II-bob. XALQARO MOLIYA VA XALQARO MOLIYA BOZORI
2.1.
Xalqaro moliya va uning jahon bozori globallashuvidagi o„rni va
ahamiyati
Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan barcha subyektlar quyidagi 3 guruhdan
biriga, ya‘ni uy xo‗jaligi, firma yoki davlatdan biriga tegishli bo‗ladi. Har bir
xo‗jalik subyekti ma‘lum belgilangan davr uchun daromadlari miqdori, byudjeti
cheklovi doirasida harakat qilishi lozim. Uy xo‗jaligi odatda ish haqi ko‗rinishidagi
daromadlar oladi va uni iste‘mol tovarlari sotib olishga, turli xizmatlarga, kredit
yoki ijara to‗lovlariga xarajat qiladi. Firma tovar (ish, xizmat) larni uy xo‗jaligi va
boshqalarga realizatsiyasi qilinishidan tushgan tushumlardan daromad oladi va uni
ish haqiga, tovar-material zaxiralarini to‗ldirishga va boshqa ishlab chiqarish
harajlariga yo‗naltiradi. Ma‘lum vaqt davrida har bir iqtisodiy subyektni byudjeti
quyidagi 3 ta holatda, ya‘ni balanslashgan byudjet, defitsit byudjet yoki profitsit
byudjet holatida bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |