2.Bozor segmentatsiyasi turlari
Bozorni segmentlash marketing konsepsiyasining xususiyatlaridan biri bo‘lib, xaridor tomonidan tovarlarning u yoki bu turini tanlash jarayonini tahlil qilish bozor segmentining ko‘pligini ajratishga imkon beradi.
Bozorni segmentlarga bo‘lishni o‘tkazish xaridorlarning tovarga talablari va xaridorlar tavsiflari to‘g‘risidagi eng muvofiq bilimlarni talab qiladi.
Makrosegmentlash bozorlarni hududlar, mamlakatlar bo‘yicha ularning sanoatlashuviga qarab bo‘lishni ko‘zda to‘tadi.
Mikrosegmentlash esa bir mamlakat iste’molchilarini yanada batafsilroq mezonlar bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi.
Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari bilan boshlanib, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari klassifikatsiyasiga bog‘liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |