303
O‘zaro munosabatlar elementi
Asosiy muammolar
Agentlar aviakompaniyalar konservatizmini va yuzaga
kelgan vaziyat nostandart qaror talab qiladigan hollarda
agentlik ko‘maklashish istagi yo‘qligini qayd etadilar
Aviakompaniya vakolatxonasi shtati
professionalligi
Agentlar tomonidan yuqori sifatida baholanadi
Qo‘ng‘iroq qilib tushish imkoniyati
Aviakompaniyalar vakolatxonalarining texnik
jihozlanganligi yuqori emas, qo‘ng‘iroqlar sonining personal
soniga nisbati yuqori
Reklama ko‘magi va agentlik
personalini o‘qitish dasturlari
samaradorligi
Qoniqarsiz
Internet orqali hayotni sug‘urta qildirish bo‘yicha xizmatlar sotish avvalgidek
murakkab vazifa bo‘lib turibdi, lekin elektron texnologiyalar asosida sug‘urta
xizmatlari taqdim etish va sug‘urta badallarini qayta ishlash Evropa sug‘urta
kompaniyalariga o‘z operatsion xarajatlarini pasaytirishga yordam beradi.
Sug‘urta kompaniyalari saytlarda da’volarga xizmat ko‘rsatish va elektron savdo
jarayonini soddalashtirish yo‘llarini topmoqdalar. Bu kompaniyalar da’volarni qayta
ishlash
jarayoni
samaradorligini
oshirish
uchun
internet
imkoniyatlaridan
foydalanishga katta e’tibor qaratmoqda. Bunday operatsiyalarni onlayn rejimida
amalga oshirish Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalariga katta tejamkorlik hadya
etadi, chunki endi ular o‘z mijozlari bilan elektron pochta orqalibog‘lanadi, telefon
orqali emas. Mijozlar ularning da’vosi qaysi bosqichda turgani va qachon javob topish
mumkinligini da’volarni qayta ishlash bo‘yicha markaz operatorlari bilan telefon
orqali bog‘lanmasdan mustaqil kuzatishlari mumkin.
Evropalik sug‘urtachilar yaqin orada o‘rganishni boshlaydigan yo‘nalishlardan
biri, ehtimol, supermarket yondashuvi deb ataladi. Bu yondashuv shundan iboratki,
saytda tanlash uchun bir nechta sug‘urta kompaniyasidan individual sug‘urta polislari
taklif etiladi. Evropa «supermarket»-saytlari ular taqdim etadigan turli sug‘urta
mahsulotlari bo‘yicha da’volarni qayta ishlash bo‘yicha xizmatlar taklif etadi va
bunday qo‘shimcha xizmatlar yanada samarali daromadlar modeli yaratishga xizmat
qiladi.
Biroq hozircha onlayn xizmatlar asosan potensial mijozlarni taklif etilayotgan
sug‘urta mahsulotlari narxi va shartlari haqida xabardor qilishdan iborat bo‘lmoqda va
304
sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta qiluvchi faqat elektron aloqa vositalari yordamida
aloqa qiladigan to‘liq avtomatlashtirilgan sotuvlarni ta’minlamayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: