Toshkent davlat iqtisodiyot


  Narx aksiyalari. Narxni modifikatsiya qilish. Narxga oid



Download 4,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/290
Sana31.12.2021
Hajmi4,95 Mb.
#237709
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   290
Bog'liq
1548-Текст статьи-3977-1-10-20200627

16.3.  Narx aksiyalari. Narxni modifikatsiya qilish. Narxga oid 

diskriminatsiya 

 

Ko‘pincha  narx  aksiyalari  va  chegirmalar  sotuvnri  rag‘batlantirish  yoki 



sotuvdagi  tebranishlarni  tekislash  vositasi  sifatida  firmaning  narx  siyostida  birinchi 

o‘ringa chiqadi. 

Chegirma taqdim etish sabablari 16.6-jadvalda aks ettirilgan. 

 



 

282 


 

 

16.6-jadval 



Chegirma taqdim etish sabablari 

Chegirmalar turi 

Chegirma taqdim etish sababi 

Kirish chegirmasi 

Xizmatni bozorga kiritishda reklama ko‘magi 

Hajm bo‘yicha chegirma 

Sotuvning o‘sishi oqibatida xarajatlar pasayishi  

Uni ko‘rsatishni to‘xtatish ko‘zda 

tutilgan xizmatga chegirma 

Istiqbolda rejalashtirishni yengillashtirish 

Umumiy aylanmadan chegirma 

Doimiy mijozlarni qo‘lga kiritish 

Differensiatsiya qilingan 

chegirmalar 

Katta  hajmdagi  buyurtmalarni  rag‘batlantirish  va  xizmatga 

talabni sinxronlash 

Dilerlik chegirmasi 

Sotuvchilarni rag‘batlantirish  

Dekorativ chegirma 

Reklamaga ko‘maklashish 

Mavsumiy chegirma 

Xizmatning  bazaviy  tavsifnomalari  namoyon  bo‘lishini 

pasaytirish va davriy o‘zgarishlarni yumshatish 

Maxsus chegirmalar 

Firma  ulardan  ayniqsa  manfaatdor  bo‘lgan  xaridorlarni 

saqlab qolishga intilish, xaridorlar sodiqligini kuchaytirish 

Bonusli chegirma 

Mijozning firmaga sodiqligini oshirish 

Vaqtinchalik chegirma 

Iste’molchilar talabini faollashtirish 

Imtiyozli chegirma 

Belgilangan xizmat turlari sotishni rag‘batlantirish  

Naqd pul bilan to‘lovlar uchun 

chegirma 

To‘lovlarni tezlatish 

 

Iste’molchilarga chegirmalar taqdim  

Tish  va  ularga  maksimal  arzon  narxlar  taklif  qilish  masalan,  quyidagilar  bilan 

bog‘liq boshqa muammolarni hal qilishdan ko‘p ahamiyat kasb etmaydi: 

➢ 

yomon xizmat ko‘rsatish; 



➢ 

xizmat haqida axborot yetishmasligi; 

➢ 

sotuvchilar tomonidan mijozga e’tibor yetarli emasligi; 



➢ 

xizmatlar sifatining pastligi. 

Narxni pasaytirish – maqsadli muloqot doirasi e’tiborini jalb qilishning eng oddiy 

usullaridan biri, lekin u qolgan barcha usullardan samaralimi? 

Narx  aksiyalari  natijasining  majburiyligi  –  sotuv  rentabelligi  pasayishidan 

tashqari  –  xizmatlar  ta’minotchi  bo‘lgan  firmada  boshqa  muammolar  ham  vujudga 

keladi: 

➢  iste’molchi  maxsus  takliflarga  ko‘nikadi  va  uning  bunday  aksiyalardan 

keyin xizmatga/sotuvchiga sodiqligi pasayadi; 

➢  narx  aksiyalaridan  foydalanish  samaradorligi  ularning  keng  ommaviyligi 

tufayli doimiy ravishda pasayadi va chegirmalar poygasiga olib keladi; 



 

283 


 

➢  chegirmalar  katta  bo‘lganda  iste’molchida  ushbu  sotuv  nuqtasida  mazkur 

xizmatga bo‘lgan ustama narxlar darajasi haqida qonuniy savol yuzaga keladi; 

➢  ayrim  xizmatlar  yoki  xizmat  ta’minotchilari  uchun  chegirmalar  maqbul 

emas, chunki ular brendning qadrsizlanishiga olib kelishi mumkin. 

Chegirmalar yordamida narxni pasatstirish hami yetarlicha bo‘lishi lozim: 

➢ etarlicha  sezilarli  –  ular  haqida  reklama  xabari  tayyorlash  mumkin  bo‘lgan 

darajada.  Masalan,  kimyoiy  tozalash  xizmatlariga  3%  chegirma  rag‘batlantiruvchi 

samara berishi ehtimoli juda past; 

➢ etarlicha  talabni  rag‘batlantiradigan  –  narx  pasayishi  bilan  bog‘liq  foydaning 

pasayishini  qoplash uchun yetarli darajada; 

➢ etarlicha  shaklan  jalb  etuvchan  –  iste’molchini  zudlik  bilan  xaridni  amalga 

oshirishga  majbur  qiladigan  darajada.  Masalan,  restoranda  belgilangan  paytda 

tushlikka  ilova  qilib  beriladigan  bepul  desert  mijozni  rag‘batlantirishning  jalb 

etuvchanroq shakli bo‘ladi. 

Sotuvni rag‘batlantirish uchun narx modifikatsiyasi variantlari  16.7-jadvalda aks 

ettirilgan. 


Download 4,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   290




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish