Naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi
1
nazariyalarining
dastlabki
g‘oyalari XVIII asr ohirlarida paydo bo‘lib, uning asoschilaridan biri Kondilyak va
Galiani degan iqtisodchilar edi. Keyinchalik uning nisbatan rivojlantirilgan
g‘oyalari keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi” degan g‘oya edi. Bu g‘oyaning
asoschilari avstriya maktabi vakillari K.Menger (1840-1921), F.Vizer (1851-1926),
E.Bem-Baverk (1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko‘ra,
kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlar (hamda
xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun
emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lganligi uchun qadrlanadi. Insonlar
tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni
ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari
fikrlariga ko‘ra, faqat tovarning nafliligi uning qiymatiga va binobarin, narxiga
asos bo‘lishi mumkin. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan
qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol
qiymatlarini yoki naflilikni hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. Chunki, turli
ko‘rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o‘zaro
taqqoslash mumkin emas.
Bu nazariya tarafdorlari naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb
hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-
bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi
foydaliligining subyektiv narxini bildiradi. Bu subyektiv narx ikki omilga bog‘liq:
mazkur ne’matning mavjud zahirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik
darajasi. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi muammosini o‘rmonda yashovchi
1
«Kеyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi» atamasini qo‘llashda mualliflar tomonidan ko‘plab mulohazalarga borildi.
Sababi – bugungi kunda iqtisodiy adabiyotlarda bu atamaning turli variantlari («mе'yoriy naflilik», «mе'yoriy
foydalilik», «chеgaraviy naflilik», «chеgaraviy foydalilik» va h.k. ) qo‘llanib kеlmoqda. Biroq, bu atamalar lug‘aviy
tarjima sifatida o‘rinli qo‘llanilgan bo‘lsada, mazkur tushunchaning haqiqiy mazmunini ifodalay olmaydi. «Kеyingi
qo‘shilgan miqdor nafliligi» atamasi esa bu mazmunga ko‘proq mos tushadi. Bobning bayon etilishini osonlashtirish
maqsadida kеyingi o‘rinlarda qo‘llaniluvchi «so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi», «qo‘shilgan miqdor nafliligi»,
«kеyingi qo‘shilgan naflilik» kabi iboralar bir xil ma'no kasb etadi.
143
chol ega bo‘lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo‘lgan psixologik
xayol orqali tasvirlab ko‘rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib
boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-
ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi –
ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to‘rtinchisi
– pivo tayyorlash, beshinchisi – cholning o‘z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni
boqib, ko‘ngilxushlik qilishi uchun. Bundan ko‘rinadiki, beshinchi qopning
nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan
mahrum bo‘lsa u faqatgina ko‘ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos.
Biroq, to‘rtinchi qopdagi donning yo‘q bo‘lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa
parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol
uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga etadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan
tenglashadi. Shu o‘rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan,
ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan
savol tug‘iladi. Holbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo‘q ekan, chol
uchun ularning nafliligi beshinchi, so‘nggi qopdagi donning nafliligi orqali
aniqlanadi. Demak, har bir ne’matning so‘nggi qo‘shilgan birligi, ya’ni uncha
muhim bo‘lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish
xususiyatiga egadir.
Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo‘linishlarga olib kelgan bu
ikki yo‘nalishdagi nazariyalarga e’tibor bilan qaralsa, ularning hammasi tovarda
gavdalangan mehnatning ikki tomonlama tavsifini, undan kelib chiquvchi
tovarning ikki xil xususiyati (nafliligi va qiymati)ni tushunmaslikdan, uni bilishga
bir tomonlama yondashuvdan kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ladi (4.2-rasm).
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan olim mashhur
ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda
mehnat nazariyasi ham, naflilik va qo‘shilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga
ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yo‘li
bilan aniqlik kiritishga harakat qildi.
144
Do'stlaringiz bilan baham: |