15.3. Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish tizimining vazifalari va servis
funksiyalari
Servis tizimining aossiy vazifalari quyidagilardan iborat:
ushbu firma mahsulotlarini xarid qilishdan oldin potensial xaridorlarga ongli
ravishda tanlovni amalga oshirishga imkon yaratadigan maslahatlar berish;
xaridorni
xarid
qilinayotgan
mahsulotni
samaraliroq
va
xavfsizroq
ekspluatatsiya qilishga tayyorlash;
mutaxassislarga o‘z funksiyalarini tegishli tarzda bajarishga imkon beradigan
zarur texnik hujjatlarni topshirish;
mahsulotni sotuvdan oldingi tayyorlash;
mahsulotni ekspluatatsiya joyiga yetkazib berish;
mahsulotni ekspluatatsiya joyida ishchi holatga keltirish va xaridorga ishlatib
ko‘rsatish;
mahsulotning iste’molchida bo‘lgan butun muddat davomida ekspluatatsiyaga
to‘liq tayyorligini ta’minlash;
ehtiyot qismlarni tezkor yetkazib berish va buning uchun zarur omborlar
tarmog‘iga ega bo‘lish, ehtiyot qismlar ishlab chiqaruvchilar bilan aloqada bo‘lish;
mahsulot iste’molchi tomonidan qanday eksrluatatsiya qilinishi va bunda qanday
fikrlar, shikoyatlar va takliflar bildirilishi haqida axborot to‘plash va tizimlashtirish;
raqobatchilarning servis ishlarini qanday olib borishi, ular mijozlariga qanday
yangiliklar taklif etishi haqida axborot to‘plash va tizimlashtirish;
yuqorida ko‘rsatilgan axborotni tahlil qilish natijalari bo‘yicha iste’mol
qilinadigan mahsulotni takomillashtirish va modernizatsiya qilishda ishtirok etish;
firmaning marketing xizmatiga bozorlar, xaridorlar va tovarni baholash va tahlil
qilishda ko‘maklashish.
Marketing vositasi sifatida servisning asosiy funksiyalari quyidagilar
hisoblanadi:
253
xaridorlar jalb qilish;
tovar sotuvini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish;
xaridorni xabardor qilish.
Ayrim tovarlar uchun servis sezilarli bo‘lmasligi, boshqa tovarlar uchun esa hal
qiluvchi rol o‘ynashi mumkin. Zamonaviy sanoat bozorida firmalar alohida tovarlarni
emas, balki tovar bilan bog‘liq barcha xizmatlar majmuini – to‘laqonli texnologiya
tizimlari, masalan, go‘sht va sutni qayta ishlash bo‘yicha zavodlar, shuningdek, bu
zavodlarni monaj qilish bo‘yicha xizmatlar, asbob-uskunalarlarni sozlash, sotuvdan
keyingi xizmat ko‘rsatish, personalni yangi uskunalarda ishlashga o‘qitish kabi
xizmatlarni sotishga harakat qiladi.
Servis tarkibiy qismlari xaridning tashkiliy-tijorat sharoitlarida namoyon bo‘lib,
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
hisob-kitoblar qulayligi va kreditlash imkoniyati;
sotuvchilarning kafolat va majburiyatlarni bajarish uchun javobgarlik darajasi;
kafaolat va kafolatdan keyingi davrda xizmat ko‘rsatish bilan ta’minlanganlik;
reklama va texnik axborot mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |