Tayanch tushunchalar
Test savollari
Sotsiologiyaning ob'ekti, predmeti, maqsad va vazifalari, fan sifatida tashkil topishi, ijtimoiy fikrning tarixiy rivojlanish bosqichlari, fanlar tizimida tutgan o‘rni, asosiy ilmiy nazariyalar, sotsiologiyaning asosiy tushuncha va kategoriyalari tizimini o’rganishdan asosiy maqsad nima?
jamiyatni tadqiq etuvchi ko‘plab ijtimoiy-gumanitar fanlardan farqini va mohiyatini anglash maqsadida
sotsiologiyaning aniq fanlardan farqini o‘rganish maqsadida
sotsitologiyaning falsafadan farqini aniqlash maqsadida
sotsiologiyaning jamiyat hayoti uchun kerakliligini aniqlash maqsadida
sotsiologiya fani nechanchi asrda vujudga kelgan?
XIX asr ikkinchi yarmida
XX asr ikkinchi yarmida
XX asrning boshlarida
XIX asr birinchi yarmida
Qadimgi Xitoyda adolatli jamiyat borasidagi dastlabki izlanishlarni ilgari surgan va o‘ziga xos diniy ta'limotni yaratgan mutafakkir kim?
Kun-szi
Chjou-gun
Xilon
Sokrat
“Agar jamiyat qonunlar vositasida boshqarilsa, tartib, jazo belgilash vositasida ta'minlansa, odamlar jazodan o‘zlarini olib qochishga intiladilar. Chunki ular or-nomusni o‘zlarida his qilmaydilar; Agar ma'naviy – ahloqiy vositalar yordamida boshqarilsa, tartib qadriyatlar orqali ta'minlansa, odamlar or-nomus nimaligini his qiladilar, xalol va sofdil bo‘lishga intiladilar” so‘zlari kimga tegishli?
Konfutsiy
Suqrot
Aristotel
Platon
Farobiy
Platonning ijtimoiy qarashlari qaysi asarlarda o‘z ifodasini topgan?
“Kriton”, “Bazm”, “Fedon”, “Gipiy Kichik”
“Davlat”, “Qonunlar”
“Fedon”, “Gipiy Kichik”, “Davlat”, “Qonunlar”
“Gipiy Kichik”, “Davlat”, “Qonunlar”
“Gipiy Kichik”, “Davlat”, “Kriton”
Eng oliy g‘oya sifatida talqin qilingan Yaratguvchi va ezgulik g‘oyasi kimga tegishli?
Platon
Sokrat
Aristotel
Ksenofont
Sitseron
Beruniy
Platonning fikricha, Ideal tipdagi davlatda ierarxiya fuqarolarning qaysi qobiliyatlariga asoslanadi?
bo‘ysunuvchanlik, jasorat, adolat va donolik
bo‘ysunuvchanlik, takabburlik, bilimdonlik
jismoniy baquvvatlik, aqliy zukkolik, mehnatkashlik
ijodkorlik, tashkillashtirish qobiliyati, boshqaruvchanlik
donolik, jasorat, kamtarinlik, zahmatkashlik
Qaysi olimning fikricha, davlat tabiiy ravishda va tarixiy rivojlanish natijasida oiladan boshlab shakllanadi?
Arastu
Aflotun
T.Gobbs
J.Lokk
J.Mill
Sh.Monteske
Russo
Farobiy
Abu Nasr Farobiy jamoani qanday toifalarga ajraib o‘rgangan?
uch toifaga: buyuk jamoa; o‘rta jamoa; kichik jamoa
ikki toifaga: buyuk jamoa, kichik jamoa
to‘rt toifaga: ulkan jamoa, yirik jamoa, o‘rta jamoa, kichik jamoa
ikki toifaga: jamiyat va jamoa
Beruniyning etnosotsiologik g‘oyalarni qaysi asarida uchratish mumkin?
“Qadimgi xalqlardan qolgan tarixiy yodgorliklar”
Hindiston
Mineralogiya
Fozil odamlar shahri
Davlat
Sharqda shartli ravishda sotsiologiyaning otasi nomini olgan olim?
Ibn Xoldun
Ibn Sino
Farobiy
Beruniy
XIX asr birinchi yarmi va o‘rtalarida amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlarning jamiyat va fan nuqtai nazaridan ob'ektiv ahamiyati nimadan iborat?
ular tabiatda yuz berayotgan voqea va hodisalarning o‘zaro aloqadorligini ochib berib, metafizik qarashlarning noto‘g‘ri ekanligini isbotladi
mavjud bo‘lgan fanlar dorasida yangi yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga olib keldi
sotsiologining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ldi
amaliy sotsiologiyani metodlar bilan ta'minladi
olimlarning yangi dunyoqarashini shakllantirdi
barcha javoblar to‘g‘ri
Qaysi yo‘nalish zamoanviy sotsiologiyaning asosiy metodlaridan biri sanaladi?
Strukturaviy–funksionalizm
Konfliktologik paradigma
Bixeviorizm
Belgili interaksionizm
Sotsial ayirboshlash (almashish)
Do'stlaringiz bilan baham: |