6. Fan-texnika dinamikasi. Fan-texnika taraqqiyotining sotsial jihatlari, ishlab chiqarish vositalari o‘zgarishlarining ijtimoiy sub’yektlari hayotiga ta’siri, axborot va kommunikatsiya bilan bog‘liq sotsiodinamik o‘zgarishlar fan-texnika dinamikasiga kiradi.
Sotsial dinamika abstrakt, mavhum qonuniyat ifodasi emas. Har bir mintaqa, ijtimoiy tuzumda o‘ziga xos sotsiodinamikani ko‘rishimiz mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o‘tkazilajak sotsiologiya tadqiqot albatta mintaqaviy, maxalliy sharoitlarga mos «tuzatish koeffitsientini ham o‘z ichiga olishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |