Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»



Download 0,98 Mb.
bet71/127
Sana16.05.2020
Hajmi0,98 Mb.
#52003
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127
Bog'liq
Sotsiologiya yangi darslik

3.Shaxs sotsializatsiyasi

Shaxsning shakllanishida sotsializatsiya jarayoni va uning asosiy kanallarining o‘rni muhim sanaladi. Bunda oila instituti va ijtimoiy tarbiya institutining ta'siri katta. Shaxsning sotsializatsiya jarayonini quyidagicha tasvirlash mumkin: (rasm 7.3.1).



Rasm 7.3.1.


Ishlab chiqarish kollektivi



Ish vaqti

Sotsial birliklar (uyushmalar)

Ijtimoiy tarbiya tizimi

Xalq,

millat


Shahar,

qishloq


Ish bilan bog’liq bo’lgan ishdan tashqari vaqr

Ma’naviy hayot



Siyosat


Tabiiy ehtiyojlarni qondirish uchun vaqt

Shaxs


Iqtisod

Birlamchi oila

Oila

Uydagi mehnat va o’zini parvarish qilish



Bo’sh vaqt

Inson o‘sishi barobarida turli sotsializatsiya kanallari orqali yangi bilim va normalarni o‘zlashtiradi. Shu asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan qadriyatlar tizimini yaratadi. Ammo inson shaxs sifatida shakllanganidan so‘ng ham uning jamiyat bilan munosabatlari uzilib qolmaydi, u shakllanishda va takomillashishda davom etadi. Unga ikki tizim eng ko‘p ta'sir ko‘rsatadi: oila va mehnat jamoasi.

«Sotsializatsiya» tushunchasi XIX asr oxirida - paydo bo‘lib, shaxsning o‘z hayoti mobaynida o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatning ijtimoiy me’yorlari va madaniy qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayonini anglatadi. Sotsializatsiya «shaxsni tarbiyalash», «shaxsni shakllantirish» tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq, biroq u kengroq tushuncha bo‘lib, insonga nisbatan bo’lishi mumkin bo’lgan barcha ta’sirlarni qamrab oladi.

Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, u shaxs bo‘lib shakllanadi. Insonning shaxs bo‘lib shakllanishi va qaror topishi sotsializatsiya jarayoni nomi bilan ataladi. Sotsializatsiya jarayoni go‘daklikdan boshlanib, insonning so‘nggi kunigacha davom etadi. Mazkur jarayon davomida inson jamiyatdagi madaniyat normalarini va sotsial rollarni egallaydi. Boshqacha qilib aytganda, u o‘z “Men”ini topadi.

Bunda inson quyidagi jarayon va usullardan foydalanadi:

O‘rganish – yangi bilimlarni qabul qilish, sotsializatsyaning rudimentar shakli.

Tarbiyalash – sotsializatsiya agentlarining insonning ruhiy olami va xulq-atvoriga maqsadli ravishda ta'sir ko‘rsatishi.

Shaxs sotsializatsiyasining asosini normalarni o‘zlashtirish holati yotadi. Normalarga amal qilish jamiyatning madaniy darajasini aniqlab beradi.

Shaxs sotsializatsiyasi ikki bosqichni qamrab oladi:

1. Adaptatsiya (moslashish). Bu individning sotsial sharoitlarga, funksiyalarga, sotsial normalarga, sotsial guruhlarga, tashkilot va institutlarga, ya’ni muhitga moslashishidir. Sotsial adaptatsiya jarayoni, asosan oilada boshlanadi va shakllanadi. Oiladagi har qanday munosabatlar shaxsning sotsializatsiyasida o‘z aksini topadi. Shu boisdan individning shaxs sifatida shakllanishida oila asosiy rol o‘ynaydi.

2. Interiorizatsiya, ya’ni sotsial norma va qadriyatlarning individ ichki dunyosiga kirishi jarayoni. Shaxs sotsial muhitga qorishib ketmaydi, balki unga mustaqil birlik sifatida kiradi. Ko‘pgina nazariyalarda shaxsning sotsializatsiyasi, tashqi ta’sir ob’yekti sifatidagina qaraladi. Bu nazariyalarda asos qilib faqatgina sotsializatsiya yordamida sotsial o‘zgaradigan insonning tabiiy mohiyati olinadi; shaxsning aktivligi va unga beriladigan biologik xususiyatlar hisobga olinmaydi.

Sotsializatsiya shunga asoslanadiki, odam ijtimoiy faoliyati sifatida o‘zi ham ijtimoiy hayotining hamma sharoit va vaziyatlarini belgilovchi omildir. Shaxs sotsial ta`sirlanishning ob’yekti va sub’yektidir. Sotsializatsiya jarayonida belgilar tizimi muhim ahamiyatga ega. Belgilar yordamida jamiyat individlar faoliyatini boshqaradi. Individ sotsial faoliyat ko‘rsatish uchun sotsial jamoada qabul qilingan belgilar va ularni ishlatish usullarini o‘zlashtirgan bo‘lishi kerak.

Shaxsning sotsializatsiya jarayoni quyidagi davrlarni o’z ichiga oladi: bolalik, o‘spirinlik, balog‘at yoshi, ota-onalik, keksalik.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish