Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Xalqaro turizm" fakulteti



Download 5,29 Mb.
Sana01.01.2022
Hajmi5,29 Mb.
#305740
Bog'liq
Sobirov Merojiddin


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Xalqaro turizm" fakulteti TU-53 gurux talabasi

Fan:"Turizm marketingi"

Sobirov Merojiddin

MAVZU:O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TURISTIK FAOLIYATNI LITSENZIYALASH REJA:

1.TURIZM FAOLIYATINI LITSENZIYALASH TARTIBI TO‘G‘RISIDA

2. LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARI

3.LITSENZIYA OLISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR

4. LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARIGA RIOYA ETILISHINI NAZORAT QILISH

Turoperatorlik va turagentlik faoliyati, shuningdek sayohatlar tashkil etishga doir boshqa faoliyat turistik faoliyatdir.

Turistik mahsulotni shakllantirish, targ‘ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turoperatorlik faoliyatidir.

Turistik mahsulotni targ‘ib etish va realizatsiya qilish yuzasidan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyati turagentlik faoliyatidir.

Turoperatorlar va turagentlar turistik faoliyatni vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya asosida amalga oshiradi.

Turoperatorlar va turagentlarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi. Bunda ekskursiya xizmatlari ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan jismoniy shaxslarga turistik faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun litsenziya olish talab qilinmaydi.

Ekskursiya faoliyati yigirma to‘rt soatdan oshmaydigan va joylashtirishga (tunab qolishga) doir xizmatlar ko‘rsatishni nazarda tutmaydigan, madaniy meros obyektlari, diqqatga sazovor joylar va boshqa obyektlar bilan tanishtirish maqsadida oldindan tuzilgan yo‘nalishlar bo‘yicha ekskursiya yetakchisi hamrohligida ekskursiyalar tashkil etishga doir turistik faoliyatning elementidir.

Vazirlar Mahkamasining 10.07.2020 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 433-son qarori qabul qilindi.

Tadbirkorlik sub’yektlari turizm faoliyatini faqat belgilangan tartibda tegishli litsenziyani olgandan keyingina amalga oshirish huquqiga ega. Ekskursiya faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga turizm faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish talab etilmaydi.

Litsenziya quyidagi turizm faoliyati turlariga beriladi:

a) turoperatorlik;

b) turagentlik.

LITSENZIYALOVCHI ORGAN QUYIDAGI UCHTA YOʻNALISH BOʻYICHA LITSENZIYALAR BERADI:


    • ichki turizm – Oʻzbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaхslarga turizm хizmatlarini koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun;
    • chiqish turizmi – Oʻzbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaхslarga yuridik shaхslar tomonidan turizm хizmatlarini koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun;
    • kirish turizmi – Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida yashovchi jismoniy shaхslarga turizm хizmatlarini koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston hududida turoperatorlik va turagentlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun.

TUROPERATORLAR FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH UCHUN LITSENZIYALASH TALABLARI VA SHARTLARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:

A) TURIZM TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARIGA QAT’IY RIOYA QILISH;

B) YURIDIK SHAXS SHTATIDA “TURIZM” YO‘NALISHI BO‘YICHA OLIY YOKI O‘RTA MAXSUS, KASB-HUNAR MA’LUMOTIGA EGA BO‘LGAN YOKI MALAKA SERTIFIKATIGA EGA BO‘LGAN KAMIDA BIR NAFAR MUTAXASSISNING BO‘LISHI;

V) YURIDIK SHAXS XODIMLARI (GIDLAR (GID-TARJIMONLAR), EKSKURSIYA YETAKCHILARI VA YO‘RIQCHI-YO‘L BOSHLOVCHILAR) UCH YILDA KAMIDA BIR MARTA BELGILANGAN TARTIBDA MALAKA SERTIFIKATI OLISHI;

D) “CHIQISH TURIZMI” YO‘NALISHI BO‘YICHA TURIZM FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH UCHUN LITSENZIYA TALABGORLARIGA 15 MING AQSH DOLLARI EKVIVALENTI MIQDORIDAGI MABLAG‘LARNI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI XAVFSIZ TURIZM JAMG‘ARMASIGA ZAHIRA QILISHI;

E) TURIZM XIZMATLARINING MUVOFIQLIK SERTIFIKATI BILAN TASDIQLANGAN TURISTLAR VA EKSKURSIYACHILARNING HAYOTI, SOG‘LIG‘I VA MOL-MULKI UCHUN XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA TIZIMNING MAVJUDLIGI (AGAR MAVJUD BO‘LSA)

11

J) TURIZM MAHSULOTI BUYURTMACHISI BILAN, SHU JUMLADAN, O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TURIZM XIZMATLARINI KO‘RSATISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARI TALABLARIGA JAVOB BERADIGAN ELEKTRON TIJORAT SHARTNOMASI TUZILGANIDAN KEYIN TURIZM XIZMATLARINI TAQDIM ETISH;



Z) HAR BIR TURISTGA VA EKSKURSANTGA TURISTIK SAYOHAT VAQTIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA HAMDA CHET DAVLATLARGA KIRISH, ULARDAN CHIQISH VA ULARDA BO‘LISHNING O‘ZIGA XOS XU

I) MIJOZGA LITSENZIATNING ISH REJIMI, UNING JOYLASHGAN JOYI (POCHTA MANZILI), TEGISHLI LITSENZIYA, TURIZM XIZMATLARI SERTIFIKATI (AGAR MAVJUD BO‘LSA), TURIZM FAOLIYATINING ANIQ YO‘NALISHLARI UCHUN MAS’UL BO‘LGAN LITSENZIATNING MUTAXASSISLARI FAMILIYASI, ISMI, OTASINING ISMI TO‘G‘RISIDA TO‘LIQ VA BATAFSIL MA’LUMOT BERISH, JUMLADAN, USHBU KO‘RSATILGAN MA’LUMOTLARNI O‘ZINING XALQARO INTERNET TARMOG‘IDAGI RASMIY VEB-SAYTIGA JOYLASHTIRISH;SUSIYATLARI TO‘G‘RISIDAGI AXBOROTNI YETKAZISH;

K) LITSENZIAT KAMIDA IKKI CHET TILIDAGI, ELEKTRON TO‘LOVLAR, BRON QILISH XIZMATLARINI KO‘RSATADIGAN VEB-SAYTGA EGA BO‘LISHI (USHBU TALABNING CHET TILLARI BO‘YICHA QISMI “ICHKI TURIZM” YO‘NALISHIDAGI LITSENZIATLARGA TAALLUQLI EMAS);

11

Turagentlar faoliyatini litsenziyalash talablari va shartlari quyidagilardan iborat:



a) turizm to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilish;

b) turizm faoliyatining “chiqish turizmi” yo‘nalishida faqat yuridik shaxs tashkil etgan holda amalga oshirish;

v) “chiqish turizmi” yo‘nalishi bo‘yicha turizm faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talabgorlariga 15 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xavfsiz turizm jamg‘armasiga zahira qilishi;

g) turoperator bilan shartnoma tuzilgandan so‘ng turoperatorlar tomonidan yaratilgan turizm mahsulotini targ‘ib va realizatsiya qilish;

d) har bir turistga va ekskursantga turistik sayohat vaqtida O‘zbekiston Respublikasiga hamda chet davlatlarga kirish, ulardan chiqish va ularda bo‘lishning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi axborotni yetkazish;

e) litsenziat kamida ikki chet tilidagi, elektron to‘lovlar, bron qilish xizmatlarini ko‘rsatadigan veb-saytga ega bo‘lishi (ushbu talabning chet tillari bo‘yicha qismi “ichki turizm” yo‘nalishidagi litsenziatlarga taalluqli emas);

j) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), tegishli litsenziya, litsenziatning familiyasi, ismi, otasining ismi to‘g‘risida to‘liq va batafsil ma’lumot berish, jumladan, ushbu ko‘rsatilgan ma’lumotlarni o‘zining xalqaro internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytiga joylashtirish.

LITSENZIYA OLISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR

Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun (keyingi o‘rinlarda — Yagona portal) ro‘yxatdan o‘tadi.

Litsenziyalovchi organ litsenziyani berish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni boshqa vakolatli organlarda belgilangan tartibda, o‘zaro aloqa orqali, shu jumladan elektron ko‘rinishda, mustaqil ravishda oladi. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Litsenziya talabgorining joylashgan yerida bo‘lmagan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilingan taqdirda, ariza Davlat xizmatlari markazi tomonidan tegishli litsenziyalovchi organga Yagona portal orqali yuboriladi. Yagona portal orqali yuborilgan ariza avtomatik ravishda noyob ro‘yxatga olish raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

LITSENZIAT TOMONIDAN LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARIGA RIOYA ETILISHI YUZASIDAN NAZORAT QONUN HUJJATLARIDA BELGILANGAN TARTIBDA LITSENZIYALOVCHI ORGAN TOMONIDAN AMALGA OSHIRILADI. LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARIGA RIOYA ETILISHI YUZASIDAN NAZORATNI AMALGA OSHIRISHDA LITSENZIYALOVCHI ORGAN O‘Z VAKOLATLARI DOIRASIDA QUYIDAGI HUQUQLARGA EGA:

TURIZM FAOLIYATI SUBEKTLARIDAN TURIZM TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKKA RIOYA ETILISHINI TALAB QILISH;

LITSENZIAT TOMONIDAN LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARIGA RIOYA ETILISHINI QONUN HUJJATLARIDA BELGILANGAN TARTIBDA REJALI TEKSHIRISH;

LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARIGA LITSENZIAT TOMONIDAN RIOYAE TILISHI YUZASIDAN QISQA MUDDATLI TEKSHIRISHLARNI JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING QONUN HUJJATLARI BUZILGANLIGI FAKTLARI TO‘G‘RISIDAGI MUROJAATLARI ASOSIDA MAXSUS VAKOLATLI ORGANNING — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NAZORAT ORGANLARI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRUVCHI RESPUBLIKA KENGASHINING QARORIGA KO‘RA QONUN HUJJATLARIDA BELGILANGAN TARTIBDA O‘TKAZISH;

LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARIGA RIOYA ETILISHINI TEKSHIRISH VAQTIDA PAYDO BO‘LADIGAN MASALALAR YUZASIDAN LITSENZIATDAN ZARUR AXBOROTNI SO‘RASH VA OLISH;



TEKSHIRISHLAR NATIJALARI ASOSIDA, LITSENZIYA TALABLARI VA SHARTLARINING ANIQ BUZILISHLARINI KO‘RSATGAN HOLDA DALOLATNOMALAR (MA’LUMOTNOMALAR) TUZISH;

LITSENZIATGA ANIQLANGAN QOIDABUZARLIKLARNI BARTARAF ETISH MAJBURIYATINI YUKLOVCHI QARORLAR CHIQARISH, BUNDAY QOIDA BUZARLIKLARNI BARTARAF ETISH MUDDATLARINI BELGILASH;
Download 5,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish