Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-chizma. Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor sub’ektlari o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati



Download 0,85 Mb.
bet9/9
Sana24.06.2021
Hajmi0,85 Mb.
#100562
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BAXROM11

4-chizma. Iste’mol tovarlari bozori va resurslar bozori hamda bozor sub’ektlari o’rtasida resurslar, mahsulot va daromadlar harakati.

Chizmadan ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklari va davlat iqtisodiy resurslarga egalik qilib, ularni resurslar bozoriga etkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab bildiradi. Korxonalar resurslarni sotib olishga qilgan xarajatlari resurslarni etkazib beruvchilarning daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda) oqimini tashkil qiladi.

Uy xo’jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan ‘ul daromadlarini sarflash jarayonida son-sanoqsiz ko’’ tovar va xizmatlarga o’zlarining talabini bildiradi. Bir vaqtda korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va xizmatlarga iste’molchilik sarflari oqimi korxonalarning ‘ul tushumi yoki daromadini tashkil qiladi.

Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil qiladi. Ishchi kuchi bozorida – o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan iqtisodiy resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi kuchiga bo’lgan talab, uy xo’jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi bilan to’qnash keladi. Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy sub’ektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi. Ishchi kuchi bozorida insonning o’zi emas, uning mehnat qilish qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi.

Ishchi kuchi bozorining aniq namoyon bo’lish shakllaridan eng muhimi — mehnat birjasidir. Mehnat birjasi — ishchilar va tadbirkorlar o’rtasidagi ishchi kuchini oldi-sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro’yxatga oluvchi muassasa.

Moliya bozori. Bu bozor turli-tuman va ko’’ jihatli bo’lsa ham, oldi-sotdi ob’ekti bitta, ya’ni ‘ul (‘ulga tenglashtirilgan qog’ozlar) hisoblanadi va turli xil shakllarda bo’ladi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lgan xo’jalik sub’ektlari, bu moliyaviy resurslarni, mablag’lar kamyobligini sezgan sub’ektlarga taklif qiladi.

Moliyaviy bitimlarning harakatiga qarab, moliya bozorini turkumlash mumkin. Bunda moliyaviy bozor ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari (iste’molni qondiradigan ‘ul) va ka’ital (mulk) bozori. Qarz majburiyatlari bozorida ‘ul vaqtincha qarz hisoblanadi va olingan ‘ul shaxsiy iste’mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo’yilgan ‘uldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag’lar ka’ital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib ka’ital bozorini ikkita bo’g’inga ajratish mumkin: ssuda ka’itali bozori va qimmatli qog’ozlar bozori. Ssuda ka’itali bozori — ‘ul shaklidagi ka’italning foiz to’lash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada bo’ladi. Bular asosan davlat va banklarning majburiyatlari hisoblanadi.

Qimmatli qog’ozlar bozorida akstiya, obligastiya, veksel, chek, de’ozit kabilar oldi-sotdi qilinadi. Bular davlat tomonidan chiqarilgan uzoq muddatli majburiyatlar hamda kor’orastiyalarning akstiya va obligastiyalaridan iboratdir. Bu bozorda broker va dilerlar vositachilik qiladi. Mazkur bozor amalda fond birjalari, aukstionlar va banklardan iborat bo’ladi.

Qimmatli qog’ozlarning harakati xususiyati bo’yicha moliya bozori birlamchi va ikkilamchi (hosila) bozorlarga bo’linadi. Birlamchi bozorda yangi nusxadagi qog’ozlar sotiladi va sotib olinadi, ikkilamchi bozorda oldin chiqarilgan qimmatli qog’ozlar harakat qiladi. Birlamchi bozorda qimmatli qog’ozlar sotilsa, ikkilamchi bozorda qayta sotiladi.

Iqtisodiyot uchun qimmatli qog’ozlarning ikkilamchi bozori favqulodda muhim ahamiyatga ega. U xo’jalik sub’ektlari o’rtasida moliyaviy vositalarning erkin harakat qilishini ta’minlaydi.

Bozor infratuzilmasi - bu bozor aloqalarini o’rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar tizimidir. Unga ombor xo’jaligi, trans’ort, aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, aukstionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sug’urta va moliya kom’aniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi. Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida bo’g’inini tashkil qilib, ularga ma’lumotlarni to’’lash, umumlashtirish va sotish bilan shug’ullanuvchi kom’aniya va firmalar kiradi.

Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilarning savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik to’ishiga, ish kuchini yollashiga ko’maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi, ishlab chiqaruvchilar o’rtasida aloqa o’rnatishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida joylashsa, boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat bo’lib, ko’rsatgan xizmatlari uchun haq oladi.

Bozor infratuzilmasida tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar muhim o’rin tutishi sababli ularning asosiylarining qisqacha tavsifini beramiz.

Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi tijorat muassasalaridir. Tovar birjalaridan farq qilib, fond birjasida qimmatnarx qog’ozlar va chet el valyutalarining oldi-sotdisi amalga oshsa, mehnat birjasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona o’rtasida turib, unga bo’lgan talab va taklifni bir-biriga bog’laydi.

Birjaning barcha shakllarida kelishuvning xarakterli belgisi tovar, akstiya va valyuta kurslariga, narxning tebranib turishiga chayqov yo’li bilan ta’sir qilishdir.

Birjada uning qatnashchilari ayirboshlash to’g’risida bitim tuzadi, lekin tovarni etkazib berish va uning haqini to’lash birjadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovar egasi va xaridorlar qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler)lar - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular odatda mijozlar to’shirig’iga ko’ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o’z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin.

Birjaning yana bir xususiyati shundaki, bu erda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo’lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi.

Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi.

Aukstionlar - alohida xususiyatlarga ega bo’lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Aukstionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro’yxati bo’yicha, ommaviy sotuvga qo’yish yo’li bilan o’tkaziladi. Aukstion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o’tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi hisobga olinadi. Aukstion savdosida namuna tovarlar ro’yxatda ko’rsatilgan tartibda savdoga qo’yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi.

Aukstionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kollekstiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari ma’lum vaqtda o’tkazilib, bu erda tovarlar ulgurji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi o’rtasida yuz berib, unda bevosita iste’molchi qatnashmaydi.

Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.) universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o’rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat kor’orastiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanadigan turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug’ullanadi. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o’z mulkiga sotib olib, keyin iste’molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari har xil shaklni olib, ular mustaqil do’konlar, maxsus do’konlar va su’ermarketlardan iborat bo’ladi.

Su’ermarket - bu xaridorning o’z-o’ziga xizmat ko’rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan, jumladan im’ort tovarlar bilan savdo qiladi. Su’ermarket xaridorlarga be’ul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo’yicha xaridor uyiga etkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko’rsatadi.

Ko’’ tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o’z nomidan va ko’’incha o’zlari hisobidan eks’ort-im’ort hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga to’shirish, kreditlar berish, sug’urta xizmati ko’rsatish bilan moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi.

Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o’ringa ega. Ular moliya bozori, uning asosi bo’lgan ka’ital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o’rnatadi. Moliyaviy muassasalardan ko’’chiligi o’ziga xos belgilarga ega bo’lsada, ularning barchasi bitta umumiy belgiga ega. Ular o’zlarining majburiyatlarini bildiradi, ya’ni mablag’lari ortiqcha bo’lgan sub’ektlardan ‘ul qarz oladi va o’z nomidan mablag’lari etishmagan sub’ektlarga ‘ul qarz beradi.

Bozor infratuzilmasining banklar, sug’urta kom’aniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o’ziga xos o’ringa ega. Ularning iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o’rni bilan keyingi mavzularda batafsil tanishamiz.

Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar - korxona, firma, kom’aniyalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini eks’ertizadan o’tkazuvchi idora. Ular odatda akstioner jamiyat yoki koo’erativ shaklda faoliyat ko’rsatadi va to’liq mustaqillikga ega bo’ladi. Auditor firmalar o’z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi.

Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat ko’rsatishi, hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.

Xulosalar:

Men Iqtisodiy faoliyatning mazmuni va amal qilishi mavzuida kurs ishi yozib shuni xnday bxulosalarga keldim :


  1. Bozor va bozor iqtisodiyoti tovar va ‘ul munosabatlarining rivoji natijasida vujudga keladi.

  2. Bozor munosabatlarining sub’ektlari bir-biri bilan bog’liq va o’zaro aloqada bandlik, milliy daromad va ishlab chiqarishning umumiy hajmi kabi ijtimoiy ishlab chikarish natijalarini aks ettiradigan va doimiy harakatda bo’ladigan daromadlar va harajatlar oqimini shakllantiradi.

  3. Bozor munosabatlarining har bir ishtirokchisi o’z maksad va manfaatlaridan kelib chiqib mustaqil qaror qabul qiladi. Aynan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinligi va mustaqilligi bozor ko’rinishidagi iqtisodiy munosabatlarni vujudga keltiradi hamda o’z rivojlanishining tabiiy-evolyustion, dinamik xususiyatini belgilab beradi.

  4. Bozor iqtisodiyoti – murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tizim bo’lib, birlashgan, o’zaro bog’langan va birgalikda harakatlanadigan bir qancha tarkibiy elementlarni o’z ichiga oladi.

  5. Bozor iqtisodiyotining normal amal qilishi uchun uning infratuzilmasi shakllantiriladi. Bozor infratuzilmasi – bu bozor munosabatlariga ko’mak berishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy institutlar tizimidir.

  6. Bozor iktisodiyoti tizimining afzalligiga qaramay, shunday muammolar borki, ularni bozor yordamida hal etish mumkin emas yoki ehtimoli kam. Ana shunday muammolarni hal etish uchun davlat ularni o’z zimmasiga olishi kerak yoki bo’lmasa mavjud muammolarni hal etilishi uchun shart-sharoit yaratib berishi kerak.

Asosiy tayanch tushunchalar:

Bozor iqtisodiyoti – tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonuni-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.

Bozor mexanizmi - bozor iqtisodiyotining faoliyat qilishini tartibga solishni va iqtisodiy jarayonlarni uyg’unlashtirishni ta‘minlaydigan dastak va vositalardir.

Bozor ob‘ekti - bozorga, ayirbosh munosabatlariga jalb qilingan iqtisodiy faoliyatning natijalari va iqtisodiy resurslar, tovar, pul va unga tenglashtirilgan moliyaviy aktivlardir.

Bozor sub‘ekti – bozorning ayirboshlash munosabatlarining qatnashuvchilaridir.

Bozor infratuzilmasi - ayirboshlash munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasaviy tuzilmalardir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Xodiyev B.Yu., Bekmurodov A.Sh., G'afurov U.V. va boshqalar O'zbekiston iqtisodiyoti mustaqillik yillarida. T.: TDIU, 2007.

2. Bekmurodov A.Sh., G'afurov U.V. O'zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizastiyalash: natijalar va ustuvor yo'nalishlar. O'quv qo'llanma. T.: TDIU, 2007.

3. Shodmonov Sh., G'afurov U. Iqtisodiyot nazariyasi. Ma'ruzalar matni. - T.: TDIU, 2009.

4. Shodmonov Sh, Minovarova G va Xalilov M. ''Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo'yicha o'quv uslubiy majmuasi.

5. Shodmonov Sh va Minovarova G.”Iqtisodiyot nazariyasi” fani bo'yicha o'quv uslubiy ta'lim texnologiyasi. “Iqtisodiy ta'limdagi o'qitish texnologiyasi” seriyasidan. T.: TDIU, 2007 , 323 b.

6. Shodmonov Sh., Alimov R., Jo'raev T. Iqtisodiyot nazariyasi. -T.: Moliya. 2002.

7. Shodmonov Sh.Sh., G'afurov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). - T., «Media» nashriyoti, 2013. - 794 b.

8. O'lmasov A., Vahobov A.V. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik. - T.: «Sharq» nashriyot-matbaa akstiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, 2006. - 480 b.

9. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch.T.:Ma'naviyat, 2008,176-b

10. O'zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi. T.: O'zbekiston, 2007

11. O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi. - T.: “Adolat”, 2001.

12. O'zbekiston Respublikasi qonuni. Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to'g'risida. 1999 yil 14 aprel. - T.: “Adolat”, 1999.

13. O'zbekiston Respublikasi qonuni. Bank va bank faoliyati to'g'risida. 1996 yil 5 aprel. - T.: “Adolat", 1999.

14. Razzoqov A., Toshmatov Sh., O'rmonov N. Iqtisodiy ta'limotlar tarixi. Darslik (lotinyozuvida).-T.“Iqtisod-moliya”,2007.-320b. 15. O'zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo'mitasi. O'zbekiston Respublikasining 2004 yil statistik axborotnomasi, T., 2005.

Internet saytlari.

1. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti.

2. www.uza.uz - O'zbekiston Respublikasi Milliy Axborot Agentligi rasmiy sayti.

3. www.ceep.uz - O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Samarali iqtisodiy siyosat markazi rasmiy sayti.

4. www.ziyonet.uz



5. www.buxdu.uz


1 Экономическая теория (политэкономия): Учебник/ Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, акад. Г.П.Журавлевой. – 4-е изд. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.78-79.; Тожибоева Д. Иқтисодиёт назарияси: Олий ўқув юртлари талабалари учун ўқув қўлланма./Акад. М.Шарифхўжаевнинг илмий таҳрири остида. – Т.: «Ўқитувчи», 2002, 74-б.


2 Тожибоева Д. Иқтисодиёт назарияси: Олий ўқув юртлари талабалари учун ўқув қўлланма./Акад. М.Шарифхўжаевнинг илмий таҳрири остида. – Т.: «Ўқитувчи». 2002. 61-63 б.


11 Алимов Б., Шодиев М., Расулов Т., «Шарқона бозор фазилатлари». Т. Университет, 1996 йил, 17-бет.

3 Сулаймонов И. «Бозорда тартиб, сотувчида иймон бўлса». «Халқ сўзи», 1998 йил 26 февраль, 42-сон.


Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish