Bog'liq Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия
13.3. Banklarni turlari, ular faoliyatining iqtisodiy, me`yoriy-huquqiy va tashkiliy asoslari. Moliya-kredit institutlari. Tijorat baklari bank tuzimining muhim bo`g`ini bo`lib Markaziy bankdan keying pog`ona hisoblanadi. Tijorat banklari mulkchilik shakliga ko`ra davlat, aksioner, xususiy, qo`shma va ayrim boshqa turdagi banklarga bo`linadi. Ko`pchilik mamlakatlarda banklarning asosiy turlari bo`lib aksioner banklar hisoblanadi. Aksioner banklar ochiq va yopiq turdagi aksioner banklariga bo`linadi.
Respublikamizda 2017-yilni boshiga 28 tijorat banki mavjud bo`lib, ularni 3 tasi davlat-tijorat, 12 tasi aksionerlik-tijorat, 9 tasi xususiy va 5 tasi chet el sarmoyasi bilan qo`shma banklardan iborat.
Mamlakatimizda banklar faoliyatining me`yoriy-huquqiy asosi bo`lib “O`zbekiston Respubikasining Markaziy banki to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksionerlar manfaatini himoya qilish to`g`risida”gi va boshqa qonun hujjatlari hisoblanadi.
Banklarning barqarorligini ta`minlash hamda omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida banklar Markaziy bank tomonidan 1997-yil 22-avgustida tasdiqlangan 10-sonli “Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish qoidalari”da belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilishlari lozim.
Banklarning boshqaruv organlari bo`lib aksionerlarning umumiy yig`ilishi, bank kengashi va boshqaruvi hisoblanadi. Banklar o`z faoliyatini ustav asosida olib boradi. O`zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi qonunning 16- “Banklarning filiallari hamda vakolatxonalari” moddasida ta`kidlanishicha banklar O`zbekiston Respublikasida o`z filiallarini, chet el banklari esa o`z vakolatxonalarini Markaziy bankning ruxsati bilan ochishlari mumkin.
Bank filiali uni tashkil etgan bank nomidan bank faoliyatini amalga oshiruvchi mini-bank, sayyor kassa va boshqa bo`limlarni tashkil etishi mumkin.
Ma`lumki, kredit tizimiga Markaziy bank va tijorat banklaridan tashqari Moliya-kredit institutlari ham kiradi.
Moliya-kredit institutlariga quyidagilar kiradi:
Nobank kredit tashkilotlari
Investitsiya kompaniyalari
Sug`urta kompaniyalari
Nafaqa va boshqa jamg`armalar kiradi.
Nobank kredit tashkilotlariga kredit uyushmalari, lombardlar(garovxona), mikromoliya, mikrolizing va boshqa kichik hajmdagi o`zaro pul jamg`armalari kiradi.
Investitsiya kompaniyalari uzoq va qisqa muddatli kredit va o`z mablag`lari hisobidan tegishli investitsiya ob`yektlarini amalga oshiruvchi, investitsiya jarayonlarini mablag` bilan ta`minlovchi tashkilot hisoblanadi.
Sug`urta kompaniyalari aholi hayotini sug`urtasi bilan shug`ullanuvchi va aholi hamda korxona, tashkilotlar mulki sug`urtasi bilan shug`ullanuvchi kompaniyalarga bo`linadi. Ushbu kompaniyalar asosan aholi va tegishli korxona, tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish asosida mablag`larni yig`ish va keltirilgan zararlarni qoplash bilan shug`ullanadi.
Nafaqa va boshqa jamg`armalarga shaxsiy jamg`arib boriladigan pensiya jamg`armasi va ayrim boshqa jamg`armalar kiradi.