Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»



Download 0,98 Mb.
bet123/127
Sana16.05.2020
Hajmi0,98 Mb.
#52003
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Bog'liq
Sotsiologiya yangi darslik

Yakuniy bosqichda esa respondentning yuragida ayta olmay qolgan fikrlari bo‘lsa ularni aniqlash uchun tuzilgan savollarni ham kiritish maqsadga muvofiq. Masalan, quyidagi punkt ana shu maqsadga xizmat qilishi mumkin.

Bizga ko‘rsatgan yordamingiz uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. Mabodo yuqoridagi fikrlarga qo‘shimcha va takliflaringiz bo‘lsa mana shu o‘rinda bayon qilishingizni so‘raymiz.

Sotsiologiyada berilgan javoblarni tekshirish uchun nazorat savollari, deb ham yuritiladi. Bunday savollarni anketaga kiritish yoki intervyuda qo‘llashdan maqsad bir nechta:


  1. Respondentning qo‘yilgan savollarga berayotgan javobi samimiymi, yo‘qmi ekanini aniqlash.

  2. Respondentning savolnoma yoki intervyuga munosabatini aniqlash.

  3. Respondentning savolnoma yoki intervyudagi ba’zi savollarga munosabatini aniqlash.

Nazorat savollaridan foydalanishning muhimligi shundaki, agar o‘tkazilayotgan respondentlarning ko‘pchiligi savollarga samimiy javob bermaganligi aniqlansa, bu tadqiqot natijalari bekor qilinishi kerak.

Nazorat savollari yordamida tashqi ta’sir tufayli respondentning javoblari nosamimiy bo‘layotganini ham aniqlab olish mumkin yoki bo‘lmasa savolnomaning anonim ekaniga shubqa paydo bo‘lganda ham javoblar samimiy bo‘lmaydi.

Oliy o‘quv yurtlaridan birida o‘tkazilgan tadqiqotning maqsadi talabalarning bo‘sh vaqtni qanday o‘tkazishlarini aniqlash edi. Anketaga quyidagicha nazorat savoli ham kiritildi:

Siz Alisher Navoiyning «Yusuf va Zulayho» dostonini o‘qiganmisiz? Natijalar shuni ko‘rsatdiki, talabalarning bir qanchasi bu dostonni o‘qigan ekan. Holbuki, Alisher Navoiy bunday doston yozmagan.

Har qancha yaxshi tuzilgan savolnoma va yaxshi o‘tkazilgan intervyuda ham respondentlarning hammasi bir xil samimiy javob bermaydi. Bu odamlarning xarakteri, dunyoqarashi, xulqi va boshqa jihatlari bilan ham boqliq. Nazorat savollarini kiritishdan maqsad esa ana o‘shanday nosamimiy javoblarning ulushi qancha ekanini aniqlashdir.

Javob variantlari taklif qilinganiga qarab, savollar ochiq va yopiq turlarga bo‘linadi. Yopiq savollarga javob variantlari ko‘rsatilmaydi. Respondentning o‘zi javobni anketaga yozib chiqadi.

Masalan: MDHga a’zo mamlakatlarning iqtisodiy aloqalari to‘g‘risida qanday fikrdasiz?_______________________________________________________

Bu savolga respondent o‘z dunyoqarashi, ma’lumoti intilishlaridan kelib chiqib javob yozadi. Yopiq savollarga haraganda ochiq savollarni umumlashtirish murakkabroqdir. Chunki, yopiq savollarga berilishi mumkin bo‘lgan javob variantlari tayyor bo‘ladi va ularni kodlashtirish va kompyuterga kiritish mumkin. Demak, ularni mashinalar - EO‘M yordamida umumlashtirish ham mumkin. Ochiq savollarga beriladigan javoblarni sinchiklab o‘rganib chiqqandan keyingina umumlashtirish mumkin. Ochiq savol qo‘yilganda aqliy mehnatning bir qismi respondent elkasiga yuklanadi.

Yopiq savollar esa tayyor javoblar bilan anketaga kiritiladi. Respondent esa o‘sha tayyor javob variantlaridan birini tanlab olib ostiga chizishi yoki boshqa yo‘sinda belgilashi kerak. Yopiq savol kiritiladigan bo‘lsa, sotsiolog savol ustida ham va respondent berishi mumkin bo‘lgan javob variantlari ustida ham bosh qotiradi. Yopiq savollarni qo‘llashning murakkabligi shundan ham ko‘rinadiki, ko‘pincha javobning tayyor variantlari berilganda, javoblar umumiy xarakterning ijobiy tomoniga siljishi ko‘zga tashlanadi. Masalan, anketaga quyidagicha savollar kiritiladi: «Bo‘sh vaqtda Siz badiiy adabiyot o‘qiysizmi?»

Javoblarning variantlari quyidagicha:



  1. o‘qiyman.

  2. ko‘p o‘qiyman.

  3. kam o‘qiyman.

  4. o‘qimayman.

Tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday hollarda deyarli hech kim yoki juda ozchilik «o‘qimayman», degan variantni belgilaydi. Mana shu savolning o‘zini boshqacharoq yo‘sinda berilsa, natijalar boshqacharoq chiqadi. Aytaylik, savol quyidagicha qo‘yildi: «Bo‘sh vaqtda ba’zilar sport bilan shuqullanadi, ba’zilar badiiy adabiyot o‘qiydi, ba’zilar sayohatga chiqadi, ba’zilar esa televizor oldida o‘tiradi. Siz nima bilan shuqullanasiz?»

Javob variantlari:



  1. Sport bilan shug‘ullanaman.

  2. Badiiy adabiyot o‘qiyman.

  3. Sayohatga chiqaman.

  4. Televizor ko‘raman.

Respondentlarga javobning faqat bitta emas, balki bir nechtasini belgilash ham mumkinligini aytiladi. Savol shunday qo‘yilganda ayni bir guruhning o‘zida ham badiiy adabiyot o‘qiydiganlarning soni ancha kam ekani ma’lum bo‘ladi. Haqiqiy holatni bilish uchun faqatgina javob variantlarinigina emas, savoldagi narsa-hodisaning ham muqobillarini nazarda tutish va savolnomaga kiritish maqsadga muvofiqdir.

Yopiq savollar berilishi mumkin bo‘lgan javoblarning xususiyatlariga qarab ikki turga bo‘linadi: 1. Darajali savollarga beriladigan javoblar. Ular «ha-yo‘q» tarzida bo‘ladi. 2. Muqobilli savolning muhim belgisi yana shundaki, unga beriladigan javoblar muqobil variantlardan iborat bo‘lib qolmay, savolning tuzilishi ham muqobil holat va hodisalardan iborat bo‘ladi. Masalan: «Siz sport bilan shuqullanasizmi?», - degan savolga respondentlar «ha» yoki «yo‘q» qabilida javob berishadi. Bu erda savol muqobilli emas, balki javob muqobillidir. «Bo‘sh vaqtda ba’zilar esa kitob o‘qiydilar yoki sayohatga chiqadilar. Sizchi?» tarzida qo‘yilgan savol muqobillidir. Tadqiqotchilik tajribasi muqobilli savollar haqiqatga yaqin javob olishga ko‘proq yordam berishini ko‘rsatadi. Darajali savollar ham aslida muqobilli savolning bir turi. Lekin ularning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularning javobi sub’ektiv his-tuyg‘u yoki yuz berayotgan voqealarga munosabat darajasini ifodalovchi javoblarni ko‘zlaydi. Masalan: «Ilmiy-fantastik adabiyotga munosabatingiz qanday?» savoli quyidagi javoblardan birini tanlashni taqozo qiladi:



  1. Juda yoqtiraman.

  2. Yoqtiraman.

  3. Unchalik yoqtirmayman.

  4. Befarqman.

  5. Yoqtirmayman.

Demak, yuqoridagi savol munosabatlarning turli darajasini nazarda tutgani va javob variantlarida ana shu munosabat darajalari ifodalangani uchun u darajali savol hisoblanadi.

Intervyu usuli anketa bilan ko‘p umumiyliklarga ega. Anketada savollar yozma tarzda berilsa, intervyuda oqzaki savollar beriladi. Intervyu respondent bilan bevosita muloqotni taqozo qiladi.Intervyuni o‘tkazuvchi - intervyuer shaxsiyati, o‘zini tutishi, ovozi, tashqi ko‘rinishi va kiyinishi ham so‘rov natijalariga ta’sir qilishi mumkin. Intervyu o‘z mohiyatga ko‘ra tadqiqotchi bilan respondentning suhbati, lekin bu suhbatni har kuni choyxonada yoki bekorchilikdan qilinayotgan suhbat bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Choyxonadagi yoki bekorchilikdan o‘tkazilayotgan suhbatdan asosiy maqsad vaqt o‘tkazish bo‘lsa, intervyu muayyan ma’lumot to‘plashni nazarda tutadi. SHu bilan birga, intervyuning oddiy suhbatdan farqi yana shundaki, suhbatdoshlar bir-birlarini qiziqtirgan masalalar to‘qrisida gap yuritsa, intervyu jarayonida faqat bir tomon - tadqiqotchi savol va respondent javob beradi.

Intervyu bilan oddiy suhbat o‘rtasidagi tafovut yana shunda ko‘rinadiki, suhbatdoshlar, odatda tanish odamlar bo‘lib bir-birlariga muayyan psixologik munosabatda, aksariyat qollarda ijobiy munosabatda bo‘ladilar. Chunki, odamlar o‘zlari yoqtirmagan odam bilan suhbatlashishni ham yoqtirmaydilar. Intervyu esa, deyarli ikki notanish odamning suhbati. Shuning uchun, agar tadqiqotchi o‘zining muomalasi, kiyinishi, o‘zini tutishi bilan respondentda ijobiy, qech bo‘lmaganda neytral munosabat uyqotolmasa, respondent savollarga javob berishni xoqlamasligi, mabodo iltimos qilib turib olinsa, yuzaki va chala javoblar berishi mumkin. Yoki bo‘lmasa dindor musulmonlardan intervyu olish uchun o‘ta zamonaviy, olabayroq kiyimlarda borish, ayniqsa xotin-qizlarning ovro‘pacha yoki mini kiyimlarda borishi salbiy munosabat uyqotadi va bu intervyuning natijasi ko‘ngildagiday bo‘lmaydi.

Tadqiqotchi faqatgina o‘zining kiyimi, ovozi, muomalasi to‘qrisidagina o‘ylab qolmay, respondentning ham o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi lozim. Bunday xususiyatlarni aniqlash uchun esa tadqiqotchi o‘z imkoniyatlari darajasida respondentning tashqi ko‘rinishiga, kiyinishiga, yoshiga, jinsiga va hokazolarga qarab xulosa chiqarishi kerak.




Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish