Toshkent davlat iqtisodiyot



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

 

295 


 

 

 



 

 

 



 

17.1-rasm. Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish jarayonida taqsimotning o‘rni 

 

Xizmatlarini  taqsimlash  kanalining  ishtirokchilari  sotish  faoliyatining  har  xil 



turlarini qamrab oladi.  

To‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish. Mijozlarga xizmatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish xizmat 

ko‘rsatuvchi  tomonidan  bevosita,  vositachilarsiz  amalga  oshiriladi.  Jumladan, 

mexmonxona  xizmatlarida  bronlashtirishga  buyurtmalar  jismoniy  shaxslardan  yoki 

ular  ishlaydigan  firmalar  va  tashkilotlardan  tushadi.  Sotishning  mazkur  turiga 

«ko‘chadan», ya’ni oldindan buyurtma qilmasdan keladigan  mehmonlarga nomerlarni 

sotishni  ham  kiritish  mumkin.  Odatda  bunday  xizmatdan  mazkur  mehmonxonada 

ilgari  ham  yashagan  va  o‘ziga  ko‘rsatilgan  xizmatlardan  qanoatlangan  shaxslar 

foydalanadi.  

Bunday  mehmonlar  biron-bir  skidka  yoki  imtiyozlarga  da’vogar  bo‘lmasa-da, 

mehmonxonaning  juda  muhim  mijozlari  hisoblanadi  va  ularga  doim  alohida  e’tibor 

beriladi.  Ayrim  mehmonxonalarda  «veteranlar»  uchun  maxsus  yashash  sharoitlari 

belgilanadi,  ularga  faxriy  diplomlar  beriladi  va  ular  har  kelganida  «pablik  rileyshnz» 

bo‘yicha maxsus tadbirlar o‘tkaziladi.  

Odatdagi  amaliyotda  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  bronlashtirish  ulushi  kamida  10-15%  ni 

tashkil etadi va mehmonxona uchun ancha foydali hisoblanadi, chunki vositachiga haq 

to‘lash bo‘yicha belgilangan xarajatlar tejab qolinadi.  

Vositachilar  orqali  sotish.  Sotish  faoliyatining  mazkur  turi  turizm  sohasidagi 

vositachilik bo‘g‘inlari orqali amalga oshiriladi. Bunday bo‘g‘inlar qatoriga turagentlar 

va  turoperatorlarni,  turistik  klublar  va  kasaba  uyushmalarini,  aviakompaniyalar  va 

boshqa  transport  tashkilotlarini,  xususiy  tashabbuskor  vositachilarni  kiritish  lozim. 

Mehmonxona  ular  bilan  o‘zaro  munosabatlarni  shartnoma  asosida  quradi.  Olingan 

bronlashtirish  uchun  vositachilarga  vositachilik  xizmatlari  yoki  buyurtma  qilingan 

xizmatlar summasining 10-12,5 foizgacha miqdorda vositachilik haqi to‘lanadi.  

Sotuvdan oldingi 

tayyorgarlik 

Sotuv 

Hodisa  


Sug’urta hodisasini 

boshqarish  oldingi 

tayyorgarlik 

Tugatish 

jarayoni 



 

296 


 

Vositachilar  bilan  ishlaydigan  mehmonxonalar  agentlar  ularga  mijozlar  topib 

berishini  yodda  tutishlari  lozim.  Mehmonxonalar  keyinchalik  hamkorlik  qilishni 

kafolatlash  uchun agentlar orqali o‘rinlarni rezervlashtirgan  mehmonxonalarda  yaxshi 

taassurot  qoldirishga  harakat  qilishlari  kerak.  Xizmat  ko‘rsatishga  buyurtma  agentdan 

kelgan  holda,  mehmonxonaning  mehmondo‘st  egalari  ikkita  foydalanuvchiga:  mijoz 

va vositachiga ega bo‘ladi.  

Korporativ  sotish.  Mehmonxona  nomerlarini  korporativ  sotish  deganda 

korporativ  mijoz,  chunonchi:  savdo,  sanoat,  moliya  korxonasi  yoki  boshqa  korxona, 

korxona  yoki  tashkilotdan  tegishli  shartnomaning  amal  qilish  davri  mobaynida 

ularning  xodimlarini  joylashtirishga  buyurtmalar  olish  tushuniladi.  Korporativ 

mijozlarga  imzolangan  shartnomada  nazarda  tutilgan  mo‘ljallangan  tunashlar 

miqdoriga qarab, maxsus imtiyozli narxlar belgilanadi.  

Qoida  tariqasida,  yirik  korporativ  mijozlar  –  xalqaro  korporatsiyalar 

vositachilarni  chetlab  o‘tib,  o‘zlarida  tashkil  etilgan  turistik  bo‘limlar  orqali 

mehmonxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatadi.  

Korporativ  mijozlar  mehmonxona  korxonasi  uchun  iqtisodiy  jihatdan  foydali 

hisoblanadi.  

Birinchidan,  ular  mehmonxonalar  rejalashtirilgan  vaqt  oralig‘ida  zarur  mijozlar 

bilan  yuklanishini  ta’minlaydi.  Shu  sababli  mehmonxonaning  marketing  xizmati  dam 

olish  va  bayram  kunlariga,  shuningdek  pasxa,  yozgi  va  Rojdestvo  ta’tillari  davriga 

turistik agentlarga nomerlar sotilishiga e’tiborni qaratadi.  

Ikkinchidan,  korporativ  mijozlar  o‘zi  uchun,  qoida  tariqasida,  qimmatroq 

nomerlardan foydalanadi va ularga vositachilik haqi to‘lanmaydi.  

Uchinchidan,  korporativ  mijozlar  mehmonxonalarda  qo‘shimcha  potensial 

qiziqish  uyg‘otadi.  Ma’lumki,  yirik  xalqaro  korporatsiyalar  har  yili  dunyoning  turli 

mamlakatlaridagi o‘z dilerlari va hamkorlari uchun konferensiyalar o‘tkazadi. Bunday 

tadbirlarga  yuzlab  va  hatto  minglab  ishtirokchilar  yiQiladi,  ularga,  joylashtirishdan 

tashqari, bu  yerda bo‘lish  va har xil  xizmatlar ko‘rsatish dasturini  ishlab chiqish talab 

etiladi.  Mehmonxonalarning  boshqaruvchilari  ta’biri  bilan  aytganda:  «Menga  har  yili 

bitta  yoki  ikkita  konferensiya  bering  va  men  korxonangizning  moliyaviy  ahvolini 



 

297 


 

yaxshilayman».  Shu  sababli  mehmonxonalar  bunday  mijozlar  uchun  o‘zaro  keskin 

kurash  olib  boradi  va  unda  yaxshiroq  narxlarda  sifatliroq  xizmatlar  ko‘rsatgan 

mehmonxona g‘olib chiqadi. 




Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish