3.6. Sanoatda servis xizmatlarini ko‘rsatish
Sanoat mahsuloti ta’minotchi va mijoz o‘rtasida munosabatlarning yig‘indisi
sifatida ta’riflanadi. Taklif etilayotgan servis xizmatlari mijoz bilan munosabatlarda
umumiy qiymat yaratib, asosiy tabiiy mahsulotni to‘ldirib turadi. Xizmatlar taqdim
etishda ta’minotchi-tashkilotning ko‘plab xodimlari va bo‘limlari, jumladan, ishlab
chiqarish, konstruktorlik, transport va reklama bo‘limi, «buyurtmaga» loyihalash
bo‘limi, sotuvni rag‘batlantirish bo‘limi, kreditlash bo‘limi va ta’mirlash xizmati
ishtirok etishi mumkin. Sanoat savdo vakilining asosiy majburiyatlaridan biri –
mijozlar bilan o‘zaro aloqalar jarayonida barcha ishtirok etuvchi shaxslarning rolini
rejalashtirish va muvofiqlashtirish hisoblanadi. Marketologning asosiy vazifalaridan
biri esa – turli elementlarni har tomonlama marketing strategiyasiga integratsiyalash
sanaladi.
Ko‘plab sanoat marketologlari uchun xizmatlarni paketlash tobora muhim
masalaga aylanib bormoqda. Mutaxassislar bazaviy tovar taklifiga qaysi xizmatlarni
kiritish, qaysilarini esa alohida taklif etish (va ularga alohida narx belgilash)
lozimligini belgilashi lozim. Bu murakkab muammo ildizlari firmaning biznes-
strategiyasiga va uning bozorda joylashuviga borib taqaladi. O‘zini to‘liq xizmatlar
paketi taklif etuvchi korxona sifatida hisoblaydigan firma mijozda to‘liq xizmatlar
paketi taqdim etish uchun xarajatlar qoplashni ta’minlaydigan yetarli darajadagi yuqori
narxni oqlaydigan eng katta qiymat hissini yaratishi lozim.
Aksincha, ularning mijoz uchun qiymat taklifi faqat zarur xizmatlarni arzon
narxlarda taqdim etishdan iborat bo‘lgan bozor qatnashchilari ham bor. Mushkullik
shundaki, o‘zining savdo taklifini xizmatlar hisobiga differensiatsiya qiladigan
korxona bu xizmatlar xarajatlarini qoplash uchun juda qimmat narxlar taklif etib,
raqobatbardosh bo‘lmay qolish riskini aniqlashi mumkin. Ayniqsa, firma uchun uning
asosiy raqobat raqobatchilari – marketing, idora qilish va ilmiy-tadqiqotchilik ishlari
61
kabi qo‘shimcha funksiyalarga ancha kamroq resurs sarflaydigan, kichik
ixtisoslashgan korxonalar bo‘lgan holat xavflidir.
Servis xizmati ko‘rsatish turli tarkibiy qismlarining ahamiyati mijoz bilan
munosabatlar xarakteri, mahsulot turi va uning hayotiylik davri bosqichiga qarab
o‘zgaradi. Servis darajasining yetarli emasligi marketing dasturi samaradorligini
pasaytirishi, taqdim etilayotgan xizmatlar ortiqchaligi esa kuchli raqobat sharoitlarida
xarajatlar kattaligi va foyda bo‘lmasligiga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan,
ishonchli va jalb etuvchan xizmatlar paketi mahsulot differensiatsiyasi va bozorni
segmentlashda asosiy elementga aylanishi mumkin, bu esa korxonani agressiv narx
raqobatidan himoya qiladi.
Mijoz uchun risk darajasi yuqori ekanligi bilan bog‘liq, haqiqatda yangi
mahsulotlarni bozorga chiqarishda texnik xizmat ko‘rsatish va foydalanishda yordam
berish marketing-miksning muhim tarkibiy qismlari bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha yangi
sanoat mahsulotini muvaffaqiyat bilan ilgari surishda mijoz bilan birgalikda bajarilgan
texnik ishlanmalarning ijobiy natijalari muhim rol o‘ynaydi, ular yangi mahsulot
potensial mijozlar uchun naf bilan foydalanilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bunda
uning muhim texnik xususiyatlarini ham, iqtisodiy qimmatini ham namoyish etish
lozim. Odatda bu faqat laboratoriya sinovlarida emas, balki ishchi sharoitlarda ham
muvaffaqiyat bilan qo‘llashni nazarda tutadi. Yangi material, jarayon, detal yoki
asbob-uskunalar elementining real iqtisodiy qiymati real ishchi vaziyatlarga maksimal
darajada yaqinlashtirilgan sharoitlarda aniqlanishi mumkin.
Asbob-uskunalar elementlarini ishlab chiqishda xaridor va sotuvchining texnik
hamkorligi ushbu elementlarni o‘z ichiga oladigan tizim yaratishga va konstruksiyani
takomillashtirishga xizmat qilishi mumkin. Detallar va materiallar sotishda, mahsulot
ishlab chiqish va ishlab chiqarishning mijoz usullari bilan birgalikda hamkorlik
dasturlaridan foydalanish kerak.
Ta’minotchining ishonchliligi va texnik savodliligi uning tovar taklifining juda
muhim elementlaridir. Mahsulot ishlab chiqish va ishlab chiqarish jarayonlari odatda
mijoz uchun muayyan qimmatga ega ekanligi sababli u mazkur ishga sarmoya qilingan
mablag‘larni himoya qilishdan manfaatdor bo‘ladi. Ko‘rinib turibdiki, ta’minotchi va
62
uning alohida xodimlari bilan ishonch asosida munosabatlar zarur. Bundan tashqari,
loyiha natijalaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha ma’lum shartnoma majburiyatlari
ishlab chiqish mumkin. Bu patentlarga ham tegishli bo‘lishi mumkin. Mijoz
ta’minotchi bilan birgalikda ishlab chiqilgan detallar, materiallar yoki jarayonlardan
belgilangan muddat davomida eksklyuziv foydalanish huquqini so‘rashi mumkin.
Ko‘pincha mijozning o‘zi bunday ishlanmalar tashabbusi bilan chiqishi mumkin –
yoki konsepsiya taklif etadi, yoki ta’minotchiga sinov namunalarini ishlab chiqarish
uchun taqdim etadi. Demak, tushunmovchiliklar va yuridik muammolar yuzaga
kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ikkala tomonning majburiyatlari imkon qadar
batafsilroq ifodalangan bo‘lishi lozim.
Etuk bozorlarda talab o‘suvchi yoki barqaror bo‘lishi mumkin, lekin agar
ta’minotchilar o‘xshash mahsulotlar taklif etadigan bo‘lsa, raqobat kuchli bo‘ladi. Etuk
bozorlarda servis xizmatlari ko‘rsatishning asosiy elementlari – yetkazib berish,
deyarli sezilmaydigan texnik takomillashtirish va sotuv joyida osonlik bilan olish
mumkin bo‘lgan qo‘llab-quvvatlash. Agar mahsulot bir nechta ta’minotchi tomonidan
raqobatbardosh narxlar bo‘yicha taklif etiladigan bo‘lsa, ochiqlikdagi farq, mahsulot
sifati va texnik xizmat ko‘rsatishdagi kichik ustunliklar ta’minotchi tovar taklifining
juda muhi farqiga aylanadi. Mijozlar uchun – tekshirilmagan ta’minotchilar bilan
ishlashda – bozordagi noaniqlik ham, bitim tuzishdagi noaniqlik ham juda yuqori
bo‘lishi mumkin.
Servis xizmati ko‘rsatish darajasi an’anaviy taklif etiladigan mahsulotlar bozorida
ko‘pincha mijozning servis xizmati geografik joylashuvi bilan belgilanadi. Etuk
mahsulotlar bilan bog‘liq holatda servis tashkiloti xizmatlarning hamma joyda ochiq
bo‘lishini ta’minlash uchun yetarli darajada rivojlangan bo‘lishi lozim bo‘lgan sotuv
tarmog‘ining tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin.
Asbob-uskunalarni sotishda servis xizmati ko‘rsatishning muhim elementlariga
ularni o‘rnatish, ekspluatatsiya qilish vata’mirlash, shuningdek, zaxira butlovchi
qismlar va ehtiyot qismlar mavjudligi hisoblanadi. Detallar va sarflanadigan
materiallar uchun xizmat ko‘rsatishning asosiy jihatlari – materiallar mavjudligi va
ulardan ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish uchun foydalanishda ko‘maklashish
63
hisoblanadi. Etkazib berish mijozlar tovar zaxiralarini saqlash xarajatlarini qisqartirish
uchun ularni omborda kichik hajmda saqlashni afzal ko‘radigan hollarda juda puxta
rejalashtirilgan bo‘lishi lozim. Bunday vaziyatda tovar zaxiralari belgilangan darajasini
qo‘llab-quvvatlash uchun majburiyat ta’minotchi zimmasiga yotadi. Juda yirik
mijozlar uchun detallar va materiallar ta’minotchilari mijozning ishlab chiqarish
quvvatlari yaqinida distributsiya markazlari yoki ishlab chiqarish binolarini qurishi
lozim. Bularning barchasi xaridor va sotuvchi o‘rtasida shartnoma majburiyatlari va
uzoq muddatli shartnoma munosabatlarini o‘rnatishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |