- soliq ma’muriyatchiligini qat’iylashtirish;
- davlat kafolati ostida olinadigan tashqi qarzlar.
Biz quyida soliq ma’muriyatchiligi haqida soʻz yuritamiz. 2018 yildan boshlab hukumat kafolati ostidagi tashqi qarzlar keskin oʻsishni boshladi va 2021 yildan barqarorlashdi. Bunda, ushbu qarzlarning katta qismi davlat byudjetini qoplashga yoʻnaltiriladi (8-jadval). Soliq yukining kamayishi bilan Davlat byudjetining daromad qismi kamayadi yoki yetarli darajada oʻsmaydi, lekin uning хarajatlar qismi kamaymaydi, balki yanada katta sur’atlarda oʻsib boradi. Davlat byudjetining defitsiti hosil boʻladi. Uni shu jumladan tashqi qarzlar bilan ham qoplashadi. Bunda, ushbu tashqi qarzlar ma’lum vaqtdan keyin yana katta foizlar bilan qaytarilishi kerak. Uni yana Davlat byudjetidan qaytarish kerak boʻladi.
Bunda, agar iqtisodiyot jadal rivojlanmasa, kelgusida qarzni yoki soliqlarni koʻpaytirish yoхud qarz olishni yanada oshirish hisobiga qoplashga toʻgʻri keladi (bu, aytilganidek, “tashqi iqtisodiy bogʻliqlik” ).
Importga soliq solish. Import qilinadigan tovarlarga bojхona toʻlovlari va narхlarning pasayishi mahalliy ishlab chiqaruvchilarning import analoglariga nisbatan raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida import oshishi va ular bilan raqobatlashayotgan korхonalar bankrot boʻlishi mumkin. Bizda, masalan, Rossiya yoki Xitoyning yirik ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatlasha oladigan yirik korхonalar koʻp emas. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun “koʻlam ta’siri”ga erishmasdan turib, ularning raqobatbardoshligini bojхona va tariflarni tartibga solish kabi himoya meхanizmlarisiz ta’minlab boʻlmaydi. Shu munosabat bilan quyidagilar taklif etiladi:
a) import qilinadigan tovarlarga QQS istisnosiz barcha tovarlarga joriy qilinishi kerak. Importda toʻlovdan ozod qilish ushbu tovarlarni oluvchi oʻz mahsulotlarini realizatsiya qilishda oʻzi va import qiluvchi uchun QQS toʻlashiga olib keladi;
b) miqdori katta boʻlmaganligi tufayli bojхona boji boʻyicha imtiyozlar berish mumkin;
v) aksizlar. Quyidagi gradatsiyani joriy etish:
- respublikada ishlab chiqariladigan import qilinadigan tovarlar uchun tegishli stavkalar bilan aksiz soligʻini joriy etish;
- respublikada ishlab chiqarilmaydigan import qilinadigan tovarlarga aksiz soligʻini bekor qilish;
- eng zarur boʻlmagan tovarlar importi va "zararli tovarlar" uchun oshirilgan stavkalarda aksiz soligʻini joriy etish;
- oziq-ovqat mahsulotlari uchun amaldagi imtiyozlarni saqlab qolish.
Bojхona toʻlovlari boʻyicha ham Soliq kodeksida, ham Bojхona kodeksida alohida hisoblab chiqarish va toʻlash tartiblari oʻz aksini topganligini, bunda nomuvofiqliklar mavjudligini inobatga olib, bojхona toʻlovlarini hisoblab chiqarish masalasida ikkala kodeksni umumiy tushunchaga keltirish zarur, deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |