Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Differensial renta II xo‘jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet300/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Differensial renta II xo‘jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning 
hosildorligini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni 
qishloq xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlarni qo‘llash, yerlarning meliorativ 
holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish 
darajasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
13.3-jadval
Differensial renta II ning hosil bo‘lishi 
Ishlab 
chiqarish 
davri 
Ishlab 
chiqarish 
xarajatlari 
(so‘m) 
Yalpi 
mahsulot 
(tonna) 
1 tonna 
mahsulotning 
individual 
qiymati 
(so‘m) 
1 tonna 
mahsulotning 
ijtimoiy 
qiymati 
(so‘m) 
Sotilgan 
mahsulot 
summasi, 
so‘m
Qo‘shimcha 
mahsulot, 
ya’ni dif-
ferensial 
renta II, 
so‘m 
Birinchi 
yil 
10000 
20 
500 
500 
10000 

Ikkinchi 
yil 
15000 
40 
375 
500 
20000 
10000 


387 
Bu holni biz 13.3-jadvalda shartli misol bilan ifoda etishimiz mumkin. 
Misolimizda yerga qo‘shimcha 5 ming so‘m xarajat qilish natijasida 
qo‘shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo‘shimcha 
olingan 10 ming so‘m daromad differensial renta II ni tashkil etadi. Bunday 
intensiv rivojlanish qishloq xo‘jaligida bosh yo‘l hisoblanadi. Chunki qishloq 
xo‘jaligini intensiv rivojlantirmay turib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va 
jamiyat a’zolarining o‘sib borayotgan talabini qondirib bo‘lmaydi. Shuning uchun 
ham qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e’tibor beriladi. 
Buning uchun qishloq xo‘jaligini agrar sanoatlashgan asosga qo‘yish, 
intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi 
lozim. Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnika 
bilan ta’minlash uzluksiz o‘smoqda. Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish 
uchun ajratilgan kapital mablag‘lar ham ortmoqda. 
Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa edi, unda 
hech qanday differensial renta II bo‘lmas edi. Gap shundaki, yer birligiga 
sarflangan bu xarajatlar turli hududlarda, viloyatlarda, xo‘jaliklarda turlicha 
darajada amalga oshiriladi va natijada hosildorlik ham turlicha oshadi. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi 
qiymati o‘rtasidagi tafovut xo‘jaliklarning ustama qo‘shimcha mahsulotini tashkil 
qiladi. Ya’ni, differensial rentaning har ikkala ko‘rinishini (renta I va II ni) o‘z 
ichiga oladi. Differensial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati 
bilan hudud bo‘yicha yoki alohida olingan xo‘jalikning individual qiymati 
o‘rtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo‘jalik 
o‘rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to‘langan qismi yer rentasi ko‘rinishini 
oladi (chunki bizda yer davlat mulkidir).
Differensial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo‘jaliklar faoliyatiga 
bog‘liq bo‘lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq 
xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lganligi 
sababli uning manfaatlari yo‘lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat 


388 
fondida (budjetida) to‘planishi lozim. Bu hol o‘rta va yaxshi unumli yerda 
joylashgan xo‘jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga putur yetkazmaydi, balki 
boshqa xo‘jaliklar bilan ozmi-ko‘pmi iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini 
beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o‘tgan bu mablag‘lar (differensial renta 
I) ni mamlakat oldida turgan vazifalarni bajarish, xususan yangi yerlarni 
o‘zlashtirish va yer unumdorligini yuksaltirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni 
amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi. 
Differensial renta II erdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy 
unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu xildagi rentaning 
asosiy qismi xo‘jaliklarning o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning 
faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum 
darajada bu rentani hosil qilishda o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni transport yo‘llari 
qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital 
mablag‘lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi. Shunday 
qilib, differensial renta I va differensial renta II yer egasi bo‘lgan davlat bilan 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida taqsimlanadi. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish