Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Boshqaruv sotsiologiyasining qonunlari, sotsial doktrinasi va tamoyillari



Download 0,98 Mb.
bet90/127
Sana16.05.2020
Hajmi0,98 Mb.
#52003
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   127
Bog'liq
Sotsiologiya yangi darslik

Boshqaruv sotsiologiyasining qonunlari, sotsial doktrinasi va tamoyillari

Boshqaruv sotsiologiyasining qonunlari boshqaruv jarayonining muhim o‘zgarmas ichki xususiyatlarini aks ettiradi. Mazkur qonunlar ob’ektiv xarakterga ega bo‘lib, insonlarning irodasi va maqsadiga bog‘liq bo‘lmaydi.

Boshqaruv qonunlarini ongli ravishda qo‘llash orqali insonlarning faoliyatini hayotning ob’ektiv talablariga moslashtirish imkonini beradi.

Sotsiologiyada boshqaruv qonunlarining quyidagi ko‘rinishlari o‘rganiladi:



  1. Turli – tumanlik qonuni. Boshqaruvni amalga oshiruvchi sub’ektlar va boshqarilayotgan ob’ektlarning faoliyatida turli-tumanlik aks etgan bo‘lishi kerak. Boshqaruv ob’ekti qay darajada murakkab bo‘lsa, uni boshqaruvchi organ ham shu darajada murakkablik kasb etishi lozim. Boshqaruv sub’ektlari qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish va individlarning faoliyatini unga yo‘naltirish maqsadida turli-tuman usullar va yo‘llarga ega bo‘lishi lozim. SHu bilan birgalikda boshqarilayotgan ob’ektlarning qaysi biriga, qaysi paytda, qanday usul orqali ta’sir ko‘rsatishni aniqlash samarali boshqaruvning belgisi sanaladi.

  2. Boshqaruvning ixtisoslashuvi qonuni. Zamonaviy ijtimoiy munosabatlarni boshqarish amaliyoti kundan-kunga mazkur sohadagi vazifalarning bo‘linishiga olib kelmoqda. mazkur vazifalar boshqaruvning turli bosqichlarida, ma’lum sharoitlarda va yo‘nalishlarda amal qiladi. SHuning uchun boshqaruv iqtisodiy, siyosiy, psixologik, tashkiliy-texnik, huquqiy va boshqa sohalarda yuqori malakaviylikni talab qiladi. Boshqaruv sub’ekti turli sohalardagi bilimlarni o‘zlashtirib, ularga tayangan holda boshqaruvdagi qarorlarni, loyihalarni, dastur va konsepsiyalarni ishlab chiqadi.

  3. Boshqaruvning integratsiyasi qonuni. Boshqaruv jarayonining turli bosqichlarida va yo‘nalishldarida ixtisoslashtirilgan harakatlarning yagona tizim doirasidagi birlashuvini nazarda tutadi. Birlashtiruvchi omillar sifatida jamiyatning maqsadlari, vazifalari va qiziqishlari namoyon bo‘ladi.

  4. Vaqtni tejash qonuni. Mazkur qonun boshqaruv faoliyatidagi asosiy qonunlardan biri sanaladi. U qo‘yilgana maqsadga eng kam miqdorda vaqt sarflab erishini nazarda tutadi. Bunda vaqt qanchalik kam sarflansa, moddiy buyumlar, inson va moliyaviy resurslarning sarfi ham kamayadi.

  5. Sotsial maqsadlarning muhimlilik qonuni. Boshqaruv faoliyatining maqsadlari qo‘yilishi paytida ularning qaysilari dolzab, qaysilari yordamchi va ikilamchi ekanligi aniqlanadi. Misol uchun jamiyatni boshqaridagi asosiy maqsadlar ishlab chiqarish, iqtisod yoki siyosat emas. Bunda jamiyat a’zolarining hayotini doimi ravishda ko‘tarish va yaxshilash asosiy maqsad sanaladi.

  6. Boshqaruv jarayonidagi o‘suvchi sub’ektivlik va intellektualilik qonuni.boshqaruv faoliyatidagi barcha sotsial munosabatlar insonlarga etgishli bo‘lgani uchun ularning barchasi inson ongidan o‘tkaziladi, insonlar tomonidan mukammallashtiriladi va rivojlantiriladi. Bu jarayon jamiyatdagi ishlab chiqarish munosabatlarining shakli va ulardagi o‘zgarishlaga bevosita bog‘liq sanaladi. CHunki boshqaruv munosabatlari ishlab chiqarish usullari va jamiyatning iqtisodiy asosiga tayangan holda yuzaga keladi. SHu bilan birgalikda boshqaruv jarayonining o‘zi jamiyat hayotining barcha jabhalariga aks ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun boshqaruv sub’ektlarning sub’ektiv mushohadalari asosida amalga oshiriluvchi jarayon ekanligini tan olish kerak. Mazkur sub’ektivlik umumiy boshqaruv madaniyatida, boshqaruvchilarning boshqaruv usullarida, maqsad va manfaatlarda o‘z aksini topadi. SHuning uchun boshqaruv darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, unda sub’ektivlikning ijobiy va salbiy ko‘rinishlarining namoyon bo‘lish darajasi ortadi. Boshqaruvdagi sub’ektivlikning xarakteri ko‘p hollarda jamiyatning asosiy maqsadini tashkil etishdagi tanloviga bog‘liq.

Global maqsadning ustunligi qonuni sotsial boshqaruvning asosini tashkil etadi. Uning mohiyati shundan iboratki, har qanday sotsial tizim bir nechta tagtizimlardan tashkil topgan bo‘ladi. Misol uchun iqtisod, siyosat, madaniyat, tashkiliy, sotsial, texnik va h.k. mazkur tagtizimlarning birlashuvi sotsial tizimning yaxlitligini ta’minlaydi. Mazkur yaxlitlikning ta’minlashi uchun tagtizimlarda mavjud bo‘lgan maqsadlarni o‘ziga bo‘ysssundiruvchi va ulardan ustun turuvchi bosh maqsad mavjud bo‘lishi kerak.

Sotsial boshqaruvning muhim qonuniyati uning doktrina xususiyatiga ega ekanligi. Boshqaruv jarayoni davomida sotsial dokrinaning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi boshqaruv ta’sirining tizimliligini ifodalab beradi. SHuning uchun sotsial doktrina global texnologiyaning bir turi bo‘lib, sotsial tizimningg geosiyosiy maydondagi o‘rnini aniqlab beradi. Ma’lum millatning tub sotsial ehtiyojlarini amalga oshirishdagi asosiylarini ko‘rsatib beradi, ularni amalga oshirishning mexanizmlarini (iqtisodiy,txalqaro, madaniy, ekologik, harbiy) o‘z ichiga oladi va asosiy strategik maqsadlarni, islohot davomidagi asosiy sotsial yo‘nalishlarni aniqlash, fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan har xil turdagi siyosatni amalga oshirish uchun asos sanaladi.

Sotsial doktrinanai ishlab chiqish uchun mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, tarixiy tajribani, dunyoviy taraqqiyotga va geosiyosiy maydonning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillarni ilmiy jihatdan chuqur tahlil qilish talab etiladi.

Mazkur bosqichda sotsial doktrina quyidagi holatlarni alohida ajratib ko‘rsatadi:

Birinchidan, asosiy milliy manfaatlarni ajratadi. Davlat manfaati asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Davlat manfaati ob’ektiv va sub’ektiv bo‘lishi mumikn. U davlatdagi siyosiy rejim, boshqaruv shakli, hokimiyat va jamiyatning o‘zaro munosabatlari tizimidan tashkil topgan bo‘ladi.

Ikinchidan, mamlakatning millimy xavfsizligining ta’minlanishiga bevosita aloqador bo‘lgan manfaatlar mavjud bo‘lib, davlatning bunday manfaatlari iqtisodiyot, siyosat, ijtimoiy, harbiy sohalarni qamrab oladi. Bunda davlatnitng asosiy harbiy ehtiyoji va manfaati davr talabiga va tazyiqlarga javob bera oladigan kuchli armiyani yaratishdan iborat. Iqtisodiy manfaat sotsial strukturaning barcha tagtizimlarini qudrat va resurslar bilan ta’minlanishini nazarda tutadi. Asosiy sotsial manfaat sifatida jamiyatdagi barqarorlik holatini ta’minlanishi, sotsial integratsiyaning yuqori darajasiga erishish, jamiyat sotsial stratifikatsiyasidagi yirk sotsial uzilishlarning oldini olish holatlari kiradi. Madaniyat sohasidagi davlatning manfaatlariga yagona, umumiy madaniy olamning shakllanishi, asosiy qadriyatlarning yaratilishi holatlari tushuniladi. Natijada millat o‘zini yagona madaniyatga tegishli ekanligini va davlatining dunyo sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini aniq anglay oladi.

Davlat magnfaatlari jamiyatdagi ma’lum guruh va qatlamlarning manfaatlariga zid bo‘lishi mumkin. Jamiyatning barqarorligini tax’minlashning asosiy omillaridan biri jamiyat manfaatlarining uyg‘unlashtirilishi. Ba’zan qat’iy totalitar tizim asosida shakllantirilgan davlat manfaatlari ob’ektivlikdan yiroqlashib, sub’ektiv mohiyatga ega bo‘lishi va yirik sotsial qatlamlarning manfaatlarini inobatga olmasligi mumkin. Davlat manfaatlarini aniqlashdagi sub’ektivlik holati butun sotsial tizimning faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

Uchinchidan, sotsial doktrina sotsial maqsadlarga etishishni, millat genofondini saqlashni, aholi umrining uzayishini, o‘lim ko‘rsatkichining pasayishini, umuman fuqarolarining yashash darajasining ko‘tiarilishini ta’minlovchi birlamchi resurslarni aniqlab beradi. Sotsial doktrina umumiy tarzda sotsial soha, jamiyatning sotsial maqsadlari va ularni amalga oshirishning prinsipial mexanizmlari haqida tasavvurlarni o‘z ichiga qamrab oladi.

Sotsial doktrinani yaratish mantiqiy jihatdan quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:


  1. Boshqaruv fpaoliyaning ta’sir ob’ekti sanalgan sotsial sohaning chegaralarini aniqlash;

  2. Mazkur sohadagi muammoli vaziyatni aniqlash;

  3. Sotsial dasturdagi harakatlarni amalga oshirish nuqtai nazaridan uzoq va o‘rta muddatlilarini aniqlashtirish va algoritmini ishlab chiqish;

  4. Jamiyat sotsial xavfsizligining ta’sinlanishi konsepsiyasini ishlab chiqishda asos bo‘lgan jamiyat sotsial tashkilotining asosiy prinsipial mexanizmlarini aniqlash.

Bugungi kunda ijtimoiy rivojlanishning aniqlashtiruvchi qonuni sotsial siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo‘lib, u “sotsial davlat” va “ijtimoiy chegaralangan bozor” tamoyillarini amalga oshirishning asosiy mexanizmi sanaladi. U o‘z navbatida faqat sotsial doktrina asosida shakllanadi.

Zamonaviy sotsial boshqfaruvning asosiy qonunlaridan biri boshqaruv vazifalarini topshirish sanaladi. U o‘z ichiga vazifalar, huquqlar, manbalarning xalqning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga o‘tishini, ularning mustaqil faoliyatining shakllanishini, o‘zini nazorat qilish va rivojlantirish kuchlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Asosiy nazarni nazariya va amaliyotning muvoffiqligiga qaratish kerak.

Sotsial boshqaruvning amaliyotida quyidagi qonuniyatlar amal qilishi kerak:


  1. Sotsial boshqaruv tizimining butunligi. Mazkur butunlik sotsial rivolanishning madaniy, siyosiy, iqtisodiy omillari bilan belgilanadi. Bu boshqaruv munosabatlarining uzluksizligida, butun sotsial tizimning boshqaruvdagi ishtirokida o‘z ifodasini topadi.

  2. Sotsial tizimninrg boshqaurvchi va boshqariluvchi tagtizimlari o‘rtasidagi proporsionallik saqlanishi lozim. Mazkur tagtizimlar o‘rtasidagi proporsionallik ularning ichki va ular o‘rtasidagi munosabatlarning ratsional joylashuvini nazarda tutib, mazkur tagtizimlarning maksimal samarli faoliyatini ta’minlaydi.

  3. Sotsial boshqaruv funksiyalarining markazlashtirilishi va xussiylashtirilishi o‘rtasida optimal mutanosiblik saqlanishi lozim. Boshqaruvning tmarkazlashtirilishi jamiyatning rivojlanishi barobarida o‘zgarib boradi. rivojlanishning har bir bosqichi uchun markazlashtirishning o‘ziga xos darajasi aniqlanishi lozim. Boshqaruvning markazldashtirilishi va xusuiylashtirilishi sotsial bboshqaruvning qonuniyatlaridan bir sanaladi.

  4. Jamiyatning turli qatlamlari sotsial boshqaruvda ishtirok etishi lozim. CHunki jamiyatning moddiy va ma’naviy boyliklarini ishlab chiqarishda jamiyatning turli tabaqa vakillari ishtirok etadi va bu boshqaruvning samaradorligini oshirish hamda vazifalarni bajarishdagi mas’uliyatning ortishiga olib keladi.

Boshqaruv sotsiologiyasining tamoyillari deyilganda, jamiyatda hosil bo‘lgan sotsial sharoitlar holatida boshqaruv organlarining boshqaruvni amalga oshirishda amal qiladigan xatti-harakat normalari tushuniladi. Mazkur normalar sotsial boshqaruvning tizimi, strukturasi, jarayonlari va mexanizmlariga bo‘lgan talablarni aniqlab beradi.

Sotsial boshqaruvning tamoyillari - bu boshqaruv munosabatlarining rivojlanish qonunlarini aks ettiruvchi asosiy g‘oyalar va holatlardir.

Sotsial boshqaruvning tamoyil, qonun va qonuniyatlarini quyidagi holatda tasavvur qilish mumkin: sotsial rivojlanish qonunlari → sotsial rivojlanishning ma’lum bosqichiga mos bo‘lgan qonunlar → sotsial boshqaruvning qonun va qonuniyatlari → sotsial boshqaruv tamoyillari.

Sotsial boshqaruvning tamoyillari va usllari o‘rtasidagi farqlar shundani iboratki, boshqaruv tamoyillari tanlanmaydi, ularga amal qilinadi

Sotsial boshqaruvning asosiy tamoyillari quyidagilar:


  • Qarorlarni qabul qilishda bitta organ tomonidan amalga oshirilishi va ularni guruh bo‘lib muhokama qilish;

  • Sotsial tizim butunligini ta’minlash maqsadida boshqaruv metodlarining birgalikdagi ta’siri;

  • Soha va hududiy boshqaruvning birikishi, muvoffiqligi;

  • Strategik maqsadlarga etishishdagi muhimlilik xusuiyati;

  • Sotsial boshqaruvning ilmiy asoslanganligi;

  • Sotsial boshqaruvning bashorat qilinishi;

  • Mehnat motivatsiyasi;

  • Sotsial boshqaruv natijalari uchun mas’uliyatlilik;

  • Kadrlarni ratsional tanlash, tayyorlash, joylashtirish va ulardan ratsional foydalanish;

  • Boshqaruvning kam chiqimliligi va samaradorligi;

  • Tizimlilik, ya’ni boshqaruv ob’ekti va sub’ektining turli qatlamlardan iborat bo‘lgan tizim sifatida ko‘rish;

  • Ierarxiya, ya’ni ko‘p elementlardan tashkil topgan bosqichli boshqaruv tizimi;

  • Turli-tumanlik (murakkablik) sharti, boshqaruv sub’ekti boshqaruv ob’ekti kabi murakkab bo‘lishi kerak;

  • Aloqalarning ikki tomonlama bo‘lishi, ya’ni boshqaruvchi sub’ekti bajarilgan vazifalarning amalga oshirilayotgani haqida ma’lumotlarni olishi lozim;

  • YAgona maokaz va guruhitylikning mujassalashuvi;

  • Vaziyatni inobatga olib qarorlarni qabul qilish, ya’ni jamiyatdagi turli noroziliklarni inobatga olish;

  • Dasturiy-maqsadli ta’minot;

  • Boshqaruvdagi insoniylik va ahloqiylik tamoyili;

  • Qarorlarni qabul qilishdagi ochiqlik.

Boshqaruv tamoyillari asosida boshqaruv usullari tizimi va alohida metodlar tanlanadi. Ammo har bir alohida metod tamoyilga shu darajada aks ta’mir ko‘rsatmaydi.

SHunga ko‘ra, sotsial boshqaruv tamoyillari quyidagilarga asoslanishi kerak:



  • Jamiyatning rivojlanishi va boshqaruv qonunlarga asolanishii kerak;

  • Sotsial boshqaruv maqsadlariga muvoffiq kelishi va boshqaruvning asosiy xususiyatlari, aloqalari va munosabatlarini aks ettirishi kerak;

  • Sotsial boshqaruvning vaqt va hudjudiy xususiyatlarini inobatga olishi lozim;

  • Lozim bo‘lgan paytlarda huquqiy shaklga kirishi va normativ hujjatlar bilan ta’minlanishi lozim.





  1. Download 0,98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish