Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


-mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik



Download 0,98 Mb.
bet62/127
Sana16.05.2020
Hajmi0,98 Mb.
#52003
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127
Bog'liq
Sotsiologiya yangi darslik

6-mavzu. Sotsiologiyada sotsial stratifikatsiya va sotsial mobillik

Reja:

  1. Sotsial stratifikatsiya tushunchasi, uni o’rganishdagi yondashuvlar

  2. Stratifikatsiya modellari va turlari

  3. Sotsial mobillik tushunchasi va uning turlari

  4. Jamiyat sotsial stratifikatsiyasidagi o‘zgarishlar va uning o‘ziga xos jihatlari

1. Sotsial stratifikatsiya tushunchasi, uni o’rganishdagi yondashuvlar

Sotsial stratifikatsiya – jamiyat va uning qatlamlari tuzilishini, ijtimoiy tabaqalanish, tengsizlik belgilari tizimini ifodalaydi. Stratifikatsiya (lot stratum - qatlam va fatsio – bajaraman) - jamiyat tuzilmasi, alohida qatlamlari, ijtimoiy tabaqalanish belgilari tizimi va tengsizlikni ifoda etuvchi sotsiologik tushunchadir.

Daromad, hokmiyat, prestij va ma'lumotlilik darajasi insonninng ijtimoy-qtisodiy statusini aniqlab berib, uning jamiyatda egallagan o‘rnini ko‘rsatib beradi. Bu xolatda status stratifikatsiyani umumlashtiruvchi ko‘rsatkich sifatida namoyon bo‘ladi. Belgilangan statuslar qatiy belgilangan stratifikatsion tizim, ya'ni yopiq jamiyatni anglatadi. Ma'lumki, yopiq jamiyatlarda bir stratadan boshqasiga o‘tish qat'iyan man etilgan bo‘ladi. Bundan tizimlarga quldorlik, kasta va soslovie mavjud bo‘lgan jamiyatlar kiradi.

Erishiladigan statuslar siljuvchi yoki harakatdagi stratifikatsion tizimlarga xos bo‘lib, ochiq jamiyatlarda kuzatiladi. Ochiq jamiyatlarda insonlarning bir stratatdan boshqasiga erkin harakatlanishiga yo‘l ochib berilgan bo‘ladi. Bunga sinflar va kapitalistik munosabatlar o‘rnatilgan zamonaviy jamiyatlarnr misol qilishimiz mumkin. Jamiyat stratifikatsiyasininng tarixiy jihatdan qaror topgan tiplari shular sanaladi.

Stratifikatsiya sotsiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri sifatida jamiyatning ijtimoiy tarkibi, ijtimoiy guruhlari va ularni tabaqalanishi belgilari tizimini o‘zida aks ettiradi. Hozirgi zamon stratifikatsion yondashuvining nazariyotchilari ijtimoiy guruhlarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki, jamiyatning asosan mulkka bo‘lgan munosabati asosida tabaqalashuvi xususidagi marksistik yondashuvni inkor etib, jamiyat ma'lumot, ruhiyat, maishiy shart sharoitlar, bandlik darajasi, daromad ko‘lamlari va boshqa belgilarga ko‘ra tabaqalanishini asoslab beradilar. Ular yuqoridagi belgilarga ko‘ra ajraluvchi ijtimoiy guruhlardan tashqari, yuqori tabaqa, o‘rta tabaqa va quyi tabaqa doimiy amal etishini ta'kidlaydilar.

G‘arb sotsilogiyasida jamiyat ijtimoiy tarkibi sotsial stratifikatsiya tushunchasi asosida o‘rganiladi. Demak stratifikatsiya G‘arb sotsiologiyasining asosiy tushunchalaridan biri bo‘lib, jamiyat ijtimoiy tarkibining ijtimoiy tabaqalarga, guruhlarga ajratilganini, jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni ifoda qiladi.

Maks Veber tomonidan sotsiologiyadagi sotsial stratalarni o‘rganish yoki stratifikatsiya nazariyasiga asos solingan. Ungacha K.Marks tomonidan jamiyat mulkka egalik qilish kriteriysi asosida ikki sinfga ajratilgan edi.

Karl Marks birinchilardan bo‘lib sinf tushunchasini aniqlashtirgan va ishlab chiqqan. Unga ko‘ra, ijtimoiy sinflar – bu mehnatni tashkil etishdagi roli, ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan munosabati, mehnat jarayonida egallagan joyi, mol-mulkka erishish usullari va uning shakliga ko‘ra, shuningdek,sotsial statusiga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi insonlarning yirik guruhlari. Har bir jamiyatda eng kamida ikkita sinf mavjud bo‘ladi. Unga ko‘ra, jamiyat mulkdorlar sinfi va mulksizlar sinfiga ajratilgan. Marksning nazariyasida mulkdorlar sinfi deyilganida ishlab chiqarish vositalariga ega bo‘lgan quldorlar, feodallar, burjua vakillari tushunilgan. Mulksizlar esa ishlab chiqarish vositalariga hamda mulkka egalik qilish huquqidan mahrum bo‘lganlar kirgan. Bularga qullar, proletariy va krestyanlar kirgan.

Ammo aytib o‘tish kerakki, Marksning sinflar nazariyasida intelligensiya kabi ba'zi guruhlar kiritilmagan.Olim ularni mazkur ikki sinf oralig‘idagi ko‘rinishlar, oraliq sinflar nomi bilan atagan. Aynan shu jihati bilan mazkur nazariya XIX asr oxiriga kelib o‘zining tor doirada ekanligini ko‘rsatdi. Natijada M.Veber tomonidan stratifikatsion nazariya yaratildi.

M.Veberning stratifikatsion nazariyasida112 jamiyat a'zolarini guruhlarga ajratishdagi kriteriylar soni ortgan. Mulkka bo‘lgan munosabat va daromad miqdori kabi iqtisodiy ko‘rsatkichlardan tashqari hokimiyatga bo‘lgan munosabat va prestij kriteriylari kiritildi. Prestij deyilganida, inson tomonidan tug‘ilganida yoki umri davomida o‘zining shaxsiy xislatlari tufayli jamiyatda egallagan sotsial statusi tushuniladi.

Maks Veber stratifikatsion jarayonlar mohiyatini ochishda ratsionalistik asosida yondashadi va ratsionalistik omilning muhimligiga alohida ahamiyat beradi. Maks Veber fikricha ratsionalizm Yevropa xalqlari tabiatiga xos bo‘lib, bu omilni ijtimoiy voqe’likning barcha sohalariga joriy etish zarur, deb hisoblaydi. Uni amalda qo‘llash uchun quyidagi prinsipni joriy etishni taklif etadi. Iqtisodiyotda – deydi u, - ikki yoqlama hisob-kitobni amalga oshirish tizimiga o‘tish, axloq borasida esa – to‘g‘ri va teng munosabatlarga amal qilishga, erishishni, siyosatda – parlamentarizmga amal qilib, rasmiy huquq va ma'muriy boshqaruv institutlarini joriy etish zarurligini, musiqa sohasida esa – yevropaga xos notalar tizimini va unga mos texnik (cholg‘u asboblari) vositalarini uyg‘unlashuv me'yorlariga o‘tish g‘oyasni targ‘ib etadi. U hamma sohaga umumplanetar axloq va turmush tarzi faqat Yevropa xalqlarigagina xos deb hisoblab, bu sohada u milliylikda alohidalikni (ya'ni yevropachalik tizimni) iqtisodiyot, siyosat va huquq va boshqaruvda, axloqda umumiylikni ulug‘lab dualizm – ikki tomonlamalik pozitsiyasiga amal qiladi. Shu sababli Maks Veber hamma narsalarning jamiyatda yakkalikdan umumiyning (“xusus”dan “Umumning”) kelib chiqishdek umumiy qonuniyatni unutadi.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish