5.1-jadval
Yangi tovarni rejalashtirish usullari
20
Rejalashtirish bosqichi
Rejalashtirish usullari
Foyalarni izlab topish
Bozorni tadqiq etish; Ijodiy usullar
Foyalarni tanlash
Baholash usullari; Chek-varoq
Iqtisodiy tahlil
Foydani
taqqoslash;
Zararsizlikni
baholash
usuli;
Tavakkalchilikni tahlil qilish
Tovarni ishlab chiqish
(tayyorlash)
Tovarni ishlab chiqish usullari; Tovar namunasini ishlab chiqish;
Tovar markasini ishlab chiqish texnikasi;
Tovarni bozor sharoitlarida
sinovdan o‘tkazish
Tovarni testdan o‘tkazish usullari; Bozorni testdan o‘tkazish
usullari;
Bozorga olib kirish
Tarmoqni rejalashtirish texnikasi; Marketing vositalari
Bozorga olib kirishni nazorat
qilish
Xarajatlarni hisob-kitob qilish usuli; Bozorni tadqiq etish
Korxonalarda yangi mahsulot ishlab chiqish jarayonini o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, 75 foizdan ortiq firmalar bu jarayonni nazorat qilish va yo‘naltirishga
imkon beradigan yangi mahsulot ishlab chiqish bo‘yicha ma’lum bir strategiyalarga
ega. Yangi mahsulotlar ishlab chiqish texnologik yetakchilikni asrab qolishga
intiladigan sanoat korxonasi uchun eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Yangi
mahsulotlarning strategik rollari belgilab bo‘lingach, sotuv hajmi, yalpi foyda va
investitsiyalar qaytimi kabi mahalliy ko‘rsatkichlarga talablar belgilanishi mumkin.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning bitta muvaffaqiyatli mahsulot olishi
uchun odatda uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilar
yangi mahsulot g‘oyalaridan taxminan ikki baravar kam g‘oyalar talab etiladi. Bu
holatni sanoat ozorlarini segmentlashda erishilgan katta muvaffaqiyatlar, bozor
imkoniyatlari va iste’molchilarning muayyan so‘rovlariga diqqatliroq e’tibor
qaratilishi, shuningdek, yangi mahsulot ishlab chiqish jarayoni samaradorligining
o‘sganligi bilan izohlash mumkin.
Yangi mahsulotlar g‘oyalarini to‘plash tizimi mijozlar va distribyutorlarda
g‘oyalar paydo bo‘lishini va bu g‘oyalarni firmadagi axborot to‘plash mos keluvchi
punktiga yetkazilishi aniq jarayoni mavjudligini kuzatib boradigan tajribali savdo
personali mavjudligini nazarda tutadi. Bunday jarayonlar g‘oyalar manbalari bilan
20
Эргашходжаева Ш.Д. Инновацион маркетинг. Дарслик. –Т.: ТДИУ, Иқтисодиёт, 2014. –39 бет
93
teskari aloqani ta’minlashi lozim. Bu jarayon bilan muhim yuridik masalalar ham
bog‘liq. Agar g‘oya rivojlantirishga loyiq bo‘lsa, bu g‘oyadan foydalanish va
daromadlarni taqsimlash huquqlari borasida kelishuvga kelish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |