Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Vaqtni tejash qonuni – ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Vaqtni tejash qonuni – ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanib borishi 


89 
bilan jamiyat tomonidan hayotiy ne’matlar birligini yaratishga 
sarflanayotgan vaqtning qisqarib borishini ifodalovchi umumiy iqtisodiy 
qonun.
Vaqtni 
tejash 
ijtimoiy 
rivojlanishning 
iqtisodiy 
resurslarini 
umumlashtiruvchi darajasi hisoblanadi. Har qanday tejam oxir-oqibatda vaqtni 
tejashga borib taqaladi. Vaqtni tejash qonunining mazmuni jonli va buyumlashgan 
mehnatni, ya’ni muayyan davrda sarflangan ish vaqti jamg‘armasi hamda o‘tgan 
davrlardagi ish vaqti sarflarining natijasini tejashni o‘z ichiga oladi. Vaqtni tejash 
qonuni namoyon bo‘lishining aniq shakli bo‘lib quyidagilar maydonga tushadi: 
1)
mehnat unumdorligining o‘sishi; 
2)
mashina va jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi; 
3)
ishlab chiqarish material sig‘imining pasayishi;
4)
xo‘jalik nisbatlarining optimallashuvi. 
Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlardan 
biri mehnat unumdorligidir. 
Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt 
birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab 
chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat 
miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.
Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan 
vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat 
unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan belgilasak, 
mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi:
V
М
МU


Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ishlab 
chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi. Misol uchun, «A» korxonada 40 
kishi mehnat qilib, ular kun davomida 8 ming dona mahsulot ishlab chiqargan 
bo‘lsinlar. U holda, bir kishi kunida yaratilgan mahsulot 200 donani tashkil etadi. 
Agar mahsulot soni 10 ming donaga etsa, u holda bir kishi kunida yaratilgan 
mahsulot 250 donani tashkil etib, mehnat unumdorligi 125% (250×100/200) ga 
oshadi. 
Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi ko‘rsatkichidan ham 
foydalaniladi va uni ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi 


90 
evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda miqdori bilan aniqlanadi. Agar 
kapital unumdorligini – KU, ishlab chiqarishda qatnashgan kapital miqdorini – K, 
mahsulotni – M, yalpi daromadni – YaD, foydani – F deb belgilasak, quyidagi 
formulalar hosil bo‘ladi: 
К
М
КU

;
К
YaD
КU


К
F
КU


Samaradorlikni aniqlashda bu ko‘rsatkichlardan tashqari mahsulotning 
mehnat sig‘imi, material sig‘imi, energiya sig‘imi degan ko‘rsatkichlar ham 
qo‘llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish 
uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat, energiya va 
moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlarning har biri ishlab 
chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan 
chambarchars bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi. 
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni 
ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar 
ta’sir qiladi: 
1) fan-texnika taraqqiyotni tezlashtirish, energiyalarning xom-ashyo va 
materiallarning yangi turlarini topish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab 
chiqarishda qo‘llash; 
2) tabiiy va iqtisodiy omillarni hisobga olib ishlab chiqarishni ratsional 
joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash; 
3) iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va uning tashkiliy 
bo‘g‘inlarini o‘zgartirish; 
4) ishlab chiqaruvchilarni moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirib, 
ularning faolligini oshirish; 
5) mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab 
foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi 
hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini topib, ishlab chiqarishga 
joriy qilish; 


91 
6) kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk ishchi va 
mutaxassislar tayyorlash. 
Bular ichida fan-texnika taraqqiyoti natijalarini ishlab chiqarishda qo‘llash, 
hamma ishga innovatsion yondashish omili hozirgi kunda respublikamiz uchun 
dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-texnika taraqqiyotining evolyusion va 
revolyusion shakllari farqlanadi. 
Evolyusion
shaklda rivojlanish deganda, FTTning 
mavjud texnologiyasi asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalash 
asosida rivojlanishi tushuniladi. 
Revolyusion
shaklda rivojlanishi deganda esa, fan-
texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga katta o‘zgarishlar bo‘lib, texnikaning 
eng so‘nggi yangiliklarini, avlodlarini ishlab chiqarishda qo‘llash, prinsipial yangi 
texnologik tizimga o‘tish tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining keyingi shaklda 
rivojlanishi yuksak samara beradi. Shuning uchun ham ayrim me’yoriy hujjatlarda 
va mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ma’ruzalarida iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarini hozirgi zamon fan va texnikasining eng yangi yutuqlari asosida 
tayyorlangan texnika va texnologiyalar bilan qayta qurollantirish lozimligini 
ta’kidlamoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 
fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida “ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, 
texnik 
va 
texnologik 
jihatdan 
yangilash, 
ishlab 
chiqarish, 
transport-
kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan 
faol investitsiya siyosatini olib borish”
1
vazifasi qo‘yilgan. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish