Toshkent davlat iqtisodiyot


  Innovatsion mahsulotlarni tarqatish



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

5.4.  Innovatsion mahsulotlarni tarqatish 

Bozorni  yangi  mahsulot  vaqt  o‘tishi  bilan  tarqatiladigan  ijtimoiy  tizim 

ko‘rinishida tasavvur etish mumkin. ushbu holatda ijtimoiy tizim elementlari korxona 

va uning xodimlari, shuningdek, ayrim chetdan mutaxassislar hisoblanadi.  

Iqtisodiyot ilmining turli yo‘nalishlarida innovatsiya nazariyasining shakllanishi 

muammosiga  bag‘ishlangan  ishlar,  avvalambor  G.Xospers,  R  Smits,  M.Larani, 




 

98 


 

E.Uarab  va  K.Flanaganblarning  ishlarida  o‘z  aksini  topgan.  Gert-Yan  Xospers 

o‘zining  “Shumpeter  va  uning  innovatsiyalar  tadqiqotidagi  merosi”  nomli  ishida  Y. 

Shumpeterning  neoklassiklar doirasida  yuzaga kelgan  innovatsiya  nazariyasi  haqidagi 

qarashlarini tahlil etgan

22.


  

Innovatsion  mahsulotni  bozor  shakllantirish  muvaffaqiyatli  bo‘lishi  uchun 

tarqatilishi  lozim  bo‘lgan  g‘oya  yoki  konsepsiya  sifatida  tasavvur  qilish  mumkin. 

Tarqatish  bu  –  uning  doirasida  ijtimoiy  tizim  a’zolari  bir-biriga  bevosita  va  bilvosita 

ta’sir  ko‘rsatadigan  jarayon  bo‘lib,  yangi  mahsulotdan  foydalanishda  olinadigan 

foydani  namoyish  etishga,  shuningdek,  innovatsion  mahsulotni  qabul  qilishga 

undaydigan bosim ko‘rsatiga imkon beradi.  

Sanoat  bozorlarida  innovatsion  mahsulotlar  tarqatish  jarayoni  bu  –  nafaqat 

ijtimoiy  o‘zaro  aloqalar  jarayoni,  balki  iqtisodiy  jarayon  ham  bo‘lib,  uning  natijasida 

raqobat sharoitlari, bozor strukturasi, daromadlar va xarajatlar hajmi o‘zgaradi.  

Yangi  mahsulotni  mijozlar  tomonidan  qabul  qilish  jarayoni  bu  –  yangi 

mahsulotdan  faolroq  foydalana  boshlagan  korxona  doirasida  ro‘y  beradigan  jarayon. 

Bu  o‘ziga  xos  «yangi  vazifalarni  hal  qilish  uchun  xarid»,  muammo  yechimining 

kengaytirilgan misoli xarid haqida qaror qabul qilish jarayonining barcha bosqichlarini 

o‘z ichiga oladi. 

Yangi  mahsulot  qabul  qilish  jarayoni  bosqichlari  xabardor  bo‘lish,  qiziqish, 

baholash, sinab ko‘rish va qabul qilishni o‘z ichiga oladi. Xarabdorlikni shakllantirish 

bosqichida  mijoz  mahsulot  yoki  xizmatning  mavjudligi  haqida  bilib  ladi.  Qiziqish 

yuzaga  kelishi  bosqichida  mijozlar  o‘zaini  faolroq  tutadi:  xarid  haqida  qaror  qabul 

qilish  uchun  javob  beradigan  xodimlar  yangi  mahsulotni  baholash  uchun  ma’lumot 

to‘playdi.  Baholash  bosqichida  potensial  xaridor  yangi  mahsulotning  afzallik  va 

kamchiliklarini  diqqat  bilan  baholash,  uni  iste’mol  qilish  haqida  qaror  qabul  qilish 

bilan  bog‘liq  risklar  haqida  tasavvurga  ega  bo‘lishga  intilgan  holda  muayyan  vaziyat 

o‘ziga  xosliklarini  hisobga  olgan  holda  xarid  imkoniyatini  ko‘rib  chiqadi.  Sinab 

ko‘rish bosqichida yangi mahsulot yoki xizmat bozorga chegaralangan miqdorda taklif 

                                                             

22

 Hospers Gert-Jan. Joseph Schumpeter and His Legacy in Innovation Studies. Knowledge, Technology, & Policy, Fall 



2005, Vol. 18. №3. P.20-37. 


 

99 


 

etiladi.  sinab  ko‘rish  haqidagi  qarorning  o‘zi  riskli  hisoblanadi,  chunki  u  vaqt, 

moliyaviy  va  inson  resurslari  sarflanishi  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Ushbu  sinab  ko‘rish 

bosqich ko‘p jihatdan judda muhim hisoblanadi, chunki mijoz mahsulotni qabul qilishi 

yoki uni rad etishi hal qilinadi. Qabul qilish bosqichida mijoz yangi mahsulotdan to‘liq 

hajmda foydalana boshlaydi. Sanoat bozorida yangi mahsulotni qabul qilish ko‘pincha 

mavjud  asbob-uskunalarning  ma’lum  bir  qismini  almashtirish,  shuningdek,  «xaridor-

sotuvchi» yangi munosabatlari shakllantirish zarurati bilan bog‘liq bo‘ladi. 

Sanoat bozorlarida innovatsion mahsulotlar tarqatish jarayoni tadqiqotchilari bir 

fikrga qo‘shiladiki, bu jarayonni vaqt bo‘yicha tavsiflash uchun S-simon mantiqiy egri 

chiziq to‘g‘ri keladi: dastlab innovatsion mahsulot qabul qiluvchi korxonalar soni juda 

sekin  o‘sadi,  so‘ngra  u  tobora  tez  o‘sa  boshlaydi.  Potensial  izdoshlarning  taxminan 

yarmi  yangi  mahsulotdan  foydalanishga  o‘tib  bo‘lganidan  so‘ng  mahsulotning 

tarqalish  tezligi  o‘z  maksimumiga  yetadi,  so‘ngra  mahsulotni  keyingi  ko‘pchilik  va 

«qoloqlar»  toifasiga  kiradigan  korxonalar  qabul  qila  boshlagach,  asta-sekinlik  bilan 

pasaya  boshlaydi.  Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha,  potensial  izdoshlarning  taxminan 

yarmi innovatsion mahsulotdan foydalanishga o‘tishi 5-10 yil davomida ro‘y beradi. 

Mantiqiy  egri  chiziq  ushbu  bazaviy  modeliga  ko‘ra,  innovatsion  mahsulotni 

tarqatish tezligi ikkita o‘zgaruvchiga bog‘liq bo‘ladi: 

1)  innovatsion  mahsulotning  boshqa  imkoniyatlar  bilan  taqqoslaganda 

potensial izdosh uchun foydaliligi; 

2)  korxona  umumiy  aktivlarida  innovatsion  mahsulot  qabul  qilish  uchun  zarur 

bo‘lgan investitsiyalar foizi. 

Ilk izdoshlar qoidaga ko‘ra, tarmoqdagi yirik korxonalar bo‘lib chiqadi. Buning 

sababi  yirik  korxonalarga  zarur  mablag‘larni  investitsiya  qilish  va  ilk  izdoshlar  duch 

keladigan  risklarni  qabul  qilish  imkonini  beradigan  keng  moliyaviy  imkoniyatlar 

mavjudligi hisoblanadi. bundan tashqari, yirikroq korxonalar qoidaga ko‘ra, o‘z hajmi 

tufayli  ko‘pincha  ma’lum  bir  mahsulotni  almashtirshi  zaruratiga  duch  keladi, 

shuningdek,  yangi  mahsulotlarni  qo‘llash  uchun  ko‘proq  potensial  imkoniyatga  ega 

bo‘ladi. Yirikroq korxonalar o‘z faoliyati ko‘lami va nazorat qilinadigan bozor ulushi 




 

100 


 

tufayli  innovatsion  mahsulot qabul qilishdan  foyda olishga imkon beradigan qulayroq 

holatda turgan bo‘lishi mumkin.  

Innovatsion  mahsulot  ular  uchun  investitsiyalar  qaytimi  eng  katta  bo‘lishini 

ta’minlaydigan  korxonalar  ilk  izdoshlar  qatoriga  kiradi.  Bu  shuni  anglatadiki, 

marketolog  maqsadli  tarmoqlar  va  korxonalarni  ajratishdan  oldin  potensial  mijozlar 

sanalgan korxonalar strukturasi va ehtiyojlarini diqqat bilan tahlil qilib chiqishi lozim. 

Bundan  tashqari,  aytib  o‘tilgan  holat  innovatsion  mahsulot  narxi  va  uning  tarqalish 

tezligi  o‘rtasida  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bog‘liqlik  mavjudligidan  dalolat  beradi.  Boshqa 

barcha  shartlar  bir  xilligida  narx  qanchalik  baland  bo‘lsa,  potensial  mijozlar  uchun 

foydalilik shuncha past bo‘ladi. 

Mijozlarning  innovatsion  mahsulotni  qabul  qilish  tezligi  korxonaning  texnik 

progressivligi  va  boshqaruv  progressivligi  deb  atash  mumkin  bo‘lgan  ko‘rsatkichlar 

bilan  bog‘liq.  Ilk  izdoshlar  orasida  ilmiy  tadqiqotlarga  ko‘proq  mablag‘  sarflaydigan, 

ularning  rahbariyati  yosh  bo‘lgan  va  yaxshiroq  ta’lim  olgan  korxonalar  ko‘pchilikni 

tashkil  qiladi.  Ilmiy  tadqiqotlar  xizmatini  rivojlantirishga  sezilarli  mablag‘lar 

sarflaydigan korxonalar katta ishonch bilan yangi texnologiyalarni baholashi mumkin, 

shuningdek,  ular  haqida  to‘laroq  axborotga  ega,  innovatsiyalar  va  turli  o‘zgarishlar 

joriy  qilishga  moyilroq  bo‘ladi.  Ilk  izdoshlarning  bu  tavsifnomasi  bozorni 

segmentlashda katta ahamiyatga ega. 

Iqtisodiy  tadqiqotlar  shuni  ko‘rsatadiki,  innovatsion  mahsulotlar  markazlashuv 

darajasi  pastroq  bo‘lgan  tarmoqlarda  tezroq  tarqaladi.  Shunday  qilib,  yangi  sanoat 

mahsulotlari  uchun  eng  yaxshi  maqsadli  bozorlar  bir  nechta  yirik  korxona  nazorati 

ostida  bo‘lmagan  tarmoqlar  hisoblanadi.  Ilk  izdoshlar  narx  raqobati  chegaralangan, 

markazlashuv daraja yuqori bo‘lgan tarmoqlarda paydo bo‘ladi. 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish