299
299
10
KIRISH
XXI asr zamonaviy jahon xo‗jaligini shakllanishning muhim bosqichi
hisoblanib, bunda xalqaro ishlab chiqarish kuchlarini shakllanishi, iqtisodiy o‗zaro
aloqa va o‗zaro bog‗liqlik kuchayib bormoqda. Jahon xo‗jaligi rivojlanishida
integratsiyalashuv jarayonning yangi yuqori bosqichi–jahon iqtisodiyotining
globallashuvidir.
Xalqaro kapital oqimlari va moliya bitimlari hajmi ortishi, turli ko‗rinishdagi
moliyaviy insturmentlar va texnologiyalarining foydalanish, zamonaviy elektron
texnologiyalar, kommunikatsiya va informatsiya vositalarini joriy qilish natijasida
jahon
mamlakatlarining
moliyaviy
o‗zaro bog‗liqligi, ya‘ni iqtisodiy
globallashuvning muhim yo‗nalishi bo‗lgan moliyaviy globallashuvga olib keldi.
Moliyaviy bozorlar moliyaviy insturmentlar bilan savdosining rasmiy va
norasmiy tizimi hisoblanadi. Ushbu bozorda pul almashinuvi, kredit taqdim etilishi
va kapital mobilizatsiyasi amalga oshiriladi. Bu bozorda asosiy rolni pul oqimlarini
mulkdorlardan qarz oluvchilarga yo‗naltiruvchi moliyaviy institutlar o‗ynaydi.
Xalqaro moliya bozori boshqa bozorlar kabi funktsiyalarni bajarib, moliyaviy
resurslarni sotuvchilar va oluvchilar o‗rtasidagi munosabatlar uchun mo‗ljallangan.
Mamlakatimizda
makroiqtisodiy
barqarorlikning
mustahkamligini
ta‘minlashga hamda xususiy, shu jumladan xorijiy investitsiyalar uchun
respublikaning investitsiya muhitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‗lamli
iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga
mamlakatni xalqaro kapital bozorlariga integratsiyalashtirish ishlari talab darajasida
olib borilmayotganligi tashqi moliyalashtirishning qo‗shimcha manbalarini jalb
qilish va ularning hajmlarini kengaytirish imkoniyatlarini cheklamoqda. 2017 -
2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi belgilangan ustuvor vazifalar,
shuningdek, tashqi moliyalashtirish hajmini kengaytirish va manbalarini
diversifikatsiyalash, xorijiy investorlar uchun mamlakatning jozibadorligini
oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish muhim
hisoblanadi. Barchaga ma‘lumki, Harakatlar strategiyasini amalga oshirish
doirasida mamlakatimizning xalqaro maydondagi ijobiy obro‗sini shakllantirish,
O‗zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‗rnini xolis va haqqoniy
baholashni ta‘minlash bo‗yicha bajrilishi lozim bo‗lgan vazifalar belgilab berilgan.
Mazkur o‗quv qo‗llanmasining o‗ziga xususiyati shundaki, xalqaro moliya
bozori transchegaraviy moliyaviy oqimlarning harakatini ta‘minlovchi murakkab
ko‗p sektorli moliyaviy struktura sifatida ko‗rib chiqilgan. Xalqaro moliya
bozorining segmentlarini o‗rganib chiqishda ikkita asosiy uslubiy yondashuvdan
foydalanilgan: xalqaro moliya bozorining konkret bir sektorini elementlari,
kategoriyalari, tushunchalari tahlil qilingan. Zamonaviy sharoitlarda ushbu
sektorlarning qonuniy va rivojlanish tendensiyalari o‗rganib chiqilgan.
O‗quv qo‗llanmasi 12-bobdan iborat bo‗lib, xalqaro moliya bozorining o‗ziga
xos xususiyatlarini aniqlash uchun iqtisodiy kategoriya sifatida 1-2 boblarda
moliyaviy globallashuv jarayonlarining tushuncha, mohiyati tendensiyasi, xalqaro
moliya bozori: mohiyati, o‗ziga xos xususiyatlari nazariy o‗rganilgan. Keyingi
boblarda to‗lov balansi va tashqi qarz, xalqaro moliya bozorininng valyuta, kredit,
investitsiya, fond segmentlari va moliyaviy derivativlar bozori tahlil qilingan.
Shuningdek, transmilliy korporatsiyalar, xalqaro moliya bozorlarida operatsiyalarni
amalga oshirishdagi risklar va reyting agentliklari, xalqaro moliya institutlari:asosiy
maqsadlari, funktsiyalari va vazifalari hamda xalqaro moliya bozorini tartibga
solish masalalari alohida boblarda ko‗rib chiqilgan.
12
Do'stlaringiz bilan baham: |