Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-jadval O‘zbekistonda davlat obyektlarining xususiylashtirilishi holati



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

3.2-jadval
O‘zbekistonda davlat obyektlarining xususiylashtirilishi holati
1
 
Yillar 
Xususiylashtirilgan obyektlar 
soni (birlik) 
Xususiylashtirishdan tushgan pul 
mablag‘lari, mlrd. so‘m
2004 
1228 
78,5 
2005 
980 
80,5 
2006 
673 
70,5 
2007 
631 
111,1 
2008 
392 
130,6 
2009 
135 
35,7 
2010 
96 
23,0 
2011 
95 
39,2 
2012 
83 
32,1 
2013 
82 
44,1 
2014 
288 
88,0 
2015 
848 
103,2 
2016 
609 
164,8 
Jami
6140 
1001,3 
Ko‘pgina iqtisodiy adabiyotlarda mulkni davlat tassarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishning asosiy besh bosqichi mavjud ekanligi ta’kidlangan. Lekin 
vaqt o‘tishi bilan amalga oshirilgan islohotlar natijasida nazariyalar ham o‘zgarish 
xususiyatiga ega bo‘lar ekan. Shundan kelib chiqqan holda xususiylashtirishning 
keyingi bosqichi ham yuzaga chiqa boshladi. 
Mulkni xususiylashtirish va uni yanada jadallashtirishning 
oltinchi bosqichi
2017 yil va undan keyingi davrlarni o‘z ichiga oladi. Buning huquqiy asosi 
hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 yanvardagi 
“Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni 
jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoni xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-
1
 
www.stat.uz
 - O‘zbеkiston Rеspublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma'lumotlari asosida tuzildi. 


120 
sharoitlar yaratish, davlat mulki obyektlarini sotish tartib-taomillarini yanada 
soddalashtirish va bu jarayonni jadallashtirish, ularni xususiylashtirishda 
byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, xususiy mulk qilib sotilgan obyektlarda 
raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishga 
qaratilgan. 
Shuningdek, 2017 yil 23 fevralida Prezidentning “Tadbirkorlarning ishlab 
chiqarish maydonlaridan foydalanishlarini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2017 yilgacha bo‘lgan davrda 
xususiylashtirilgan 39631 ta korxona va obyekt mavjud bo‘lib, ulardan 22921 tasi 
hozirda faoliyat ko‘rsatmoqda. 12616 tasi esa turli sabablarga ko‘ra ishlamaydi
1

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 oktabrdagi 
“Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini 
yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3980-sonli 
Qarori ham qabul qilindi. Unga ko‘ra, an’anaviy ravishda davlat tasarrufida va 
boshqaruvida bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada to‘planib qolgan 
muammo va kamchiliklar davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy etishni 
jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat aktivlarini boshqarish, 
monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son 
Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2019 
yil 14 yanvardagi PQ-4112-sonli qarori qabul qilindi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining faoliyati xususiylashtirish 
bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ochiqlik, shaffoflik, davlat va 
jamoatchilik nazorati, fuqarolar ishtirokining teng huquqliligi, ularning ijtimoiy 
himoyasini ta’minlash va “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablariga rioya etishga 
qaratilgan. 
1
https://gkk.uz/uz/yangiliklar/smi-o-komitete/3272-khususijlashtirilgan-korkhonalar-llab-uvvatlanmo-da 


121 
Mamlakatimizda 
xususiylashtirish 
jarayoni 
elektron 
tarzda 
amalga 
oshirilmoqda. Bunda aksiyalar bo‘yicha ochiq birja savdolari va birjadan tashqari 
savdolar (uzse.uz), qolgan barcha davlat aktivlari bo‘yicha esa elektron onlayn 
auksion savdolar (e-auksion.uz), shuningdek, davlat obyektlarini investitsiyaviy va 
ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda “nol” xarid qiymatida sotish, davlat-
xususiy sheriklik asosida sotish (aksiyalarni ishonchli boshqaruvga berish)dan 
foydalanilmoqda (3.3-jadval). 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish