatlar bozordagi bajaradigan rolini va yangiligini aniqlaydi. O’zbekistond tovar belgilari va xizmatlar bilan bog’liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni “Tovar belgilari va xizmatlar ko’rsatish belgilari to’g’risida”gi qonun talablari bilan tartibga solinadi.
Mualliflar o’zlari yaratgan kashfiyotlariga, ixtirolariga seleksiya yutuqlariga, sanoat namunalari va mahsulot belgilariga patent, litsenziya olish uchun qonun talablaridan kelib chiqqan holda davlat patent idoralariga talabnoma orqali murojat qiladilar.
Mualliflar aniq va o’z vaqtidagi patent axborotiga ega bo’lish uchun barcha patent axboroti tizimlaridan foydalanishlari lozim. Bu borada O’zbekiston Respublikasi patent va universal axborot resurslaridan, xalqaro patent tasnifi tizimlari, idoralari va ularni huquqiy talablaridan foydalanishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |