Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


-mavzu. Sotsiologiyada shaxs muammosi va deviant xulq-atvor



Download 0,98 Mb.
bet68/127
Sana16.05.2020
Hajmi0,98 Mb.
#52003
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127
Bog'liq
Sotsiologiya yangi darslik

7-mavzu. Sotsiologiyada shaxs muammosi va deviant xulq-atvor

Reja:

  1. “Inson”, “individ”, “shaxs” tushunchasi

  2. Shaxs to‘g‘risidagi asosiy sotsiologik nazariyalar

  3. Shaxs sotsializatsiyasi va uning bosqichlari

  4. Deviant xulq-atvor tushunchasi



  1. Inson”, “individ”, “shaxs” tushunchasi

Kundalik hayotda “inson”, “individ”, “shaxs” tushunchalari yagona mazmunda qo‘llaniladi. Ammo sotsiologiya fani doirasida mazkur tushunchalar sinonim sifatida talqin qlinmaydi, ular o‘rtasida ma'lum farqlar va o‘ziga xos xususiyatlar bor.

“Inson” tushunchasi yer yuzidagi barcha odamlarga xos bo‘lgan xususiyatlarni anglatuvchi umumiy tushuncha sanaladi. Bunda insonning inson zotiga tegishli ekanligini bildirish asosiy maqsad sanaladi.

Butun insoniyat emas, balki ularning aniq bittasi to‘g‘risida gap borganida “individ” tushunchasi ishlatiladi. “Individ” tushunchasi aniq sotsial va psixologik xususiyatlarga ega bo‘lgan insonni anglatadi, “aniq bir inson”.

Shaxs – bu insonning o‘z jamiyati tizimiga oid bo‘lgan sifatiy belgisi bo‘lib, uning ijtimoiy munosabatlarga kirishganidan darak beradi hamda birgalikdagi faoliyat va muloqotida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchidan, shaxs – bu sotsial munosabatlarning sub'ekti va mahsuli sanaladi. Hozirgina dunyoga kelgan go‘dak xali o‘zida shaxsni mujassamlashtirmagan bo‘ladi. U individ sanaladi. Shaxs bo‘lishi uchun inson ma'lum rivojlanish va shakllanish bosqichlarini bosib o‘tishi kerak bo‘ladi. Mazkur rivojlanishning asosiy shartlari sifatida biologik, genetik meros bilan birgalikda sotsial muhitninng mavjudligi muhim sanaladi.

Shaxsning sotsial strukturasi o‘zgaruvchan bo‘ladi. Chunki inson butun hayoti davomida yangi axborotlarni qabul qiladi va ulardan xulosa chiqargan holda rivojlanib, takomillashib boradi. Shunga ko‘ra, u o‘z faoliyatini o‘zgartirishi, xatti-harakatlarini boshqacha turda amalga oshirishi, amallarining motivatsiyasini o‘zgartirishi mumkin. Aynan shuning uchun shaxsning sotsiogen komponenti sotsiologlar tomonidan katta qiziqishlarga sabab bo‘ladi.

Sotsiologiya shaxsni o‘rganish davomida u yashayotgan jamiyatni ham inobatga oladi va shuning natijasida mavhum shaxs tipini yaratishga intiladi.

Mashhur sotsial antropolog R.Lintonning fikricha, istalgan jamiyatda shaxsning ikki asosiy tipi mavjud bo‘ladi: normativ va modal. Normativ shaxs tipi deyilganida, jamiyatdagi norma, qadriyat va madaniyatga mos bo‘lgan shaxs tushuniladi. Modal shaxs tipi esa mazkur jamiyatdagi norma va qadriyatlardan og‘uvchi shaxslar ichida eng ko‘p tarqalgan tipini anglatadi.

Shaxs strukturasida biogen, psixogen va sotsiogen komponentlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Psixogen komponent o‘z ichiga emotsiyalar, kechinmalar, iroda, xotira, qobiliyat va h.k.larni qamrab oladi.



Sotsiogen komponen esa quyidagilardan tarkib topgan:

  • Shaxsning ob'ektiv sotsial ehtiyojlari (fiziologik, xavfsizlik, bandlik, do‘stlik, g‘amho‘rlik, muhabbat, prestij ehtiyojlari)

  • Ijodkorlikka, bilim va ko‘nikmalarni olishga bo‘lgan iqtidor;

  • Jamiyat madaniy qadriyatlariga egallaganlik darajasi;

  • Shaxs amal qilib yashaydigan ahloqiy normalar, tamoyillar.

  • Shu o’rinda shaxs faoliyati tushunchasiga to’xtalish maqsadga muvoffiq. Shaxs faoliyati deyilganida, shaxsning ichki va tashqi tendensiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon bo‘lishi tushuniladi. Shaxsning ijtimoiy faolligi insonning shaxs sifatidagi darajasini ifodalaydi, bu uning qadriyatli ehtiyojlarining qondirilishi hamda sifat ko’rsatkichdir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning muhim sifatidir. Shaxs faolligi – insonning hayotini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlarining namoyon bo‘lishi. Shu jihatdan shaxs faoliyati sotsiologiyada keng va tor darajada o‘rganiladi. Shaxsning bunday darajalarda o‘rganilishi metodologik ahamiyat kasb etadi.

  • Shaxs – o‘ziga xos intellektual, emotsional, irodaviy-shaxsiy belgi va sifatlarga ega bo‘lgan sub’yekt. Bu belgi va sifatlar muayyan sotsial-iqtisodiy formatsiyaning mahsulidir. Shaxs o‘tmish tarixiy tajribani, o‘tmishdagi madaniy boyliklarni o‘zida to‘playdi. Shaxs – barcha ijtimoiy munosabatlarning yig‘indisidir. U jamiyatdan tashqarida shakllana olmaydi.

  • Shaxsning shakllanishida uning rivojlanish davri, mazkur jarayonning natijasi hamda shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalanishi katta ahamiyat kasb etadi.

  • Shaxsning asosiy xislatlariga onglilik; ma’naviy boylik; ijtimoiy munosabatlar; jamiyatga nisbatan nisbiy mustaqillik va javobgarlik kiradi.

  • Shaxsning asosiy sotsial sifatlari aniq sotsial guruhlar, jamoalar faoliyati va munosabatidan tarkib topadi. Shu sababli shaxsning sotsial sifatlari 3ta kichik tizimdan iborat:

  • 1. Shaxsning individualligi.

  • 2. Shaxslararo munosabatlari.

  • 3. Munosabatlar sub`yekti.

  • Shaxsning individualligi undagi xarakter, iroda,dunyoqarash, faoliyat jarayonidagi ba’zi bir xususiyatlar bilan belgilanadi. Undagi individual xususiyatlar uning amaliy faoliyatida namoyon bo‘ladi.

  • Shaxsning shaxslararo munosabati shaxsning shu munosabatlar tizimi elementlaridan biri ekanligini bildiradi. Shaxslararo munosabat shaxs rivojlanishining, uning komil inson sifatida tarkib topishining asosi sifatida xizmat qiladi. Shuning uchun shaxsning shaxslararo munosabatlar shaxsda insoniylik, poklik, rostgo‘ylik, samimiylik kabi xislatlarning shakllanishida va takomillashuvida alohida o‘ringa ega.

  • Munosabatlar sub’yekti. Shaxsning ijtimoiy munosabatlar sub’yekti sifatida mavjud bo‘lishi uning shu munosabatlarda sub’yekt sifatidagi maqomini belgilaydi.

  • Shaxs ma’lum sotsial xususiyatli hodisalarning oqibatigina emas, balki sababchisi hamdir. Har bir shaxsning sotsial sifatlari uning amaliy faoliyatining mazmun va xarakterini belgilaydi. Aynan faoliyat jarayonida kishi atrofdagi muhitning o‘ziga xos xususiyatlarini ishlab chiqadi. Sotsial xususiyatlar shaxsning ichki holat ta’sirida uning faoliyatida o‘rab turgan voqelikka shaxsiy munosabat sifatida namoyon bo‘ladi. Sotsial xususiyatlar bu ma’lum sotsial muhit sharoitlarida individlar orasidagi o‘zaro ta’sirlar jarayonida yuzaga kelgan aloqalar tizimidir. Shaxsning sotsial xususiyati kishining faoliyati,xatti-harakatida, uning sotsial sifati shaklida ko‘rinadi. Shaxsning sotsial sifatlarini tashkil etuvchi elementlarga (shaxs sotsial maqsadi):

  • - o‘z faoliyati jarayonida amal qiluvchi norma va qadriyatlar;

  • - foydalanadigan belgilar tizimi;

  • - o‘z rolini bajarish va tashqi dunyoga nisbatan erkin harakat qilish uchun yordam beruvchi bilimlar majmuasi: bilim va qaror qabul qilishda mustaqillik darajasi kiradi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish