2.5-rasm. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining
yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli
Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil:
tabiat, kapital, ishchi kuchi to‘liq qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa
mehnat to‘liq , kapital qisman qatnashadi, tabiat esa umuman qatnashmaydi. Bu
Yaratilgan tovar va xizmatlar
Naflilikni yaratishda to‘liq qatnashadi
Qiymatning tashkil topishida
qatnashadi
Tabiat
Kapital
Ishchi
kuchi
Mеhnat
Aniq mеhnat bilan
o‘tkazilgan ishlab
chiqarish vositalari
qiymati
Abstrakt
mеhnat bilan
yaratilgan
yangi qiymat
60
narsani bilish, muhim nazariy va uslubiy ahamiyatga ega bo‘lib, qiymat yoki
naflilikning o‘sishida qaysi omil muhim rol o‘ynashini bilish imkonini beradi va
shu bilan birga turli xil bexuda munozaralarga chek qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham
ikki tomonlama tavsifi borligini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonining darajasi
bir joyda to‘htab turmaydi., doimo o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi va uning
natijasi ham ko‘payib boradi.
2.3. Xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarishning tarkibiy qismi sifatida
Xizmat ko‘rsatish jarayoni ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi va
muhim yo‘nalishidir.
Shuning uchun ham dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida xizmat ko‘rsatish
sohalarini jadal rivojlantirish evaziga yalpi ichki mahsulot hajmini ko‘paytirish
aholining turmush darajasini oshirishga erishilmoqda. Hozirgi kunda dunyoning
rivojlangan mamlakatlarida ishchi kuchining 70 foizdan ortig‘i ushbu sohada
faoliyat yuritishmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh yalpi ichki mahsulotida
xizmatlar sohasining ulushi 78 foiz, Yaponiyada 72 foiz, Germaniyada 69 foiz va
Rossiyada 60 foizni tashkil qilmoqda.
1
Shu sababli xizmat ko‘rsatish sohalarining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotiga ta’sirini har tomonlama chuqur o‘rganish va uni intensiv
rivojlantirishning aniq yo‘llarini izlab topish muhim ahamiyatga egadir.
Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan – “Sanoat,
qishloq xo‘jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat
ko‘rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi”
2
– deya ta’kidlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil
7
fevraldagi
PF-4947-sonli
Farmoni
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
1
Ю.Иванов Доля сферы услуг в ВВП России. –М.: Вопросы статистики. 2017. №3
2
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy majlisga murojaatnomasi // Xalq so‘zi, 2018
yil 29 dеkabr.
61
strategiyasi”da - “Xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki
mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan
xizmatlarning tuzilmasini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy, texnologik
turlarini tubdan o‘zgartirish”
1
lozimligi belgilab qo‘yilishi ushbu sohaning
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega
ekanligidan dalolat beradi.
Hammamizga ma’lumki, sobiq ittifoq davrida uning tarkibiga kiruvchi barcha
respublikalar, jumladan, O‘zbekistonda ham nashr qilingan iqtisodiy adabiyotlarda
xizmat ko‘rsatish sohalarida hech qanday qiymat, mahsulot va daromad
yaratilmasligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri nazariyalar mavjud edi. O‘sha davrda ularning
fikricha, faqatgina moddiy ishlab chiqarish sohalarida mahsulot yaratiladi va u
barcha daromadlar, shu jumladan, jamiyat milliy daromadining asosiy manbai, deb
hisoblangan. Xizmat ko‘rsatish sohasida esa hech qanday mahsulot yaratilmaydi va
u jamiyatning moddiy boyligini ko‘paytirmaydi, deb o‘ylashgan.
Bunday noto‘g‘ri g‘oyaning asoschisi ingliz iqtisodchisi A.Smit bo‘lib, uning
“Xalqlar boyligining tabiati va sabablari” nomli asarida bu g‘oya ilgari surilgan.
Ushbu noto‘g‘ri konsepsiya faqatgina ilmiy g‘oya sifatida emas, balki ko‘pgina
mamlakatlarning, jumladan, sobiq SSSRning ham iqtisodiy va statistik
amaliyotining asosini tashkil qildi. Ushbu g‘oyaga asosan xizmat ko‘rsatish
sohalarining mahsuloti milliy mahsulot hajmi va tarkibida hisobga olinmas edi.
Rivojlangan mamlakatlarning aksariyati ushbu konsepsiyaning noto‘g‘ri
ekanligini bizdan ko‘ra ancha ilgari tushunishdi va o‘z iqtisodiy amaliyotida milliy
mahsulot hajmi va tarkibini hisoblash jarayonida xizmatlar sohasining
mahsulotlarini hisobga oladigan bo‘lishdi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin (1993 yildan boshlab)
bosqichma-bosqich milliy hisoblar tizimiga o‘tishni boshladi va shundan keyingina
YaIM tarkibida xizmatlar sohasining mahsuli hisobga olinadigan bo‘ldi.
1
“2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
stratеgiyasi”. http://strategy.gov.uz/uz/pages/action_strategy
62
YaIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining mahsulini hisobga olishning
to‘g‘ri va zarurligini tushunishda uning nazariy jihatlariga e’tibor berish muhim
hisoblanadi. Ayniqsa, ko‘rsatilgan xizmatlar mahsulining ikki tomonlama tabiatini
o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan
mahsulot boshqa buyumlashgan tovarlarga o‘xshab moddiy shaklda namoyon
bo‘lmaydi. Lekin, ko‘rsatilgan xizmatlar ham huddi boshqa buyumlashgan tovarlar
singari
Do'stlaringiz bilan baham: |