yirik ishlab chiqaruvchi-moliyaviy, ilmiy-texnologik, savdo-servis birlashlashmasi
tushuniladi.
Qisqa qilib aytilganda transmilliy korporatsiyalar (TMK) – bir
necha
mamlakatlarda ishlab chiqarish bo‗limlariga ega bo‗lgan korporatsiya.
Transmilliy korporatsiyalar o‗zini rivojlanishida bir necha bosqichlardan
o‗tgan bo‗lib,ushbu bosqichlarni shartli ravishda beshta avlodga ajratish mumkin
12
:
1.
Transmilliy korporatsiyalarning birinchi avlodi (paydo bo‗lishidan 1918
yilgacha bo‗lgan davrdagi) (kartel va sindikatlar) asosan Osiyo, Afrika,
Latin
Amerikasidagi koloniya mamlaktlarida xom ashyo resurslarini qazib olish va
ishlash, shuningdek ushbu koloniyalarga egalik qilgan mamlakatlarda ularni qayta
ishlash bilan shug‗ulangan.
2.
Transmilliy korporatsiyalarning ikkinchi avlodi(1918–1939 yillar,
trestlar
ko‗rinishida shakllangan) Yevropadagi,Amerikadagi va Yaponiya kabi yyetakchi
mamlakatlarni xarbiy talabini qondirish uchun xarbiy mahsulotlar
ishlab chiqarish
bilan shug‗ullangan.
3.
Transmilliy korporatsiyalarning uchinchi avlodi(1945–1960 yillar, kontsern
i konglomeratlar ko‗rinishida shakllangan) sanoat va ilmiy sohasidagi fan–texnika
yutuqlariga asoslangan (atom energiyasi, elektronika, kosmos va boshqalar).
4.
Transmilliy korporatsiyalarning to‗rtinchi avlodi(1970–1980 yillar) ushbu
davrda
transmilliy
korporatsiyalari
ishlab
chiqarishi
va
kapitalini
kontsentratsiyalashuviga olib kelgan qo‗shilish va yutilish jarayonlari tezlashdi.
5.
Transmilliy korporatsiyalarning beshinchi avlodi (XXI asr boshida)
regional iqtisodiy integratsiya jarayonlari kuchaygan sharoitida, Yevropada (YeI)
Shimoliy va Janubiy Amerikada (NAFTA va MYeRKOSUR)
hamda Osiyoda
(ASYeAN i ATES) shakllandi.
Transmilliy korporatsiyalarning o‗sishi va globallashuvini salbiy oqibatlari
quyidagilar olib keladi:
bozorning monopolashuviga;
kichik davlatlarni suverenitetiga tahdid;
ekologiyaga tahdid va boshqalar.
Biroq doimiy yutilish va qo‗shilish jarayonlarini yuz berishi natijasida
moliyaviy TMK lar kapitalini zichlashuvi mahalliy bozorlarda
raqobatbardoshlik
o‗sishida muhim ahamiyat kasb etadi. Aktivlar konsolidatsiyasi va strategiya
integratsiyasi kapital bozorga kirish va xizmatlar transmilliylashuv imkoniyatlari
kengayishini ta‘minlovchi aktsionerlar va mijozlar uchun jozibador bo‗lgan
banklar tashkil topishiga olib keladi.
Syurix oliy texnika maktabi tomonidan o‗tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko‗ra
43 minga yaqin turli korporatsiyalar mavjud bo‗lib, shundan barcha TMK lar jami
aktivlarning 40 foizini nazorat qiluvchi 147 ta transmilliy korporatsiyalar ajratilgan.
Shu bilan birga, mazkur TMK lar o‗z kapitalidan tashqari boshqa korporatsiyalarga
ta‘sir o‗tkazish orqali amalda moliyaviy zanjirning
barcha elementlariga kirish
huquqiga ega bo‗ladi. TMK tarmoq boshqariladigan ushbu strukturasi, albatta
12
Kreydich
T.V.
Tendentsii transnatsionalizatsii mirovoy ekonomiki v usloviyax globalizatsii. Vestnik MGTU, tom
13, №1, 2010 g. str.209–214.
20
moliyaviy barqarorlik va global raqobatga ta‘sir etadi.
Barcha asosiy oqimlar
mazkur 147 ta korporatsiya ta‘sirida bo‗lib, ushbu bog‗lanishni barcha jahon
moliya tizimida hokimiyati o‗rnatilgan iqtisodiy «superorganizm» deb atash
mumkin
13
.
Transmilliy birlashmalar
sanoatda emas balki, bank ishida mavjud bo‗lib,
transmilliy korporatsiyalarning yana bir turi bank sohasida faoliyat ko‗rsatuvchi
transmilliy banklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: