Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Sekulyarizatsiya sotsiomadaniy fenomen sifatida



Download 0,98 Mb.
bet87/127
Sana01.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#299143
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

5. Sekulyarizatsiya sotsiomadaniy fenomen sifatida

Sekulyarizatsiya yevropa tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, burjuaziyaning yuksalishi hamda zamonaviy olamning shakllanishi uchun asos sanaladi. U Dyurkgeym va Veber kabi olimlarrning diqqat markazida bo‘lgan.

XV-XVI asrlardan boshlab yevropa jamiyatida dinning ahamiyati va nufuzi pasayib borgan. Sekulyarizatsiya – bu jamiyat hayotiningn turli jabhalarining din ta'siri va nazoratidan forig‘ bo‘lishi jarayonidir.

“Sekulyarizatsiya" atamasi mazkur ma'noda ilk bor 1646 yil Vestfal tinchlik shartnomasini imzolash paytida ishlatilgan. Ular g‘olib tomonlarning urush davomida ko‘rgan talafotlarining o‘rnini diniy monastrlar mulkini musodara qilish orqali to‘ldirish mazmunida qo‘llashgan. Dunyoviy davlat hisobigav cherkov yerlarining musodara qilinishi amaliyoti XVII- XVIII asr yevropa monarxlari tomonidan keng qo‘llanilgan. Ammo Taleyran tomonidani 1789yilda bo‘lgan Fransiya milliy yig‘ilishida bildirgan taklifi mazkur jarayonning jadallashuvitga olib keldi. Natijada cherkovning barcha mulki millat tasarrufiga o‘tkazildi. Bu xolat cherkov mulkining musodara qilinishi hamda monastrlarning bekitilishini nazarda tutgan.

Natijada sekulyarizatsiya tushunchasi keng ma'noda qo‘llanila boshlandi. U zamonaviy madaniyatni va dunyoviy davlatni shakllantiruvchi omil sifatida talqin qilina boshlandi. XVII ars boshlarida Venetsiya respublikasida kuzatilgan jarayonlar mazkur holatning misoli bo‘lishi mumkin. Venetsiyada o‘sha davrda fuqarolarning cherkovlarga ajratadigan moddiy yordami miqdori chegeralanib qo‘yildi, dalat tomonidan cherkov binolarining qurilishi nazorat ostiga olindi, jinoyatda ayblangan din vakillari oddiy fuqarolar kabi sud oldida javo berishi tartibi o‘rnatildi, dindorlar va ularnring oila a'zolari hukumat atrkibidan chiqarib tashlandi. Venetsiya salib yurishlarida qatnshishdan qat'iyan voz kechgan. Venetsiyaning mazkur xatti-harakatlari va yangi tartiblari Rim tomonidan salbiy qabul qilingan.

Aslini olganda jamiyatdagi sekulyarizatsiya jarayoni dinning mavjudligini xavf ostiga qo‘ymaydi. U shunchaki diniy va dunyoviy tushunchalarni bir-biridan farqlaydi.

Rim papaligi tomonidan sekulyarizatsiya jarayoniga qarshi kurashish holatlari XVI-XVII asrlarda amalga oshirilgan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Shundan so‘ng papalik boshqa hyech qachon dunyoviy davlatga qarshi chiqish urinishlarini amalga oshirmadi.

Sekulyarizatsiya jarayoning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bu iqtisodiyotdir. Kapitalizm va sanaotlashtirilish jarayoni dinning davlatdan adjralish jarayonini tezlashtirib yubordi. Iqtisod sohasidan boshlab sekulyarizatsiya jamiyatning boshqa sohalariga tarqala boshladi. Angliyaning rivojlanishi bunga misol bo‘la oladi. Sanoat rivojlanishi ortda qolayotgan davlatlarda siyosat seulyarizatsiyani tezlashtirishda muhim o‘rin tutgan. Bu holat XVIII asrda Fransiya va Rossiyada kuzatilgan. Bugungi kunda rivojlanish darajasi past bo‘lgan davlatlarda mazkur jarayonning namoyon bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin.

Yevropadagi ma'naviy uyg‘onish davri jamiyatning sekulyarizatsiya jarayonini yanada jadallashtirdi. U inson ongining diniy ta'qiqlar va dogmalardan xoli bo‘lishi g‘oyasining keng tarqalishiga olib keldi. Shunga ko‘ra, sekulyarizatsiya zamonaviy jamiyatni va madaniyatni shakllantirgan omil sifatida baholanishi mumkin. Chunki u jamiyatda din instituti va diniy tashkilotlarning o‘rnini, ularning ta'sirini va vazifalarini tubdan o‘zgartirdi.

Sekulyarizatsiyani dinning boshqa sohalardan butkul uzilishi sifatida tushunmaslik kerak. Albatta bugungi kunda ham din siyosat, madaniya, iqtisod sohalari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Ko‘pchilik sotsiologlarning fikricha, sekulyarizatsiya qaytarilmaydigan jarayon sanaladi va dinning ta'sir doirasi chegaralanishi, qisqarib borishini nazarda tutadi. Boshqa sotsiologlar esa sekulyarizatsiyani dinning namoyon bo‘lish shaklining o‘zgarishi sifatida baholashadi. Unga ko‘ra, o‘z umrini tutatgan dinnning o‘rnini yangi din shakllari egallaydi. Shu nuqtai nazaridan sekulyarizatsiya normal jarayon sanalib, vaqt o‘tishi bilan u dinning yangi qandaydir shakllarining nufuzi ortishiga olib kelishi mumkin.

P.Bergerning fikricha, sekulyarizatsiya jarayoninning oqibatlari har bir individ uchun individual ma'no kasb etadi. U o‘zining "Muqaddas parda" (1967) nomli asarida sekulyarizatsiya iqtisod va sanoatlashuv sohasidan boshlanib, siyosat sohasiga o‘tishini ta'kidlagan. Shu bilan birgalikda din ongning bir shakli sifatida inson hayotida muhimligini hamda siyosiy nuqtai nazardan mafkura tarkibida faoliyat olib borishi kerakligini aytib o‘tgan.

Olim sotsial strukturalar darjasidagi sekulyarizatsiyani “ob'ektiv sekulyarizatsiya” nomi bilan atagan va u “sub'ektiv sekulyarizatsiya” bilan birgalikda amalga oshishini ta'kidlagan, ya'ni “ko‘cha odami” borgan sari o‘zining dinga bo‘lgan qiziqishi va ehtiyojini yo‘qotib boradi. uning kundalik hayoti cherkovga murojaat qilishni nazarda tutmaydi. U diniy odatlar va burchlani keyinga surishga odatlanib qoladi va ko‘p hollarla ularni unutib qo‘yadi.

Bergerning fikricha, dinning oilaga ta'siri ham kundan-kunga pasayib bormoqda. Din jamiyatni yagona tizimga birlash tiruvchi muqaddas qadryait maqomini yo‘qotib bormoqda. Din individning shaxsiy tanlovi masalasiga aylanishi barobarida yagona qadriyat va yagona hayotiy yo‘l maqomini yo‘qotib bormoqda. Dtin har bir insonning shaxsiy ishiga aylanib qolganligi uchun dinning roli va ahamiyati kamayib bormoqda.

T.Parsons va R.Bellning fikricha, jamiyatdagi qarashlarrning plyuoralizatsiya tufayli ortishi oqibatida sekulyarizatsiya jarayoni davomida dinga bo‘lgan qarashlarr ham o‘zgaradi. Ammo mazmunan din o‘zining mohiyatini yo‘qotmaydi. Dinning sotsial guruh va insonning dunyoqarashi va xatti-hharakatlariga ta'sir ko‘rsatish mexanizmlari o‘zgaradi, xolos.


Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish