5.3.3-rasm: Innovatsion loyihalarni korxonalar darajasida moliyalashtirish manbalari.
korxonani shaxsiy mablag‘lar, foyda, ammortizatsion ajratmalar, sug‘urtali to‘lovlar, nomoddiy aktivlarning jalb qilinmagan ortiqchalari, asosiy va aylanma mablag‘lar;
jalb qilingan mablag‘lar, aksiyalarni sotishdan olingan mablag‘lar hamda badallar, maqsadli tushumlar va boshqalar;
har-har xil turdagi byudjet, bank va tijorat kreditlari ko‘rinishdagi qarz mablag‘lari va hakozalar.
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida innovatsion loyihalarni moliyalashtirishda investitsion va moliyaviy resurslarni qidirib topish muhim omil hisoblanadi. Buning natijasida intelektual bozor, oliy ta’lim muassasalarida innovatsiyalarni tijoratlashtirish bo‘limlari, innovatsion biznes markazlari, novatorlik korxonalari, ilmiy xodimlardan tashkil topgan har xil uyushmalar, sanoat firmalarining innovatsion bo‘linmalari shakllantiriladi.
Intelektual bozor talabi – ishlab chiqarishda qo‘shilga qiymatni o‘sishi, aqliy mulkni himoyalash va innovatsion infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy bazasini yaratish zarur. Innovatsion bozorni samarali faoliyat yuritish bevosita raqobat muhitini ta’minlash va fandagi yakka hokimlikka faol qarshilik ko‘rsatishini ko‘zda tutadi. Yakunlangan ishlab chiqarishlarni tijoratlashtirish, ijara, lizing, va boshqa bozor qurollari hisobiga ilmiyishlab chiqarish infratuzilmasidan to‘liqroq foydalanishga yordam beradi.
Bozor munosabatlarini rivojlanishi bilan xatarli (venchurli) sarmoyalar fondlarini innovatsion loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish uchun sharoitlar vujudga keladi. Jahon amaliyotida asosiy sarmoyadagi innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun qarz mablag‘lari, ayniqsa bank kreditlari keng qo‘llaniladilar. Innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri aksiyalar va obligatsiyalarni bosib chiqarish hamda ulushli yoki qarzli turdagi emissiya (bosib chiqarish)dir.
Innovatsion loyihalarni moliyalashtirish jarayonlarni takomillashtirishda turli infratuzilmalarga birlashgan moliya-sanoat guruhlari, konsorsiumlar, strategik al’yanslar hamda loyihaviy moliyalashtirish va venchurli fondlarga alohida e’tibor qaratish kerak.
Innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish uchun yirik kompaniyalarga innovatsion axborotlarni kelib tushishi uchun axborot vositalaridan foydalanish va norasmiy korxonalarga murojaat qilashiga zaruriy sharoitlarni yaratish lozim.
Innovatsion loyihaviy moliyalashtirish jarayonida innovatsion fondlar, ixtisoslashtirilgan moliya kompaniyalari, xalqaro moliyaviy korxonalar, sug‘urta va lizing kompaniyalarini yangilik kiritish bo‘yicha institutsional tuzilmasining shakllantirish muhim hisoblanadi. Ammo, tijorat banklari, shu jumladan ixtisoslashgan investitsion va innovatsion banklar kreditlarning asosiy manbalari bo‘ladilar.
Jahon amaliyotida qabul qilingan innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy tashkiliy shakllari berilgan (5.3.1-jadval).
5.3.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |