Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»


Boshqaruvning samaradorligida sotsial nazoratning ahamiyati



Download 0,98 Mb.
bet91/127
Sana01.01.2022
Hajmi0,98 Mb.
#299143
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127
Bog'liq
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti «sotsiologiya»

Boshqaruvning samaradorligida sotsial nazoratning ahamiyati

Sotsial boshqaruv faqatgina qarorlarni qabul qilishdan iborat emas. U o‘z ichiga sotsial nazoratni ham qamrab oladi. Sotsial nazorat qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlab, qarorlar bajarilishi barobarida yuzaga kelgan turli xil holatlarda ularga o‘zgartirish va to‘g‘irlashlar kiritish imkonini beradi. SHuning asosida ish faoliyatining keyingi bosqichlari yanada samaraliroq bo‘lishi ta’minlanadi.

Nazorat va boshqaruv samaradorligini baholash – bu boshqaruv faoliyatining so‘nggi bosqichi sanaladi.

Sotsial nazorat – bu jamiyatda o‘rnatilgan norma va qadriyatlarga mos bo‘lgan ravishda jamiyat a’zolarining xatti-harakatlari va faoliyatining bajarilishini ta’minlovchi usullar va vositalar majmuasi.

Ijtimoiy tartibga ko‘ra boshqaruv sub’ekti ma’lum boshqaruv qarorlarini ishlab chiqqach, ularning bajarilishini nazorat qilishi va talab qilishi lozim.

Sotsial nazoratni amalga oshirishning uchta usuli mavjud:


  1. Samarli tarbiya va sotsializatsiya. Insonlar o‘zlari anglagan holatda jamiyatdagi qadriyatlarni qabul qilishi holati nazarda tutilmoqda.

  2. Majburlov. Mazkur usul ma’lum sanksiyalarning qo‘llanilishi orqali qarorlarning bajarilishini ta’minlashni nazarda tutadi. Misol uchun jamiyat qadriyatlari va boshqaruv qarorlari bir-biriga muvoffiq kelmasa, shunday holat yuzaga kelishi mumikn.

  3. Mas’uliyat. Siyoisy mas’uliyat, iqtisodiy mas’uliyat, yuridik mas’uliyat va h.k. so‘nggii paytlarda gurhiy mas’uliyat jamiyat hayotida tobora keng yoyilmoqda.

Sotsial nazoratning samaradorligi bevosita mamlakatda shakllangan fuqarolik jamiyatiga, undagi sotsial institular rivojlanganlik darajasi va faoliyatiga bevosita bog‘liq. Jamiyatda sotsial instiutlar nimjon shakllangan bo‘lsa, sotsial nazorat faqat davlat nazorati shaklida namoyon bo‘ladi. Sotsial nazorat o‘z mohiyatiga ko‘ra hisobotga tenglashtirilmasligi lozim.

Sotsial nazorat davlat barqarorligi va boshqaruvchi strukturalarning faoliyatining ta’minlanishida muhim o‘rin tutadi. U jamiyat va shaxs, jamiyat va sotsial guruhlar, jamiyat va sotsial institutlar hamda ular o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizmlardan biri sanaladi.

Sotsial nazoratning asosiy vazifasi o‘z vaqtida o‘rnatilgan normalardan og‘ishlarni aniqlash va monitooring asosida tegishli qarorlarni qabul qilishdan iborat. Ammo mazkur nazorat davomida olingan qo‘shimcha ma’lumotlar asosida avval boshdan rejalashtirilgan maqsadlar o‘zgarishi, aniqlashtirilishi, to‘g‘rilanishi mumkin.

Sotsiologiyada sotsial nazoratning quyidagi funksiyalari ajratib ko‘rsatilgan:



  • Diagnostika. Tahliml qilinayotgan otizimning ideal shakldagi ko‘rinishini nazarda tutib, unga taqqoslash asosida og‘ishlar aniqlanadi. Og‘ishlar aniqlangach, ularni bartaraf etuvchi dasturlar ishlab chiqiladi.

  • Javob aloqa. Boshliq boshqariluvchilarning faoliyatidan doimiy ravishda xabardor bo‘lishi lozim. Aks holda u faoliyatning yo‘nalishini bilolmay, uni yo‘naltirish vazifasini bajarishni amalga oshirolmaydi.

  • Yo‘nalish (orientir). Ma’lum vazifalarning bajarilishi domiy nazorat ostida bo‘ladi. Boshqalari esa odatda chetda qoladi va ularning bajarilishi yuzaki amalga oshrilishi mumkin.

  • Rag‘bat. Mehnat faoliyati jarayoniga barcha band bo‘lmagan manbalarni jalb etish mehnat unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

  • Korreksiya (To‘g‘rilash). Nazorat natijalari asosida faoliyat jarayoniga ma’lum o‘zgartirishlar kiritilishi. Bu tashkilot a’zolarining barchasidan o‘zaro nazorat qilish vazifasini bajarishni talab qiladi.

  • Tarbiya funksiyasi. To‘g‘ri amalga oshirilgan nazorat har doim sidqidildan mehnat qilish va o‘z vazifalarini bajarish ishtiyoqini yuzaga keltiradi.

Boshqaruv amaliyotida nazoratning uchta turi qo‘llaniladi:

  1. Xomaki (birlamchi) nazorat. U bevosita boshqaruv qarorining qabul qilinishidan oldin amalga oshiriladi. Uning maqsadi mazkur qarorni assolashdan iborat.

  2. Davom etuvchi nazorat. Qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi davomida amlaga oshrilib, uning asosida qarorlaga ma’lum tuzatishlar kiritilishi mumikn.

  3. So‘nggi nazorat. Boshqaruv faorliyati va qarorlarni qabul qilish jarayonining samaradorligini aniqlaydi.

YUqorilagilar asosida sotsial nazorat ob’ektiv jihatdan muhim va kerakli amaliyot ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish