Suqrot (Sokrat, m.a. 470-399yy) haqidagi ma'lumotlar uning shogirdlari Aflotun va Ksenofont tomonidan qoldirilgan asarlarda uchraydi. Manbalarda yozilishicha, Suqrotning falsafaga qiziqishiga Delfiyadagi Appolon ibodatxonasiga bitilgan Xilonga tegishli bo‘lgan “O‘zingni o‘zing angla” shiori sabab bo‘lgan.
Suqrotning fikricha, polis (shahar - davlat) hayotini qonunlarsiz faqat ahloqiy qadriyatlar asosida tashkil etish mumkin emas. Uning fikricha, faqat ilmli insonlar boshqaruvda band bo‘lishi va qonunlarni ishlab chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |