Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ijtimoiy ishlab chiqarish, ya’ni turli omillarning harakati natijasida juda 
ko‘p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo‘lgan yalpi ichki 
mahsulot vujudga keladi. 
Bu yaratilgan maxsulotlar mamlakatimiz aholisining 
talablarini qondirib, ularning turmush darajasini oshirishga, ishlab chiqarishni sifat 
va miqdor jihatdan yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham 
mamlakatimiz Prezidenti va xukumati tomonidan yalpi ichki maxsulotni 
ko‘paytirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlari izchil amalga oshirib 
kelinmoqda. 
Ma’lumki, har yili yilning boshida mamlakatimizda oldingi yildagi ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishning yakunlari va yangi yildagi iqtisodiy islohotlarni 
chuqurlashtirishning eng ustuvor yo‘nalishlari belgilab olinadi. Ushbu ustuvor 
yo‘nalishlardan kelib chiquvchi vazifalar amalga oshirilib, salmoqli natija va 
sezilarli o‘zgarishlar qo‘lga kiritilmoqda. Iqtisodiyotning yuqori barqaror sur’atlar 
bilan o‘sishi va makroiqtisodiy muvozanati va mutanosibligi ma’lum darajada 
ta’minlanmoqda, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish, 
texnik va texnologik yangilash, diversifikatsiyalash ishlari davom ettirilmoqda. 
Shuni aytish kerakki, bugungi kunda mamlakatimizda bu boradagi ishlar tanqidiy 
tahlil qilinib, yangicha yondashuv bilan bilan olib borilmoqda. Ayni vaqtda bu 
tahlillar yuqori salohiyatga ega bo‘lgan korxonalarga har bir turdagi mahsulotni 
xomashyo va yarim fabrikat bo‘yicha chuqur qayta ishlashning uzoq va yaqin 
kelajakdagi yillarga mo‘ljallangan aniq istiqbolga ega bo‘lgan mutlaqo yangi 
dasturiy kompleks yondashuvi asosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni talab 
etmoqda. Bu ko‘rilgan chora va tadbirlar natijasida yalpi ichki mahsulotning 
barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib kelmoqda. 
Sanoat barcha iqtisodiyot tarmoqlarini jadal rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Keyingi yillarda bu soha rivojiga alohida e’tibor qaratilib, yuqori texnologiyali 
zavodlar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. O‘tgan yili 
sanoatda qo‘shimcha qiymat o‘sishi 10 foizdan oshdi.
Lekin diversifikatsiya jihatidan qaraganda hali qilinadigan ishlar ko‘p. 
Masalan, sanoatning 69 foizi asosan xom ashyo yoki birlamchi qayta ishlashga 


70 
to‘g‘ri keladi. Eksportning 52 foizini rangli metallar, energiya resurslari va ho‘l 
meva tashkil etadi. Bu iqtisodiyotda haligacha tayyor mahsulotga nisbatan xom 
ashyo ustunligini ko‘rsatadi.
Import qilinayotgan tovarlarni yurtimizda ishlab chiqarish, xom ashyoni 
tayyor mahsulotga aylantirib sotish darajasi yetarli emas. Xususan, misning atigi 
25 foizi mamlakatimizda qayta ishlanib, qolgan qismi xomashyo sifatida eksport 
qilinmoqda. Shuningdek, ruxning 80, molibdenning 99, ipakning 88, terining 60 
foizi xom-ashyo tarzida eksport qilinmoqda
1
.
Lekin keyingi yillarda mavjud xom-ashyolardan foydalanib ishlaydigan yangi 
ishlab chiqarish korxonalari ko‘plab qurilmoqda. 2020 yilning ohiriga borib 
mamlakatimizda har biri 100 megavatt quvvatga ega uchta quyosh elektr 
stansiyasini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan”. 
Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda yetakchi bo‘lgan yirik loyihalarni o‘z 
muddatida amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, “Navoiyazot” negizida 100 ming tonna polivinilxlorid, Toshkent 
metallurgiya zavodida 500 ming tonna metall prokati, Sho‘rtan gaz-kimyo 
majmuasida 744 ming tonna dizel yoqilg‘isi, Toshkent mexanika zavodida maishiy 
texnika ishlab chiqarish klasteri, “Kvars”, “Sirdaryo Glass” va “Zarafshon oyna” 
korxonalarida oyna ishlab chiqarish loyihalari yiliga 2,5 milliard dollar miqdorida 
mahalliylashgan mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. 
Zafarobod tumanidagi «Huahin Cement Jizzakh» MChJ tomonidan 2019 
yilda sement ishlab chiqarish loyihasi uchun qiymati 82,2 mln.AQSh dollar 
mablag‘ sarflangan. Bugungi kunda zavodni qurilishida 500 nafar ishchilar 
ishlamoqda. Magistiral yo‘ldan zavodga boradigan yo‘llarga shag‘allar yotqazilib 
ta’mirlangan. Xitoydan keltirilgan uskunalarni o‘rnatish, ishlovchilar uchun 
yotoqxona va oshxona qurilmoqda, 85 foiz qurilish va ta’mirlash ishlari amalga 
oshirilgan. 
1
http://uza.uz/oz/politics/sanoatni-rivozhlantirish-b-yicha-vazifalar-belgilab-berildi-02-05-2019 


71 
Quvvati 1,2 mln.tonnaga teng sement ishlab chiqarish korxonasi joriy yilning 
mart oyida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Korxona ishga tushgach 
2020 yilda 1 trln.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
1
YaIM hajmini va uning o‘sib borishini ifodalashda uni to‘g‘ri hisoblash 
muhim ahamiiyatga egadir. Mustaqillikdan oldingi davrda sobiq SSSRda va uning 
tarkibida bo‘lgan hozirgi MDH davlatlarida mamlakat bo‘yicha ishlab chiqarishda 
vujudga keltirilgan mahsulotlar yig‘indisi jami ijtimoiy mahsulot deb atalgan. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish